Ozbekistonlik bolalar turkmanistonning kaspiy dengizi sohillarida hordik chikarmokda — ozbekiston

Ozbekistonlik bolalar turkmanistonning kaspiy dengizi sohillarida hordik chikarmokda — ozbekiston

O’zbekistonlik bolalar turkmanistonning kaspiy dengizi sohillarida hordik’ chik’armok’da — o’zbekiston

100 nafarga yak’in o’zbekistonlik bolalar guruhi Turkmanistonning «Avaza» Milliy turistik zonasiga etib bordi. Bu hak’da Turkmaniston Davlat axborot agentligi (TDH) xabar k’ildi.
O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari — Xotin-k’izlar k’o’mitasi raisi Tanzila Norboeva boshchiligidagi delegasiya Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifi bilan k’o’shni mamlakatga bordi. Bu hak’da may oyi boshida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan telefon ork’ali suhbatda so’z borgan edi.
TDH xabariga ko’ra, o’sha vak’tda turkman rahbari Kaspiyning Turkmaniston hududidagi ekologik toza sohilida bunyod etilgan bolalar sog’lomlashtirish markazlari, kottej majmualari va serhasham mehmonxonalar o’zbekistonlik maktab o’k’uvchilarining dam olishlari uchun k’abul k’ilishga tayyor ekanini ma’lum k’ilgan edi.
Buxoro, Navoiy, Xorazm va K’orak’alpog’iston bolalari «Dayanch» bolalar sog’lomlashtirish markaziga joylashtirildi. Hordik’ davomida Avaza mehmonlari uchun kurort bo’ylab ekskursiya, madaniy va sport tadbirlari, engil atletika va suzish bo’yicha musobak’alar, tanlovlar, viktorinalar adabiy kecha va sayohatlar tashkil etiladi.
O’zbekistonlik maktab o’k’uvchilari Avazda 25 mayga k’adar bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.