Ozbekistonlik kizlar xalkaro technovation challenge tanlovida katnashadi — ozbekiston

O’zbekistonlik k’izlar xalk’aro technovation challenge tanlovida k’atnashadi — o’zbekiston
O’zbekistonlik 200 nafarga yak’in k’iz mamlakatda ilk bor o’tkazilayotgan xalk’aro Technovation Challenge tanlovida ishtirok etadi. Uch oy davomida ularga shahar, tuman va mahallalardagi muammolarni hal etishga k’aratilgan ijtimoiy mobil ilovani yaratish vazifasi topshiriladi.
Technovation Challenge — fak’atgina 15?18 yoshdagi k’izlar uchun mo’ljallangan yirik texnologik ishlanmalar tanlovi. Dastur mutlak’o bepul bo’lib, Google, Yahoo, Adobe, Intel, Oracle, Dropbox ko’magida amalga oshiriladi, 2015 yildan BMT va «BMT Ayollar» tuzilmasi (UN Women) ishtirokida o’tkazilmok’da.
Dasturning asosiy vazifasi k’izlarni axborot texnologiyalari va tadbirkorlik ko’nikmalari yordamida jamiyatdagi mavjud muammolar hal etishga ilhomlantirishdan iborat. Bu hak’da 4 fevral kuni Toshkentda dasturning ishga tushiriliga bag’ishlangan marosimda aytib o’tildi.
Dasturda besh nafar k’iz va ustozdan iborat jamoalar ishtirok etadi. Jamoalarga 12 haftalik o’k’uv dasturi tak’dim etilib, bu davr mobaynida tanlov k’atnashchilari mentorlar bilan birgalikda nafak’at ilovani ishlab chik’adi, balki marketing tadk’ik’otlari o’tkazadi, biznes rejalar yozib, videolar tasvirga oladi, yangi ko’nikmalarni o’zlashtiradi.
Bepul dastur kodlash, biznes, marketing va pitching (loyihani salohiyatli buyurtmachi yoki xaridorga namoyish k’ilish) kabi modullarni o’z ichiga oladi. Technovation Challenge k’izlarda tank’idiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Tanlov k’izlarni texnik sohalarga k’izik’tirishga ham yo’naltirilgan. Ochik’ ma’lumotlar portali ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda etakchi texnik OTMlarda k’izlar ulushi 16?22 foizni tashkil etmok’da.
Tanlovda k’atnashuvchi jamoalar App Inventor dasturi yordamida Android uchun mobil ilova ishlab chik’ishi lozim. Mahsulot mavzusi BMTning bark’aror tarak’k’iyot sohasidagi Mak’sadlari — sog’lik’ni sak’lash, ta’lim, atrof-muhit, tenglik, tinchlik va boshk’a yo’nalishlarga hamohang bo’lishi talab k’ilinadi. Loyihalar tak’dim etilganidan so’ng butun dunyodan 10 ta finalchi jamoa saralab olinib, Kaliforniyadagi (AK’Sh) yakunlovchi bosk’ichga taklif k’ilinadi.
Комментарии 0