Ozbekistonliklar juda kop tuz istemol kiladi — ozbekiston

Ozbekistonliklar juda kop tuz istemol kiladi — ozbekiston

O’zbekistonliklar juda ko’p tuz iste’mol k’iladi — o’zbekiston

O’zbek shifokorlarining Jahon sog’lik’ni sak’lash tashkiloti (JSST) ekspertlari bilan birgalikda olib borgan tadk’ik’otlari natijasida O’zbekistonda osh tuzi iste’moli darajasi me’yoridan yuk’ori ekani anik’landi.
2015 yil noyabr-dekabr oylarida o’tkazilgan tadk’ik’otdan ko’zlangan mak’sad O’zbekiston aholisi o’rtasida tuz iste’mol k’ilish darajasini o’rganish, shuningdek, uni k’isk’artirish bo’yicha vazifalarni belgilab olishdan iborat edi. Mazkur izlanish natijalari dushanba kuni Toshkentda bo’lib o’tgan davra suhbatida ma’lum k’ilindi.
Natriyning asosiy manbalarini tahlil k’ilish va ularni belgilab olish uchun tadk’ik’ot bazasi sifatida 2014 yilda noinfeksion kasalliklar xavfi omillarining tark’alganligini anik’lash bo’yicha o’tkazilgan milliy izlanish tanlab olindi. Tahlillar mamlakat katta yoshli aholisining 37 foizi me’yoridan ortik’cha tuz iste’mol k’ilishini ko’rsatdi. 16,4 foiz katta yoshlilar esa jismoniy faollikning past natijasini k’ayd etgan. Buning ok’ibatida 20,2 foiz katta yoshli aholi ortik’cha vaznga ega, 33,9 foizi — arterial k’on bosimining yuk’oriligidan aziyat chekadi.
YAngi tadk’ik’otning asosiy vazifalari O’zbekistonning 18?64 yoshdagi aholisi tomonidan iste’mol k’ilinayotgan osh tuzining o’rtacha mik’dorini baholash, iste’molni jins, yosh va «shahar-k’ishlok’» kesimida toifalash hamda mazkur darajani kamaytirish bo’yicha choralarni ishlab chik’ish hamda tadbik’ etish uchun ma’lumotlar yig’ishdan iborat.
Ma’lumotlarni yig’ish ishlari respublikaning besh hududida olib borildi. Izlanishlarning ko’rsatishicha, katta yoshli aholi o’rtasida tuz iste’molining o’rtacha ko’rsatkichi kuniga 14,9 gramni tashkil etdi. 46,5 foiz aholi o’rtasida iste’molning yuk’ori darajasi (kuniga 15 g dan ko’p), 53,2 foizida o’rtacha (7,5?15 g) va 0,3 foizida past (7,5 g dan kam) natija k’ayd etildi. Bunda JSSTning tavsiya etgan mik’dori kuniga 5 g dan kamrok’ni tashkil etadi.
Tadk’ik’ot natijasida tuz iste’moli yosh va geografik muhitga ham bog’lik’ ekanini ko’rsatdi. K’orak’alpog’iston aholisi kuniga 18,5 g tuz iste’mol k’iladi, Farg’ona vodiysida 16,9 g. Buxoroda esa yana ham kamrok’ — 15,9 g. Toshkent va Andijon viloyatlarida esa bu ko’rsatkichning mos ravishda 12,6 va 12,5 g ekani anik’landi. Shahar va k’ishlok’ aholisi o’rtasida tuz iste’moli o’rtasida fark’ anik’lanmagan.
Organizmga tushadigan tuzning ehtimoliy manbalariga ham oydinlik kiritildi. Ular — ichimlik suvi, mahsulotlardagi tabiiy natriy, ozik’-ovk’at sanoati mahsulotlari, ovk’atlarga solinadigan tuz hamda dori vositalari.
Evroosiyo mamlakatlari o’rtasida Turkiya aholi soniga tuz iste’moli bo’yicha etakchilik k’iladi (kuniga 18 g), o’zbekistonliklar esa o’z ko’rsatkichlari bilan Vengriya va Xorvatiya aholisidan keyingi o’rinni egalladi.
O’zbekistonda tuz iste’molining yillik iste’moli 130 ming tonnani tashkil etadi. Mamlakatda mazkur mahsulotning 70 ta ishlab chik’aruvchi 163 ta tayyorlov maydonida faoliyat ko’rsatmok’da.
Tuzni me’yoridan ortik’ iste’mol k’ilish k’on bosimining ortishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, yurak xastaliklari va insult xavfini oshiradi.
Tuzning ovk’atlanish rasionidagi ahamiyatini k’ayd etgan holda, JSSTning Evropa mintak’aviy byurosi «Ovk’atlanish, harakat faolligi va semizlik» dasturi rahbari doktor Joao Breda shunday dedi: «tuzni me’yoridan ortik’ iste’mol k’ilish alkogol va tamaki iste’moli bilan bir k’atorda xavflarni keltirib chik’aruvchi omil hisoblanadi».
JSST tavsiyasiga ko’ra, 2025 yilga borib O’zbekistonning katta yoshli aholisi o’rtasida tuz iste’molining o’rtacha darajasi 2015 yildagi 14,9 gramdan kuniga 10,4 gramgacha k’isk’arishi lozim.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.