Ozbekistonning 23 tumanida zafaron plantasiyalari tashkil etiladi — ozbekiston

Ozbekistonning 23 tumanida zafaron plantasiyalari tashkil etiladi — ozbekiston

O’zbekistonning 23 tumanida za’faron plantasiyalari tashkil etiladi — o’zbekiston

O’zbekistonning 23 tumanida 50 gektardan ziyod maydonda za’faron plantasiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu 2017?2019 yillarda o’rmon fondi erlari va fermer xo’jaliklarida dorivor o’simliklar plantasiyalarini tashkil etish loyihasida ko’zda tutilgan, deb xabar berdi O’zA.
Tadk’ik’otlar ko’rsatishicha, za’faron yurtimiz tuprok’-ik’lim sharoitiga to’lik’ mos bo’lib, uni Farg’ona vodiysi, Toshkent , Samark’and, K’ashk’adaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog’ va tog’oldi hududlarida, bog’ va tokzorlar k’ator oralarida, o’rmon hududlarida etishtirish imkoniyati mavjud.
Joriy yildan boshlab K’ashk’adaryo viloyatining YAkkabog’ va Kitob tumanlarida 4 gektardan, Shahrisabz tumanida 3 gektar maydonda za’faron plantasiyalarini barpo etish mo’ljallanmok’da. Ushbu o’simlikni ko’paytirish mamlakatimizda dorivor o’simliklar xomashyosini mahalliy sharoitda etishtirish, farmasevtika sanoati ehtiyojini ta’minlash va ozik’-ovk’at ziravori sifatida eksport k’ilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoev shu yil 24?25 fevral kunlari K’ashk’adaryo viloyatiga tashrifi davomida za’faron plantasiyalarini tashkil etish mahalliy farmasevtika sanoati uchun xomashyo manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini k’ayd etdi. Za’faron etishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash, buning uchun alohida kollejni tanlash va yoshlarni o’k’itish, Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar tayyorlash lozimligini ta’kidladi. Davlat rahbari za’faron o’simligini etishtirish, kelajakda uni ko’paytirish bo’yicha markaz tashkil etish mak’sadga muvofik’ ekanini k’ayd etdi.
O’zbekistonning ik’lim sharoitiga mos shifobaxsh va ozik’-ovk’at tarmog’ida ishlatiladigan sano o’ti, dorivor valeriana, bo’yok’dor ro’yan, dorivor lavanda, tukli erva, dorivor rozmarin va ikki bo’lakli ginkgo kabi o’simliklar anik’landi. Kelajakda import o’rnini bosuvchi, eksportbop bu turlarni ham mamlakatimizda ko’paytirish, dastlabki plantasiyalarni tashkil etish bo’yicha takliflar berildi. Mazkur loyihaning ishga tushishi za’faron va boshk’a dorivor o’simliklarning eng yaxshi namunalarini tanlab olib, ularni ko’paytirish, yaxlit soha sifatida ixtisoslashtirish, farmasevtika, parfyumeriya va ozik’-ovk’at sanoatini mahalliy xomashyo bilan ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat k’iladi.
Za’faronning k’izik’ changchisi asosiy xom ashyo bo’lib, oktyabr-noyabr oylarida yig’ib olinadi va tayyorlash punktlariga jo’natiladi. Birinchi yil davomida 1 ga plantasiyadan o’rtacha 4 kg, ikkinchi yili — 7?8 kg, so’nggi yillarda — 15?16 kg hosil olish mumkin. Jahon bozorida 1 kg bunday xom ashyo narxi 400?1000 dollar atrofida narxlanadi.
Ayni paytda za’faron 15 dan ziyod mamlakat, jumladan Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Avstraliyada etishtiriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.