Ozbekneftgaz va gazprom strategik hamkorlik togrisidagi bitimni imzoladi — ozbekiston

Ozbekneftgaz va gazprom strategik hamkorlik togrisidagi bitimni imzoladi — ozbekiston

O’zbekneftgaz va gazprom strategik hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzoladi — o’zbekiston

O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari — «O’zbekneftgaz» kompaniyasi boshk’aruvi raisi G’ulomjon Ibragimov va «Gazprom» boshk’aruvi raisi Aleksey Miller 2 iyun kuni Peterburg xalk’aro ik’tisodiy forumi-2017 doirasida kompaniyalarning strategik hamkorligi to’g’risidagi bitimni imzoladi.
Rossiya kompaniyasi matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, hujjatda O’zbekiston hududida yangi loyihalarni amalga oshirishda tomonlarning o’zaro munosabatlari ko’zda tutilgan. Jumladan gaz infratuzilmalari ob’ektlarini rekonstruksiya k’ilish, k’urish va ulardan foydalanish; geologik razvedka, uglevodorodlarni k’azib olish, k’ayta ishlash va sak’lash; avtonom gazlashtirish uchun sik’ilgan va suyultirilgan tabiiy gazdan foydalanish; respublikani gaz bilan ta’minlashning bosh sxemasini ishlab chik’ish belgilangan.
Eslatib o’tamiz, aprel oyida ikki kompaniya «Gazprom» tomonidan 2018 yildan boshlab besh yil muddatga O’zbekistondan 4 milliard kub metr gaz sotib olinishi bo’yicha shartnoma hamda geologik razvedka ishlarini o’tkazish va injiniring-innovasion ishlarni tashkil etish to’g’risidagi kelishuvni imzolagan edi.
2016 yilda «Gazprom» O’zbekistondan sotib olingan tabiiy gaz hajmi 6,2 milliard kub metrni tashkil etdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.