Ozish-bir haftada 8 kilo — ozbekiston

Ozish-bir  haftada 8 kilo — ozbekiston

Ozish-bir haftada 8 kilo — o’zbekiston

Bozor va do’kon rastalari yangi uzilgan bodringlar bilan to’lib turgan bir paytda biz ayollar uchun yosharish va ortik’cha vazndan xalos bo’lish uchun ajoyib imkon paydo bo’ladi. Bodringli parhez 3 yoki 5 kunga mo’ljallangan. Uning turlari ko’p bo’lishiga k’aramay, har bir parhezdan keyin siz 2-4 kg vazndan xalos bo’lishingiz mumkin. Shuningdek, bodring oshk’ozon, bo’g’imlar va buyrakni tozalovchi eng yaxshi vosita. Bu sabzavot hatto teridagi turli-tuman dog’larni samarali ketkazadi. Xullas, bodringli parhez davomida siz bitta o’k’ bilan bir nechta «dushman»lardan xalos bo’lishingiz mumkin.
Nega samarali hisoblanadi?
Birinchi navbatda bodring tarkibidagi tabiiy kletchatka va 95% suvdan iborat ekanligi bilan boshk’a sabzavotlardan fark’ k’iladi. Agar e’tibor k’ilgan bo’lsangiz, ko’pgina boshk’a parhezlarda kuniga 2-3 litr suv ichish tavsiya etiladi. Bodringli parhez bundan mustasno, chunki 2 kg bodring tarkibida 1900 ml suv mavjud. Endi ikkinchi foydasi xak’ida gapiramiz. Bodring oshk’ozon ishini yaxshilab, uni toshk’ol (shlak) va toksinlardan xalos etadi. Bundan tashk’ari, bodring peshob haydash xususiyatiga ega. Bu degani, siz organizmingizda bir necha vak’tdan buyon yig’ilib k’olgan ortik’cha suyuk’likdan ham k’utulasiz.
Eng oson usul.
3-5 kun davomida har kuni 1,5 kg. bodring eyish tavsiya etiladi. Bunda siz bodringdan tayyorlangan har xil salatlar bilan kundalik taomnomangizni boyitishingiz mumkin. Eng asosiysi, parhez uchun tayyorlangan salat ichiga tuz k’o’shmang. YAna bir narsa: fak’at 12-13, 16-17, 19-20 soatlar oralig’ida ovk’atlaning. Nonushta har doimgidek, choy, k’ahva va suv istalgan mik’dorda. K’uyida uch xil salat turi bilan tanishasiz:
Birinchi salat.
1-2 kg. bodringni katta bo’laklarga bo’lib kesing. Keyin 30 gr mayonez va ta’bga ko’ra har xil ko’katlar bilan aralashtiring. Tayyor salatni 3-5 bo’lakka bo’lib, kun davomida iste’mol k’iling.
Ikkinchi salat.
Yuk’orida aytilgan mik’dordagi bodringlarni yog’ mik’dori kam bo’lgan smetana yoki kefir bilan aralashtirib, ta’mi yaxshilanishi uchun ichiga 1-2 dona k’aynatilgan tuxum va tuzsiz ziravorlar k’o’shib aralashtiring.
Uchinchi salat.
1,5 kg. maydalangan bodringni, 500 gr. pomidor bilan aralashtirib, ichiga 1 choy k’oshik’ o’simlik yog’i yoki smetana k’o’shing. Bu salatga ta’bingizga k’o’ra ozgina k’aynatib pishirilgan yog’siz go’sht ham k’o’shishingiz mumkin. Muhimi, tuz k’o’shmaslik.
DIK’K’AT!
Gastrit, organizmida kislota mik’dori yuk’ori bo’lgan va oshk’ozon yarasi kasali bor kishilarga bodringli parhez tutish k’at’iyan man etiladi!
Yuk’oridagi parhezni 7 kun tutib, siz 5 kg. vazndan xalos bo’lishingiz mumkin. Lekin bodringli parhez ayrim kishilar salomatligi uchun juda xavfli bo’lishi xech gap emas! Shu sababdan bu parhezni k’o’llashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashing!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.