Pensiyasini tuliq oladigan nafaqakhurlar doirasi kengaytirildi — ozbekiston

Pensiyasini tuliq oladigan nafaqakhurlar doirasi kengaytirildi — o’zbekiston
Fakhriy unvonlarga ega mehnat qiluvchi pensionerlar endilikda nafaqa pulini tuliq miqdorda oladi. Bu Uzbekiston Prezidentining 28 dekabrdagi «Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay shart-sharoitlarni yaratish buyicha qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi farmonida kuzda tutilgan.
Shuningdek mehnat shartnomasi asosida mehnat qilish asnosida ilm-fan, adabiyot va sanat sohalarida ijodiy ishlari uchun qalam haqi (gonorar) kurinishida daromad oluvchi pensionerlar ham nafaqa pullarini tuliq hajmda oladi.
Farmon bilan tekshirishlar natijasida aniqlangan 65 yosh va undan katta fuqarolar uchun hamda 2010 yilgacha tayinlangan pensiya va nafaqalar buyicha ortiqcha tulangan summa hisobdan chiqarildi.
Hujjatda pensioner tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasining ortiqcha tulangan pensiya va nafaqalar summasini ushlab qolish haqidagi qaroridan norozi bulgan taqdirda ortiqcha tulangan summani (aniqlangan paytdan boshlab uch yildan oshiq bulmagan muddat uchun) sud tartibida undirish tartibi joriy etildi.
Pensiya jamgarmasining hududiy bulimlari qonunchilikda kuzda tutilgan asoslar bulgan taqdirda ish stajini tasdiqlash uchun sudlarga davo arizasini tayyorlashda kumak kursatadi.
Комментарии 0