Pornografiya miyani oldiradi — ozbekiston
Pornografiya miyani o’ldiradi — o’zbekiston
Zamonaviy nevrologiya miyaning o’ta ta’sirchan jism ekanini isbotlagan. Miya inson orttirgan tajribalariga muvofik’ o’zgarib turadi. Miya biz ko’rgan, eshitgan va bilgan narsalarimizning nisbatini anik’lab, k’iyoslab, yangi alok’a va yo’llarni paydo k’iladi. Falsafiy bahslarda ishtirok etishdan tortib, notanish shahar marshrutlarini o’rganishgacha, hatto passiv ravishda musik’a tinglash yoki televizor ko’rishlarning barchasi va har k’anday faoliyat turi miyamizda uzluksiz yangi alok’alarni shakllantirib turadi, natijada esa biz hozir k’anday bo’lsak – shuni shakllantiradi.
Holat esa ayanchlidir. Aynik’sa erkaklar ko’p chalingan pornografiya balosi bugun epidemiya darajasiga keldi. Ammo, shunday bo’lsada, negadir ko’pincha bu juda katta muammo hak’ida sukut sak’lanadi. Muammoning o’zi esa asosan psixologiya yoki ijtimoiy fanlar nuk’tai nazaridan yozilgan mak’olalarda yoritiladi.
Biz ushbu mak’olada pornografiyaning miyaga k’anday ta’sir k’ilishi hak’ida nevrologiya nuk’tai nazaridan to’xtalib o’tmok’chimiz. Xotira va zehn fenomenini tushuntirishning zamonaviy modeli asosida sinaptik mutanosiblik negizi yotibdi. YA’ni, odam miyasi biron tajriba natijasidagi reseptorlar faoliyatiga mutanosib ravishda neyronlar (hujayralar) orasidagi alok’alar kuchini o’zgartirish imkoniyatiga egadir. Bu mexanizm mik’dorning o’zgarishi va faollashgan reseptor turlari hamda neyrotransmitterning ajralib chik’ish hajmidan iborat (nerv hujayrasidan elektr impulsni o’tkazishni ta’minlovchi biologik faol moddalar).
Miyadagi asosiy neyrotransmitter dofamin deb ataladi. U miyani “mukofotlash tizimi”da muhim unsur hisoblanib, u ta’lim olish, motivasiyalash jarayoni, huzurlanish va aybdorlik hissiyotlarining shakllanishiga javob beradi. Bolalarning giper faolligida e’tibor tank’isligi sindromi, k’arish natijasida kognitiv k’obiliyatning zaiflashuvi va tushkunlik holatlari dofamin darajasiga bog’lik’dir. Ko’pchilik dofaminga bog’lik’ patologik kasal hisoblangan parkinsonizmga chalingan Muhammad Ali yoki Maykl Jey Foks kabi mashhur odamlar tufayli bu hak’ida tushunchaga ega.
Dofamin huzurlanish, lazzat, mukofot va istak sezgisini hamda ta’lim olish jarayonidagi hissiyotlarni (zehn) paydo k’ilishda asosiy vazifani bajaradi. Kokain kabi narokotiklar dofaminer tizimiga ta’sir k’ilish ok’ibatida dofaminning katta mik’dorda ajralib chik’ishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon esa o’z o’rnida “kayf” deb ataluvchi hissiyotni keltirib chik’aradi. Bunday hissiyotlarga bo’lgan k’attik’ talab narkotikka bog’lik’lik, mute’likni paydo k’iladi. Dofamin ustida olib borilgan juda ko’p tadk’ik’otlarda ma’lum bo’ldiki, u huzurni kutish yoki bevosita huzurlanish hissiyotini keltirib chik’arar ekan. Miya zonasiga k’arab huzurlanish yoki ungacha bo’lgan vak’t oraligida dofaminning ajralib chik’ishi kuzatiladi. Ajralib chik’k’ach, dofamin biron harakat tufayli miyada paydo bo’ladigan yangi alok’alarni yanada kuchaytiradi. Bu birinchi navbatda huzurlanish takror bo’lishi uchun odamni bunday harakatlarni takrorlashga rag’batlantiradi.
Lekin bularning barchasining pornografiyaga k’anday alok’asi bor? Alok’asi shundaki, ekranda ma’lum tasvirlarning paydo bo’lishi bilan reseptorning faollashuvi va dofaminer tizimning ishga tushishi boshlanadi (kokain iste’mol k’ilish jarayoni kabi). Pornografik tasvirlarni ko’rganda odam miyasida hosil bo’layotgan alok’alar dofaminning juda katta mik’dorda ajralishi hisobiga bir necha barobarga kuchayib ketadi. K’isk’a muddatli xotirada aks etilishi, ya’ni ekran o’chgan zahoti tasvir unutilib ketishi o’rniga dofamin ta’minlagan kuchayish natijasida u uzok’ muddatli xotira omboriga o’tadi va u erdan istalgan vak’t olib, miyada aks etish mumkin bo’ladi. Muammo shundaki, k’aysi narsa hak’ida inson ko’p o’ylasa, o’sha “biron” narsa miyada mustahkamlanib boradi. Maktabda paytida imtihonlarga tayyorlanganingizni eslang – Siz yodda k’olishi kerak bo’lgan narsalarni yodingizda k’olguncha k’ayta-k’ayta takrorlar edingiz.
Pornografiya bu xayolotdir. Turli xil ayollar va turli xil sahnalarni ko’raverish ok’ibatida ko’rayotgan odam har gal yangi odam bilan alok’a k’ilish – aldanish (illyuziya) hissini hosil k’iladi. Ekranda porno “yulduzlar” turli xil jirkanch “mashk’”larni bajaradi. Normal ruhiy sog’lom odamda bu ochik’ sahnalardan fak’at jirkanishdan boshk’a hissiyotni uyg’otmaydi. Pornografik kinolardagi sahnalar bir-ikki odatiy hirsni k’o’zg’atuvchi unsurlar noodatiy narsalarga alishtirilgan holda tashkil k’ilinadi. Shunday k’ilib tomoshabinda jinsiy alok’ada yangi hissiyotlar paydo bo’ladi.
Ekran tark’atayotgan elektromagnit to’lk’inlar ko’ruvchining xayoloti (fantaziyasi) bilan to’ldiriladi va miyada kimyoviy reaksiyani ishga tushirib, dofaminning otilib chik’ishiga sabab bo’ladi. Natijada inson yolg’on-sarob bo’lsada, huzurlanish va k’onik’ish hissiyotini sezadi. Dofamin yangi hosil bo’lgan jinsiy “tajribalar”ga bog’lik’likni kuchaytiradi va bu o’z navbatida erkak ayolidan o’zining tasavvuridagi jinsiy xayolini (fantaziyasini) ro’yobga chik’arishda ishtirok etishini so’raydi.
Miyadagi jarayonlarning izchilligi xavotir tug’diradi. Pornografiya filmini ko’rish natijasida yangi tajribalar xotirada sak’lanadi va bu sinap mutanosiblik yangi bog’lanishlarning shakllanishiga yordam beradi. Modomiki yangi tajribalar ma’lum reseptorlarning faollashuviga sabab bo’lar ekan, dofaminning ajralib chik’ishi bu bog’lik’likni yanada ziyoda k’iladi.
Ma’lum sahnalar xotiraga yozilgan ekan, k’uyidagi ikki narsa amalga oshishi mumkin:
1) kokain ishga tushirgan mexanizmni pornografiya ham ishga tushiradi, bu esa unga tobelikni kuchaytiradi (ya’ni, pornografiya odamni o’z k’uliga aylantiradi, usiz tura olmaydigan k’ilib k’o’yadi)
2) bu sahnalarni erkak kishi o’z ayoli bilan ko’p marta k’aytarishga harakat k’ilib ko’radi va aksar holatda bularning hammasi bir-biridan ko’ngil sovushiga olib keladi. Chunki ko’p sabablarga ko’ra erkak tasavvuridagi xayolotlarni real vok’elikda amalga oshirishga ayol kishi k’ancha urinmasin uddasidan chik’a olmaydi (misol uchun erkak hayolida bir nechta ayollar bilan bo’lgan sahna, hayotda esa fak’at bitta xotini). Eng yomoni shuki, uning yolg’iz ayoli na o’zining tashk’i ko’rinishi va na hatti-harakati bilan er tasavvurdagi ayolga umuman o’xshamaydi. Ba’zan pornografik sahnalardagi harakatlarni k’aytarishga bo’lgan ayrim urinishlar samarali chik’ib k’olishi mumkin, ammo vok’elik tezda g’olib keladi va huzurlanish bo’lmagani bois dofamin ajralishi ham to’xtaydi.
K’ancha ayanchli bo’lmasin, yuk’oridagi ko’rinishlar hali hammasi emas. Vok’ealikda mavjud bo’lmagan va haddan tashk’ari kutilgan narsalar asosidagi tajribalar natijasida umidlar puchga chik’adi. Shu bilan birga miya dofamin ishlab chik’armay k’o’yadi va uning darajasi odatdagidan ham tushib ketadi. Bu holat depressiyani keltirib chik’aradi, bu esa o’z navbatida ruhiy tushkunlik, k’onik’maslik, ayoli talab k’ilingan va kutilgan narsalarga javob bera olmayotganidan nikohni va oilasini baxtsiz, deb his k’ilishlarga olib keladi. Bunday holatlarda ko’p ayollar munosabatlarga “ilik’lik” kiritishga rozi bo’lishadi va hatto sun’iy ravishda erining miyasiga k’uyilgan jirkanch sahnalarda ishtirok etishga ham rozilik bildirishadi. Pornok’ulga aylangan er esa butunlay k’izik’ishining so’nishi oldidan juda k’isk’a muddatli bir-ikki huzur topib k’olishi mumkin, xolos. Pornografiya dofamin ork’ali berayotgan “kayf” bilan bellashishga kuchi etmasligini bilmagan ayol barcha sa’y-harakatlariga k’aramasdan ijobiy natijaga erishmagach, o’zini jozibasiz va emosional yakka deb his k’iladi.
Miya bir butun holatda ishlaydi, mutanosibligi esa keng ko’lamli bo’lgani uchun ham yuk’orida zikr k’ilingan ma’lumotlar tashvish uyg’otishi kerak. Bir zonadagi o’zgarish boshk’a joyda o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Pornografiya tomosha k’ilish neyron alok’alarining tizimini almashtirib, o’zgartirib yuboradi. Bularning hammasi miyaning boshk’a k’ismlariga va tafakkur jarayoniga k’anday ta’sir k’ilishini olimlar o’rganishmok’da.
Nevrologiya pornografiyaga mute’ bo’lgan odamlarga xavotirga soluvchi tashxis k’o’ygan bo’lsa ham, bular hali hammasi emas. Kokain mute’ligi kabi mexanizm hak’ida gap borsada, biz boshk’a moddalar ham harakat k’ilayotganini e’tiborga olishimiz kerak.
K’aramlikdan ozod bo’lish uchun narkoman toksin ta’sirni yo’k’otadigan maxsus dasturdan o’tishi kerak, aks holda u o’z hayotini xavfga soladi. Boshk’a tarafdan pornografiya bilan k’izik’ish k’anday ok’ibatlarga olib kelishini bilgan ko’p erkaklar og’ir fiziologik ok’ibatlarsiz bu k’izik’ishga bir zumda chek k’o’ysa bo’ladi. Buning uchun undan kuchli iroda talab k’ilinadi va bundan tashk’ari inson o’zini boshk’a narsalar bilan ovora k’ilishi kerak bo’ladi.
Avvalida so’nggi yil yoki oylar davomida ko’rilgan pornografik kinolarning hayajonli tasvirlari halak’it k’ilib turadi. Shuning uchun vasvasalardan xalos bo’lish uchun insondan k’at’iy jasorat talab k’ilinadi. Pornografiya ta’sirida o’zgarib ketgan neyron alok’alarini miyaning o’zi k’ayta tartibga soladi. Miya kerak bo’lmagan alok’alardan o’zini tozalash k’obiliyatiga ega bo’lgan o’ta rasional a’zodir. Inson pornografiyaga bog’lik’likni k’o’zg’atadigan narsalardan k’ancha uzok’ bo’lsa, u miyaga ulardan xalos bo’lishiga shuncha yordam bergan bo’ladi. YAngi hissiyot va yangi tajribalar miyani boshk’a narsalar bilan band bo’lishiga yordam beradi, bu esa miya keraksiz narsalarni tezrok’ o’chirishiga omil bo’ladi. Buning uchun vak’t va miyada tanlash imkoni bo’lishi kerak – miya esa inson nimada ko’prok’ faol bo’lsa o’sha narsani tanlaydi.
Комментарии 0