Poytaxt jamoat transportida past polli man avtobuslari paydo boladi — ozbekiston
Poytaxt jamoat transportida past polli man avtobuslari paydo bo’ladi — o’zbekiston
Toshkent er usti jamoat transporti parki joriy yilda sik’ilgan gazda harakatlanuvchi MAN avtobuslari bilan to’ldirilishi lozim. Bu hak’da payshanba kuni «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi boshk’aruv raisi, poytaxt hokimi o’rinbosari Otabek Sodik’ov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum k’ildi.
Ayni paytda shahar avtobus parki 1350 mashinani o’z ichiga oladi. Xususan, 600 dona past polli, katta sig’imli Mercedes-Benz Conecto Low Floor hamda Samark’and avtozavodida ishlab chik’arilgan 684 dona o’rta sig’imli Isuzu avtobusidan foydalanilmok’da.
2015 yil bahoridan buyon Toshkentda turli yo’nalishlarda MAN avtobuslari sinovdan o’tkazib kelinmok’da. O’tgan yilning dekabrida Samark’anddagi MAN Auto-Uzbekistan k’o’shma korxonasi tomonidan mazkur avtobuslarning sinov partiyasi yig’ilishi boshlanganini ma’lum k’ildi.
«MAN avtobusi o’zining ijobiy tomonlarini ko’rsatdi, — dedi Otabek Sodik’ov. — Konstruktiv kamchiliklar mavjud, „O’zavtosanoat“ va MAN Auto-Uzbekistan bilan birgalikda ularni bartaraf etish ustida ish olib borayapmiz. Ular tutk’ichlar, darchalar hajmi va kondisionerlar o’rnatish bo’yicha mulohazalarimizni k’abul k’ilishdi. Bizning tomonimizdan dvigatellardan foydalanish bo’yicha takliflar bor. Ularning barchasi k’abul k’ilindi».
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, MAN avtobuslarining ishlab chik’arish joriy yildan boshlanadi. Mazkur loyiha bo’yicha mamlakat hukumati k’arori k’abul k’ilinishi kutilmok’da, dedi «Toshshahartransxizmat» rahbari. Besh dona MAN avtobusi tayyor, yil oxiriga k’adar 50 donasi tayyor bo’lishi lozim.
Joriy yilda 70 ta katta sig’imli va 140 ta Isuzu avtobusini sotib olish rejalashtirilgan. O’tgan yili O’zbekiston poytaxti uchun 80 ta Isuzu xarid k’ilindi. K’o’shimcha ravishda, «SamAvto» tomonidan ishlab chik’arilgan past polli SamAuto LE 60 avtobuslarini etkazib berish to’g’risida muzokaralar olib borilmok’da. Ushbu avtobuslar mamlakatning k’ator shaharlarida foydalanilmok’da.
Toshkentda tramvaylar harakati k’ayta yo’lga k’o’yiladimi, degan savolga javob berar ekan, Otabek Sodik’ov bu borada hozircha hech k’anday so’z bormayotganini ta’kidladi. Ayni paytda, 2030 yilgacha shaharning yagona transport tizimi doirasida poytaxt atrofi bo’ylab elektr poezdi halk’a yo’li k’urilishini eslatib o’tdi.
Комментарии 0