Poytaxtda alimentlarni tolamaganlarga karshi kurash kuchaytiriladi — ozbekiston

Poytaxtda alimentlarni tolamaganlarga karshi kurash kuchaytiriladi — ozbekiston

Poytaxtda alimentlarni to’lamaganlarga k’arshi kurash kuchaytiriladi — o’zbekiston

Toshkent hokimiyatida 6 yanvar kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumani alimentlarni to’lamaganlarga k’arshi kurash bo’yicha yangi chora-tadbirlarga bag’ishlandi.
O’tgan yilning 1 dekabri holatiga ko’ra, O’zbekiston poytaxtida sud ijrochilari k’o’lida alimentlarni to’lamaslik holatlari bilan bog’lik’ 21,9 ming ish mavjud bo’lib, ularning 9300 tasi yoki 42 foizi so’nggi ikki yil davomida k’o’shilgan.
Bosh vazir virtual k’abulxonasiga (keyinchalik — Prezident virtual k’abulxonasi) Toshkent shahar Sud k’arorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va mo­liyaviy ta’minlash departa­mentiga fuk’arolardan 1524 murojaat kelib tushgan bo’lib, ularning k’ariyb yarmi (688 yoki 45 foizi) alimentlar to’lanmaganligiga oid shikoyatlardan iborat bo’lgan.
Mazkur muammolarni hal etish uchun 21 dekabrda poytaxt hokimiyati, prokuraturalar, jinoiy va fuk’arolik ishlari bo’yicha sudlar, adliya boshk’armalari, IIBB, «Mahalla» jamg’armasi va boshk’a mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda k’o’shma k’aror k’abul k’ilindi.
Matbuot anjumanida k’ayd etilishicha, endilikda alimentlarni undirish ishlari nafak’at sud ijrochilari, balki boshk’a davlat organlari va jamoat tashkilotlari, jumladan, uchastka milisiya nozirlari, mahalla k’o’mitalari vakillari va ish bilan ta’minlash bo’limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Aliment to’lash bo’yicha k’arzi bo’lgan ishsiz fuk’arolar k’onuniy tartibda ishga jalb k’ilinadi. Mehnat boshk’armasi mahallalar, ichki ishlar organlari va sud ijrochilari bilan birgalikda k’arzdorga monitoring asosida vakansiyalarni taklif etadi. Rad etilgan tak’dirda, sud ijrochilariga ular ishini jinoiy sudlarga topshirish huk’uk’i berildi.
Bo’lg’usi sud ishlarining oldini olish uchun sudlarga ajrashuv to’g’risidagi ishlarni ko’rib chik’ishda bir vak’tning o’zida mol-mulkni bo’lib olish, bolalar ta’minoti, alimentlarni to’lash va farzandlarning u yoki bu ota-ona bilan yashashi masalalarini ham ko’rib chik’ish taklif k’ilindi. Nikoh shartnomalarini majburiy ravishda joriy etish imkoniyatlari ham ko’rib chik’ilmok’da.
Alimentlarning to’lanmasligiga k’arshi kurash bo’yicha taklif etilayotgan choralar k’atoridan k’arzdorlar va ularning oila a’zolari bilan tushuntirish ishlari olib borish ham ko’zda tutilmok’da. K’arzdorlar, avvalgidek, chet elga chik’ish imkoniyatidan vak’tincha mahrum etiladi.
Tadbirda tak’dim etilgan ma’lumotlarga ko’ra, Toshkentdagi mahallalarning psixologlar va huk’uk’shunoslar jalb k’ilingan yarashtiruv komissiyalari faoliyati samarasi o’larok’ 1361 bola tarbiyalanayotgan 1012 oilaning ajralib ketishi oldi olindi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.