Premer ligada eng kop het-trik kilgan futbolchilar — ozbekiston

Premer ligada eng kop het-trik kilgan futbolchilar — ozbekiston

Premer ligada eng ko’p het-trik k’ilgan futbolchilar — o’zbekiston

Angliya Premer Ligasi 26-turidan o’rin olgan «Stok Siti»ga k’arshi o’yinda «Tottenhem» futbolchisi Harri Keyn het-trik k’ayd etdi. Bu angliyalik hujumchi uchun musobak’adagi to’rtinchi het-trik bo’ldi. Shu munosabat bilan Premer Ligada shu paytgacha eng ko’p het-trik k’ilgan futbolchilar o’nligiga nazar solamiz.
8-10-o’rinlarni 3 tadan het-trik bilan Teo Uolkott, Jermeyn Defo va Romelu Lukaku bo’lishib olgan. Uolkott «Arsenal» tarkibida «Blekpul», «Nyukasl» va «Vest Bromvich» darvozasiga, Defo «Tottenhem» va «Sanderlend» safida «Hall Siti», «Uigan» va «Suonsi»ga, Lukaku esa «Vest Bromvich» va «Everton» bilan «Manchester Yunayted», «Sanderlend» va «Bornmut»ga uchtadan gol urgan.
Harri Keyn 5-7-o’rinlarni Dimitar Berbatov va Karlos Teves bilan bo’lishib turibdi. Angliyalik hujumchi «Tottenhem» safida «Lester», «Bornmut», «Vest Bromvich» va «Stok Siti» bilan o’yinlarda het-trik k’ayd etgan. Berbatov «Manchester Yunayted» safida «Liverpul», «Blekbern», «Birmingem» va «Uigan» darvozasiga, Teves «Manchester Siti» tarkibida «Blekbern», «Uigan», «Vest Bromvich» va «Norvich»ga uchtadan to’p kiritgan.
2-4-o’rinlarda ham 5 tadan het-trikka mualliflik k’ilgan uch nafar futbolchi bormok’da. Ueyn Runi «Manchester Yunayted» bilan «Portsmut», «Hall Siti», «Vest Hem», «Arsenal» va «Bolton» bilan o’yinlarda het-trik k’ilgan. Robin Van Persi esa bu ishni «Arsenal» va «Manchester Yunyted» tarkibida «Uigan», «Chelsi», «Blekbern», «Soutgempton» va «Aston Villa»ga k’arshi bahslarda uddalagan. «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero «Uigan», «Tottenhem», «Kuinz Park Reynjers», «Nyukasl» va «Chelsi»ga uchtadan gol urgan.
Nihoyat birinchi o’rinda Premer Ligada oltita het-trikka mualliflik k’ilgan Luis Suares yakka peshk’adam bo’lib turibdi. Urugvaylik hujumchi «Liverpul» tarkibida «Uigan», «Vest Bromvich» va «Kardiff» darvozasiga bir o’yinda uch martadan yo’l topgan bo’lsa, «Norvich»ga k’arshi kechgan uch o’yinda het-trik k’ayd etgan. Ko’rinib turganidek, fark’ unchalik katta emas hamda Runi, Aguero va hatto Keynda hozirda «Barselona»da to’p surayotgan futbolchining natijasini takrorlash va yangilash imkoniyati bor.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.