Prezident dabdabali rakamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan kuvmaslikka chakirdi — ozbekiston

Prezident dabdabali rakamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan kuvmaslikka chakirdi — ozbekiston

Prezident dabdabali rak’amlar va balandparvoz hisobotlar ortidan k’uvmaslikka chak’irdi — o’zbekiston

29 may kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston, K’ozog’iston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga tashriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan o’tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlari yakunlari bo’yicha imzolangan bitimlar, shartnomalar va muayyan sohalarda o’zaro sheriklikni rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish jarayonining holatini tahlil k’ilish va baholashga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Har bir tashrif yakunida bitim va shartnomalar k’atorida k’iymati bir necha milliard AK’Sh dollariga teng bo’lgan ko’plab loyihalar imzolandi. Har bir loyiha bo’yicha «yo’l xaritalari» tasdik’lanib, ularning bosk’ichlari, ijro mexanizmlari va mas’ul shaxslar belgilab olindi. Davlat rahbari ayrim rahbar xodimlar imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlashga eskicha yondashayotganini ta’kidlab o’tdi. U hozircha anik’ natijalar ko’zga tashlanmayotgani, ijro muddatlari ortga surilayotganini k’ayd etdi.
Buning sabablaridan biri ishonchli xorijiy sherik va moliya manbalari mavjud bo’lmagan holda samarasiz loyihalar tayyorlash, amalda foyda bermaydigan hujjatlar imzolash holatlari bilan bog’lik’ ekani aytildi. Bunday loyihalarning monitoringini yuritish bo’yicha tizimli ish olib borilmayapti. O’zbekiston ik’tisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ahvol k’onik’arli emas.
Prezident fak’at k’og’ozda aks etadigan, amalda hech k’anday foyda bermaydigan loyihalar tuzishdek eskicha amaliyotdan butunlay voz kechish, bunday odat va kayfiyat bilan ishlashga mutlak’o chek k’o’yish lozimligiga alohida urg’u berdi. U tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga chet davlatlar bilan savdo-ik’tisodiy alok’alar va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida mak’sadli investision strategiya ishlab chik’ish vazifasini topshirdi.
Ushbu tizimni takomillashtirish mak’sadida mas’ul ijrochilarning har haftada bir marta Vazirlar Mahkamasida va har oyda bir marta Prezident huzurida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan joriy va ishlab chik’ilishi ko’zda tutilayotgan yangi investision loyihalar yuzasidan hisobot berish tartibi o’rnatiladi.
Loyihalarning o’z vak’tida moliyalashtirilishi, mutasaddilarning ijro intizomi, mas’ul shaxslarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishini nazorat k’ilish Hisob palatasi va Bosh prokuratura zimmasiga yuklandi.
Yig’ilishda dabdabali rak’amlar va balandparvoz hisobotlar ortidan k’uvish emas, yangicha samarali usul va mexanizmlarni tatbik’ etish, ahvolni k’isk’a muddatda sinchiklab o’rganib chik’ish va zarur chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.