Prezident ilm-fan vakillari bilan uchrashdi — ozbekiston

Prezident ilm-fan vakillari bilan uchrashdi — ozbekiston

Prezident ilm-fan vakillari bilan uchrashdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr kuni mamlakatning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi O’zA. Uchrashuvda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, etakchi oliy o’k’uv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoev bugungi zamon barcha sohalar k’atorida ilm-fanni ham yangi bosk’ichga ko’tarishni talab k’ilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz echish k’iyin ekanini ta’kidlab o’tdi. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama k’o’llab-k’uvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir, deya k’ayd etdi u.
Davlatning yak’inda k’abul k’ilingan O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirish to’g’risidagi farmonida mamlakat ijtimoiy-ik’tisodiy tarak’k’iyotida ilm-fanning o’rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama k’o’llab-k’uvvatlash, yuk’ori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag’batlantirish mak’sadida bir k’ator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Ilm-fan bilan shug’ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar k’ilish igna bilan k’uduk’ k’azishdek gap, dedi Prezident. Shunday ekan, bu mashak’k’atli sohada fidokorona mehnat k’ilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag’batga munosib.
Mamlakat va jamiyatning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur k’ilish k’iyin. Ilm-fan tarak’k’iyotida fundamental tadk’ik’otlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular ork’ali yangi bilimlar o’zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadk’ik’otlar va innovasion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan tadk’ik’otlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuk’ori rivojlanish darajasiga to’la javob beradi, deb bo’lmaydi. Yuk’ori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chik’arish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovasiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va lisenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakat ilmiy-innovasion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbik’ etishda yak’k’ol sezilmok’da.
Fan, ta’lim va ishlab chik’arish integrasiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida k’ayd etildi. YAngi texnologiyalarni joriy k’iluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investisiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud ilmiy salohiyat va mablag’larni ik’tisodiyot tarmok’larining buyurtmalari va muayyan muammolarni echishga k’aratilgan eng muhim ustuvor tadk’ik’otlarga yo’naltirish zarur.
Jahonning etakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o’zi talab k’ilmok’da, dedi Prezidentimiz. Xorijning etakchi o’k’uv va ilmiy muassasalarida ta’lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda k’ulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag’batlantirish choralarini ko’rish kerak.
Mamlakatda yuk’ori salohiyatga ega, jahon mik’yosida e’tirof etilgan olimlar ko’p. Ular o’z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. YOsh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosk’ich — maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo’lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin ik’tisodiy hudud mak’omiga ega bo’lgan Innovasion markaz tashkil etish bo’yicha tashabbusi ilmiy-tadk’ik’ot institutlari, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalarining rak’obatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda soha vakillari Prezidentning yak’inda k’abul k’ilingan farmoni soha rivojida muhim rol o’ynashini ta’kidlab, mavjud dolzarb masalalar, mamlakatimizda ilm-fan hamda innovasion faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan o’z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Prezidentga mamlakatda ilm-fan va innovasion faoliyatni k’o’llab-k’uvvatlayotgani, ilm ahlini rag’batlantirishga k’aratayotgan alohida e’tibori uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Shavkat Mirziyoev ik’tisodiyotning barcha sohalari tarak’k’iyotida ilm-fanning o’rni, ahamiyati g’oyat katta ekani, bu borada davlat birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini, fan va ishlab chik’arish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanini alohida ta’kidladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.