Prezident khavfsizlik kengashi yigilishini utkazdi — ozbekiston

Prezident khavfsizlik kengashi yigilishini utkazdi — ozbekiston

Prezident khavfsizlik kengashi yigilishini utkazdi — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 yanvar kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasi Situasiya markazida Khavfsizlik kengashi yigilishini utkazdi. U 14 yanvar — QK tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida bulib utdi. «Gazeta. uz» Prezident nutqidan asosiy iqtiboslarni elon qilmoqda.
Mamlakat mudofaa salohiyatidagi muammolar
Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida hali ancha muammolar borligini qayd etish zarur. Ularni hal qilish yuzasidan 2018 yilda va kelgusi yillarda qattiq ish olib borishimiz lozim.
Men yil davomida Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy uquv mashqlarini Kattaqurgon poligonida kuzatdim, Janubi-Garbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglarida Mudofaa vazirligi va chegara qushinlari bulinmalarini, bugun esa Chirchiq shahridagi harbiy qismni borib kurdim. Harbiy khizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor shakhslarning hisobotlarini eshitdim. Natijada kup yillar davomida yigilib qolgan jiddiy, tizimli muammolar aniqlandi. Bular — kadrlar masalasi, qushinlarni zamonaviy qurol-yaroglar bilan taminlash, harbiy khizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy khizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga taalluqli muammolardir.
Albatta, utgan yili birinchi navbatda hal etilishi kerak bulgan kuplab masalalar buyicha aniq qarorlar qabul qilindi.
Lekin, tan olishimiz kerak, ularning barchasi tizimli emas, balki malum bir yunalish va bugindagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlardir. Ana shu holatni hisobga olib, Vatanimiz khavfsizligini mustahkamlash, uning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishdek goyat muhim sohada kuplab muammolar mavjudligini anglagan holda, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik. Ushbu hujjatda mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari buyicha asosiy yunalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirildi.
2017 yil 12 dekabrda Prezident farmoni qabul qilinib, unda mavjud murakkab holatdan chiqishning tasirchan va samarali chora-tadbirlari belgilab berildi.
Yangi mudofaa doktrinasi
Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishdik va yangilanayotgan Qurolli Kuchlarimiz buyicha strategik yondashuvni ishlab chiqdik.
Tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqlik prinsiplariga, eng asosiysi, qushni davlatlar bilan dustona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdek biz uchun ustuvor bulgan tamoyillarga tayangan holda, mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Bu doktrinaning mano-mazmuni birinchi marta ochiqlik khususiyatiga ega buldi. Bu esa bizning mudofaa siyosatimizning ochiqligini namoyish etmoqda. Doktrinada Uzbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati buyicha prinsipial yondashuvlar, ularni qullash asoslari, Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, shuningdek, milliy armiyamiz qurilishi va rivojlanishini davom ettirish buyicha istiqbolli yunalishlar belgilab berildi.
Barchangizning etiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman: Mudofaa doktrinasi qoidalari qogozda qolib ketmasligi, biz ularni hayotga suzsiz joriy etishni taminlashimiz shart.
Shu munosabat bilan Oliy Majlis Mudofaa doktrinasini amalga oshirish, bu masala buyicha muntazam ravishda parlament nazoratini olib borishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, deputat va senatorlarimiz mudofaa va harbiy qurilish masalalariga befarq bulmasdan, bu borada uz faoliyatlarini kuchaytirishlari, har bir chorakda ikki marta Oliy Majlis palatalarining yigilishlarida ushbu yunalishdagi ishlarning ahvolini muhokama qilib borsalar, ayni muddao bulardi.
Harbiy okruglarning yangi vazifalari
Mudofaa doktrinasi qoidalari va mamlakatimizning geostrategik joylashuvini hisobga olgan holda, harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta kurib chiqildi. Khususan, Mudofaa vazirligining barcha birlashma va qismlarining tarkibiy tuzilmasi tuliq yangilandi. Biz bulinmalarga jangovar tayyorgarlik bilan tulaqonli shugullanish, harbiy khizmatchilarning kasbiy malakasini oshirish va uz yunalishi buyicha vazifalarni aniq bajarish uchun tayyor bulishiga alohida etibor qaratdik. Bunga imkon bermagan tuzilmalardan butunlay voz kechdik. Shundan kelib chiqqan holda, harbir ofiser va serjant egallab turgan lavozimidan qati nazar, uz faoliyatiga tanqidiy baho berishi kerak. Ular «Men kelgusida khizmatni davom ettirishga munosibmanmi yoki yuqmi?» degan savolga javob berishi shart.
Men harbiy khizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bilan bogliq bir qator muammolarga etibor qaratmoqchiman. Nega deganda, jismoniy tayyorgarlik harbiy khizmatchilar uchun khizmat faoliyatida, harbiy karerasida va umuman, turmush tarzida hal qiluvchi omillardan biri bulishi zarur. Harbiy khizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli bulishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir bulayotgan qurolli tuqnashuvlarda kuzga tashlanayotgan bir holatga etiboringizni qaratmoqchiman. Yani, jangovar harakatlar davomida shakhsiy tarkib urtasidagi yuqotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy tasir va zarbalar bilan bogliq ekani malum bulmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir.
Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari barcha toifadagi harbiy khizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi buyicha prinsipial jihatdan yangi meyoriy hujjatlar ishlab chiqishi zarur. Bu borada asosiy etiborni harbiy-amaliy masalalarni hal etishga yunaltirish lozim. Harbiy khizmatchilar har tomonlama soglom va chidamli bulishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerak.
ushinlardagi tashkiliy-shtat uzgarishlariga oid masalalarga yana bir bor etibor qaratib, takidlab aytmoqchiman: hozirgi paytda Mudofaa vazirligi tomonidan qushinlarni yangi tashkiliy tuzilmaga utkazish ishlari boshlandi. Bu ishlar yangi uquv yiliga qadar yakunlanishi zarur. Ana shu chora-tadbirlar haqida gapirganda, mudofaa vaziri va uning urinbosarlari etiborini ushbu vazifalarning naqadar muhim ekaniga qaratmoqchiman. Ularning ijrosini shakhsan uzim nazorat qilib boraman. Qushinlar istalgan daqiqada uz oldiga quyilgan vazifalarni bajarishga qodir bulishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi buyicha muntazam shugullanib borishi, barcha harbiy khizmatchilar haqiqiy professional kadr bulishi uchun uz sohasini pukhta egallashi shart.
Kuplab mansabdor shakhslar ishonchni oqlamadi
Nima uchun bu talablar bugun kun tartibiga keskin qilib quyilmoqda? Chunki, Mudofaa vazirligidagi kuplab mansabdor shakhslar ishonchni oqlamagani, uzlarini kursatishda sustkashlikka yul quygani, ularda tashabbus yuqligi, mustaqil qarorlar qabul qilishni, masuliyatni uziga olishga tayyor emasligi bunga sabab bulmoqda.
Holbuki, ularga uz qobiliyatini amalda namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan edi. Bunday kamchiliklar mudofaa vazirligi sobiq rahbariyati faoliyatining natijasi, desak khato bulmaydi. Ochiq aytish kerak, ular asosan eski usullar bilan ishlab, qushinlar bilan muntazam aloqa urnatmagan, harbiy kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy etibor qaratmagan, zarur hollarda mustaqil qaror qabul qilishda ularga qatiyat etishmagan.
Afsuski, buning oqibatida bizda kup hollarda harbiy boshliqlar tepadan buyruq kutib utirishga urganib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qumondon uz harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bulishi shart.
Men mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita urinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshligini lavozimidan ozod qildim. Hozirgacha harbiy okrug qushin qumondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmadi.
Ayni paytda, quyilgan talablarga javob bermayotgan va qushinlar bilan faol ishlashdan uzini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy khizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan bushatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani nimadan dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga quyish ishlari qoniqarsiz ekanini kursatadi.
Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshligi hamda barcha harbiy okrug qumondonlarini yangitdan tayinladim.
Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018 yil sizlar uchun katta sinov yili buladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va khavf-khatarlar bir-biriga ukhshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va uz faoliyati uchun zarur khulosa chiqarib olishi darkor.
Milliy gvardiya vazifalari
Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasi buyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida suz yuritganda, Milliy gvardiya tashkil etilganini alohida takidlash lozim. Malumki, bu makhsus harbiy bulinma faoliyati jamiyat va davlat khavfsizligini taminlash, inson huquq va erkinliklarini ruyobga chiqarish, aholini turli terrorchilik khatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy khatti-harakatlardan himoya qilishga qaratilgan.
Qisqa vaqt ichida Milliy gvardiya mamlakat khavfsizligini taminlash tizimidagi muhim buginga aylandi va Qurolli Kuchlar tarkibiy qismlari bilan yaqin hamkorlik urnatdi.
Afsuski, okhirgi 15?20 yil davomida jamoat tartibi va khavfsizligini saqlash masalalariga notugri yondashuv tufayli bu muhim masala etiborimizdan chetda qolib keldi. Jumladan, Khavfsizlik kengashi ham bunga etarlicha etibor bermaganini ochiq aytish kerak. Bu tizimning aniq egasi bulmagan, bu masalalar bilan shugullanadigan bulinmalar goh Ichki ishlar vazirligi, goh Mudofaa vazirligi tasarrufida bulib kelgan. Shu sababli ushbu bulinmalar uz urnini topolmadi. Jamoat tartibi va khavfsizligini saqlash buyicha uquv mashqlari deyarli utkazilmagan. Tezkor vazifalarni bajarish zarur bulgan paytda turli byurokratik tusiqlarga duch kelingan. Natijada tezkor qarorlar uz vaqtida qabul qilinmagan, vazifalar samarali bajarilmagan.
Holbuki, butun dunyoda mamlakat ichida tartib-intizom va jamoat khavfsizligini taminlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki alohida tuzilmalar shugullanadi.
Malumki, bugungi kunda biz «Khavfsiz shahar — khavfsiz mamlakat» konsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini taminlashga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu munosabat bilan mana shu yangi tuzilma, yani, Milliy gvardiya tashkil etildi. Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda khavfsiz hudud loyihasini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi bilan birga Milliy gvardiya masul va javobgar etib belgilanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qumondoni B. Toshmatovga tashkiliy ishlarni tezroq yakunlab, uzining bevosita vazifasi bulgan jamoat tartibi va khavfsizligini saqlash masalasi bilan yaqindan shugullanish topshiriladi. Bundan buyon mamlakatimizda jamoat tartibi va khavfsizligini saqlash masalasiga ichki ishlar vaziri P. Bobojonov va Milliy gvardiya qumondoni B. Toshmatov shakhsan javobgar buladi.
Mudofaa sanoati buyicha davlat qumitasi vazifalari
mamlakatimizdagi barcha turdosh korkhonalarni birlashtirgan Mudofaa sanoati buyicha davlat qumitasining tashkil qilinishi milliy mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish yulidagi birinchi va muhim qadam buldi.
Shuni ochiq tan olish kerakki, tegishli ilmiy va sanoat salohiyatiga ega bulgan holda, biz 25 yil davomida mamlakatning mudofaa-sanoat kompleksini tashkil qilishga umuman etibor qaratmadik. Bu esa, tabiiyki, Qurolli Kuchlarni harbiy tekhnika va qurol-yaroglar bilan taminlash darajasiga salbiy tasir kursatdi.
Masalan, radio aloqa uskunalarini ishlab chiqarish buyicha biz amalga oshirgan loyihani olaylik. Uzingiz guvoh bulganingizdek, uni hayotga joriy etish uchun bor-yugi tuqqiz oy etarli buldi. Bu haqda jiddiy uylab kurish kerak.
Jahon tajribasidan malumki, rivojlangan mudofaa sanoati innovasion va yuqori tekhnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Ishonchim komilki, iqtisodiyotning tulaqonli mudofaa sektorini shakllantirish buyicha biz boshlagan ish yaqin kelajakda milliy armiyamizni qurol-yarog va harbiy tekhnika bilan taminlash bilan birga qushimcha ish urinlari yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikasiya qilish imkonini ham beradi.
Ushbu yunalishda harbiy va ikki khil maqsadda foydalanish mumkin bulgan, import urnini bosadigan, raqobatbardosh va eksportga yunaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni uzlashtirishga qaratilgan kompleks vazifalarni ham hal qilishimiz kerak.
Mamlakatimizda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish buyicha ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Biroq biz ulardan umuman foydalanmayapmiz. Masalan, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hududlarda harbiy khizmatchilar uchun makhsus kiyim-kechaklar, ekipirovka, turli asbob-uskunalar, quruq payoklar ishlab chiqarish, ikki khil maqsadda foydalanish mumkin bulgan mahsulotlarni tayyorlaydigan sekhlarni tashkil qilish buyicha katta imkoniyatlarga ega. Bularning barchasi bizga qushimcha ish urinlari yaratishda juda qul keladi. Prezidentning yaqinda elon qilingan farmoni bilan sizlarga bu borada tegishli vakolatlar berilgan. Sizlar harbiy qushin turlarining talab va ehtiyojlarini urganib, bu yunalishda ishni tugri tashkil etishingiz mumkin-ku!
Endi viloyat hokimlari va okrug rahbarlarining faoliyatiga shu vazifa qanday bajarilayotganiga ham qarab baho beramiz. Biz Mudofaa sanoati buyicha davlat qumitasini Toshkent qishloq khujaligi tekhnikasi zavodi hududida joylashtirish haqida qaror qabul qildik. Nega deganda, mazkur qumitaning boshqaruv apparati bevosita ishlab chiqarish muhitida doimiy faoliyat olib borishi lozim.
Hududlardagi harbiy-mamuriy sektorlar
mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda joylardagi davlat hokimiyati organlarining faolligini va rolini oshirish buyicha ishlar sifat jihatdan butunlay yangi bosqichga kutarildi. «Milliy armiyamiz — bizning iftikhorimiz va gururimiz» tamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va khalqning yakdilligini taminlash maqsadida harbiy-mamuriy sektorlar tashkil etildi.
Barchamiz bir fikrni yakhshi anglab olishimiz kerak: el-yurtimizning tinchligini taminlash maqsadida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va khalqning birdamligiga bogliq.
Afsuski, yoshlarni, umuman, mamlakatimiz aholisini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga Mudofaa vazirligi va boshqa dakhldor idoralar tomonidan etarli ahamiyat berilmagan, desak, haqiqatni aytgan bulamiz. Biz bu borada quyidagi holatlarni hisobga olgan holda, harbiy-mamuriy sektorlar tashkil etish haqida qaror qabul qildik.
Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy zarur tekhnika va jihozlar, qurol-yaroglar bilan taminlash mumkin. Ammo shakhsiy tarkib manaviy jihatdan zaif bulsa, yani, askar va ofiserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun masuliyat bulmasa yoki ularning urtasida beparvolik hukm sursa, bunday holat nihoyatda nokhush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Harbiy kadrlarni tayyorlash muammolari
harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi zamon talablariga tuliq javob bermaydi. Buning sababi — ayrim mansabdor shakhslar, masalaning mohiyati va ahamiyatini etarli darajada tushunmagani bilan bogliq desak, tugri buladi.
Akademiyada uquv jarayonini tashkil qilishda eskicha yondashuvlar hali ham bartaraf etilmagan. Bunday holat bilan murosa qilib bulmaydi. Biz bu masalada doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak bulsa, undan oldinda yurishimiz zarur. Akademiyada va boshqa harbiy uquv yurtlarida zamonaviy shart-sharoitlarni khujakursinga yaratganimiz yuq. Aksincha, kursantlarimiz va tinglovchilarimiz talim sohasida eng ilgor, innovasion bilim va kunikmalarga ega bulishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz.
Bundan tashqari, harbiy qushinlarni zamonaviy tekhnika va qurol-yarog bilan taminlash masalasining dolzarb ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, yuqori malakali ofiser kadrlarni tayyorlashda khorijiy tillar, jumladan, rus tilini urganishga alohida ahamiyat berish darkor.
Shuningdek, avlodlar urtasida uzviylik va ustozlik ananalari yuqolgani ham utkir muammo bulib qolmoqda. Buning sababi, birinchi navbatda, ayrim rahbarlarning uziga urinbosarlar tayyorlash, uzining «issiq joyi»ni yoshlarga bushatib berishni khohlamasligi bilan bogliq. Ular yoshlarning malakasini oshirish va khizmat pillapoyalaridan kutarilishiga ongli ravishda tusiq bulmoqda, desak, buyam haqiqat.
Men etibor qaratmoqchi bulgan yana bir masala, bu — kadrlarimizni khorijiy davlatlarda tayyorlash bilan bogliq. Malumki, biz oshib-toshib ketgan boy davlat emasmiz. Shuning uchun bu masalaga chuqur uylamasdan yondashishga haqqimiz yuq. Bu borada nomzodlarni har tomonlama pukhta saralashimiz va tayyorlashimiz kerak. Toki, ular olgan bilim va tajribalarini keyinchalik amalda qullash va joriy etishga qodir bulsin. Shu bilan birga, yangi bilim va goyalarni yanada keng yoyish maqsadida harbiy uqituvchilarimizni chet ellarda tayyorlash masalasiga katta etibor qaratish zarur.
Bosh vazir A. Aripov, Davlat maslahatchisi R. Qosimov, mudofaa vaziri A. Azizov Akademiya faoliyatini takomillashtirish buyicha ishlarning birinchi bosqichini uz vaqtida va sifatli yakuniga etkazishni, navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, tegishli infratuzilmalarni yaratishni taminlasin.
Milliy gvardiya qumondoni B. Toshmatov Harbiy-tekhnika instituti faoliyatini takomillashtirish buyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni sifatli va tuliq amalga oshirishni taminlasin. Bu jarayonda uzi shakhsan ishtirok etib, mazkur institutni mamlakatimizning eng yakhshi oliy uquv yurtlaridan biriga aylantirishi lozim. Kelgusida armiyamiz uchun yuksak malakali tayyor kadrlar, kerak bulsa, Qurolli Kuchlar qumondonlari darajasidagi nomzodlar zakhirasi aynan mana shu uquv yurtidan etishib chiqishi zarur.
Khorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi. Chet ellik sheriklarimiz bilan harbiy va harbiy-tekhnik hamkorlikni mustahkamlash buyicha 13 ta amaliy harakatlar rejasi yoki «yul kharitasi» amalga oshirilmoqda.
Bu urinda shuni takidlash kerakki, harbiy sohada khalqaro miqyosdagi tadbirlar soni kupayishiga qaramasdan, Mudofaa vazirligi qushinlari faoliyatiga ilgor khorijiy tajribalarni amaliy jihatdan joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda. Orttirilgan tajribani urganish va joriy qilish borasidagi ishlar tizimli asosda olib borilmayapti.
Shu munosabat bilan mudofaa vaziri A. Azizov bu masalaga ham alohida etibor qaratishi zarur. Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog va tekhnikalar bilan taminlash jarayonida harbiy khizmatchilarimizni professional jihatdan shunga mos ravishda tayyorlash hal qiluvchi vazifalardan biri bulib turibdi.
Harbiy khizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish
Mamlakatimizda harbiy khizmatchilarni, ularning oila azolari va fakhriylarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish buyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda kup qavatli uylar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda. Harbiy khizmatchilarni uy-joy bilan taminlash borasida, jumladan, uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilishini kuzda tutadigan yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda.
Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz hududlarida 28 ta ana shunday uy-joy foydalanishga topshirildi, 522 nafar harbiy khizmatchining oilasi zamonaviy, shinam kvartiralar bilan taminlandi.
Yaqin ikki oy ichida yana 720 nafar harbiy khizmatchining oilasi yangi uylarga kuchib utadi. Bu ishlar doimiy asosda davom ettirilib, har yili 1500 nafar Vatan himoyachisining oilasi uy-joy bilan taminlanadi.
Afsuski, bu masalada ham barcha rahbarlar berilgan topshiriqning mano-mohiyati va ahamiyatini tuliq tushunib etmayapti. Natijada ushbu loyihani boshlash hech bir sababsiz bir necha oyga chuzilib ketdi va shakhsan uzim ushbu masala bilan shugullanishimga tugri keldi.
2018 yil uchun rejalashtirilgan uylarni qurish buyicha ishlar bugunoq boshlanishi kerak. Nega deganda, joriy yilda harbiy khizmatchilarning oilalari uchun yurtimizning barcha hududlarida 100 ta kup qavatli uy qurish belgilangan. Bu borada qandaydir bahona yoki sabablarni rukach qilishga hech kimning haqqi yuq, bu masala buyicha talab qattiq buladi.
Dunyodagi khavf-khatarlar
Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda khalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm khavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli tuqnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bulishimiz, Uzbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini taminlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish buyicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur.
Shu munosabat bilan asosiy say-harakatlarimizni quyidagi ustuvor vazifalarga qaratishni goyat muhim, deb hisoblayman.
Birinchidan, mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish va faollashtirish lozim.
Barcha bugindagi hokimiyat organlari rahbarlari qushinlarning kundalik hayotida, harbiy shaharchalar barpo etish va ularning infratuzilmasini yakhshilash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy khizmatchilarda gurur, sadoqat va vatanparvarlik tuygusini, jangovarlik ruhi va istalgan paytda Vatan himoyasiga tayyorgarlikni tarbiyalashda faol ishtirok etishi shart.
Ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqishda asosiy masuliyat Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar keng dunyoqarash va yuksak intellektual darajaga ega bulgan, uz fuqarolik burchini ado etishga masuliyat bilan yondashadigan yoshlarni tarbiyalashga khizmat qilishi darkor.
Shu bilan birga, harbiy khizmatni utab qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, jumladan, ularni ish bilan taminlashga alohida etibor qaratish lozim. Qurolli Kuchlarimiz barcha davlat idoralari, muassasa va korkhonalar uchun etuk kadrlar tayyorlaydigan haqiqiy mardlik va yuksak vatanparvarlik maktabiga aylanishiga erishishimiz zarur.
Harbiy khizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va manaviy-akhloqiy jihatdan tarbiyalashni yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda khalqimizning qadimiy tarikhi, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning harbiy sanatni rivojlantirishga qushgan hissasini chuqur urganish muhim ahamiyatga ega.
Hech shubhasiz, Vatan oldidagi burchini ado etish chogida yurtimiz ozodligi, khalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini taminlash yulida halok bulgan mard va jasur uglonlarimizning aziz khotirasiga ehtirom kursatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.
Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va huquq-tartibot idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ana shunday qahramonlarimizning khotirasini abadiylashtirish, ularning oilasi va yaqinlariga har tomonlama gamkhurlik kursatish va qullab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim.
Uz khizmat burchini bajarish chogida mardlarcha halok bulgan harbiy khizmatchilarimiz jasoratini uluglash, yosh avlod uchun ibrat namunasiga aylantirish maqsadida Bosh vazir A. Aripov, Davlat maslahatchisi Kh. Sultonovga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda shu mavzuga bagishlangan Khotira kitobini yuqori saviyada nashr etish buyicha taklif tayyorlash vazifasi topshiriladi.
Ikkinchidan, harbiy okruglar qushinlarining jangovar tarkibini yanada takomillashtirish, jangovar shayligi va harbiy qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, qushinlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish va optimallashtirish orqali armiyamizning uz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish salohiyatini oshirishimiz zarur.
Uchinchidan, mamlakatimiz khavfsizligini taminlash va tashkiliy-shtat tuzilmalarini takomillashtirish buyicha konseptual hujjatlar yangilangani munosabati bilan Qurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qullashning meyoriy-huquqiy asoslarini qayta kurib chiqish lozim.
Turtinchidan, qushinlarning jangovar va tezkor tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, uquv mashqlari faolligini, ularning samaradorligini oshirish — muhim vazifadir.
Uquv mashgulotlari harbiy bulinmalarni imkon qadar tuliq qamrab olgan va uzaro hamkorlikda harakat qiladigan tuzilmalarni jalb etgan holda utkazilishi lozim. Shu asosda boshqaruv organlari va bulinmalar imkoniyatlari, askardan tortib komandirgacha bulgan har bir harbiy khizmatchining khatti-harakati va jangovar vazifalarni bajarishda qullanayotgan taktikaning maqsadga muvofiqligi va tugri ekanini baholash mumkin buladi.
Beshinchidan, qushinlarning real ehtiyojlarini tizimli ravishda tahlil qilib borish, ularning zamonaviy qurol-yarog va tekhnika bilan taminlanish darajasini oshirish doimo etiborimiz markazida bulishi kerak.
Bu borada Mudofaa vazirligi, Mudofaa sanoati buyicha davlat qumitasi tomonidan 2018?2021 yillarga muljallangan qushinlarni modernizasiya qilish va zamonaviy qurol-yarog va harbiy tekhnika bilan taminlash buyicha kompleks dasturni tuliq amalga oshirish lozim.
Oltinchidan, harbiy khizmatchilarning ijtimoiy taminot tizimini yanada takomillashtirish biz uchun eng muhim vazifa bulib qoladi. Bu borada 2020 yilgacha muljallangan Qurolli Kuchlarni ijtimoiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish buyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish dolzarb ahamiyatga egadir.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.