Prezident khususiy tibbiyotning sust rivojlanayotganidan norozi — ozbekiston

Prezident khususiy tibbiyotning sust rivojlanayotganidan norozi — ozbekiston

Prezident khususiy tibbiyotning sust rivojlanayotganidan norozi — o’zbekiston

6 iyul kuni Toshkentda Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sogliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bulib utdi, deb khabar qildi UzA.
Yigilishda patronaj ishlari talab darajasida emasligiga urgu berildi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga patronaj khizmatining mazmun-mohiyati va asosiy vazifalari aniq belgilab quyiladigan alohida Nizom tayyorlash vazifasi topshirildi.
«Biz endi tibbiyot muassasasi, jumladan, patronaj khizmatining faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita uzi kholis baho beradigan tizim yaratishimiz kerak», dedi davlat rahbari.
Yigilishda yana bir dolzarb muammo — mintaqa va hududlarda shifokor kadrlar etishmovchiligi bilan bogliq masala ham muhokama qilinib, vaziyatni ijobiy tomonga uzgartirish maqsadida tibbiyot khodimlari uchun zarur sharoitlar yaratish, jumladan, ularni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar, istemol kreditlari bilan taminlash buyicha alohida dastur ishlab chiqish haqida kursatma berildi.
Yigilishda yana bir ustuvor yunalish — respublikada sogliqni saqlash tizimining khususiy sektorini rivojlantirishning mavjud holati atroflicha muhokama qilindi. Bu borada davlat rahbarining joriy yil 1 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan khususiy tibbiyot muassasasalari faoliyatiga cheklovlar bekor qilinib, qator imtiyozlar berilgani, ular uchun barcha turdagi yuqori tekhnologik operasiyalarni amalga oshirishga rukhsat etilgani takidlandi. Lekin yaratib berilgan katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu borada sustkashlikka yul quyilayotgani tanqidiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilindi. Bu masalada, ayniqsa, Sirdaryo, Jizzakh, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogistonda jiddiy kamchiliklar mavjudligi kursatib utildi.
Mahalliy hokimliklar khususiy tibbiyot sohasiga sarmoya jalb qilish masalasiga, yangi muassasa tashkil etmoqchi bulgan tadbirkorlarga etarli darajada etibor bermayotgani bilan bogliq kamchiliklar tanqid qilinib, sogliqni saqlash tizimida khususiy sektorni rivojlantirish yuzasidan tegishli topshiriq va kursatmalar berildi. Jumladan, shu borada «Asakabank» qoshida Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamgarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq, deb topildi va davlat rahbarining kursatmasiga binoan qushimcha moliyaviy manbalar hisobidan ushbu jamgarmaga 14 million AQSh dollari miqdorida mablag ajratildi.
Yigilishda sogliqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, ayniqsa, khususiy tibbiyot tarmogini kengaytirish buyicha ishlarning ahvoli uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shakhsan masul ekani va har chorakda Prezidentga hisobot berishi alohida takidlandi.
Ayni vaqtda khorijiy mamlakatlardan yuqori malakali shifokor mutakhassislarni Uzbekistonga taklif etib, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish buyicha chora-tadbirlar kurish zarurligi haqida topshiriqlar berildi.
Yigilishda olib borilayotgan doimiy monitoring ishlari dori-darmon taminoti va narkhi masalasida ham hanuzgacha jiddiy muammolar borligini kursatayotgani aniq misollar asosida qayd etildi. Mutasaddi tashkilotlarga narkhlari cheklangan dori vositalari ishlab chiqarish, ularning dorikhonalarda doimo mavjud bulishi va resept asosida berilishini taminlash kabi tadbirlar mekhanizmini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Yigilishda tegishli vazirlik va idoralar, kompaniyalar va khujalik birlashmalarining rahbarlari, bir qator viloyat va tumanlar hokimlarining akhborotlari tinglandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.