Prezident kumir briketi ishlab chiqaruvchi yangi zavod bilan tanishdi — ozbekiston

Prezident kumir briketi ishlab chiqaruvchi yangi zavod bilan tanishdi — ozbekiston

Prezident kumir briketi ishlab chiqaruvchi yangi zavod bilan tanishdi — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pop tumanidagi «Uzbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Kumir briketi ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi, deb khabar qildi UzA.
Qiymati 7 million dollar bulgan mazkur loyiha natijasida yiliga 500 ming tonna kumir briketi ishlab chiqariladi. Korkhonada 160 ish urni yaratildi.
Prezident briket ishlab chiqarish jarayonini kuzdan kechirdi. Mahsulotning narkhi, samaradorligi bilan qiziqdi. Zavodda kumir kukuni zamonaviy tekhnologiya asosida qayta ishlanib, quvvati yuqori moddalar bilan boyitiladi, hid va zararli gazlardan tozalanadi, tashish uchun qulay qilib qadoqlanadi.
Zavod mahsulotlarini mamlakat hududlariga tarqatish punktlari tashkil etish, briket va uni yoqishga mos pechlarni aholiga etkazib berish, buning uchun imtiyozli kreditlar ajratish kerakligi takidlandi.
Bu erda «Uzqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi muljallangan loyihalar taqdimoti ham utkazildi. Namangan viloyatida 2017?2018 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga 200 mln dollarlik investisiya yunaltirilmoqda.
Pop tumanida sement, shifer, asbest quvurlar, beton va yarim sintetik moylash materiallari, Kosonsoy va Yangiqurgon tumanlarida sement, Namangan shahrida keramik plita va santekhnika mahsulotlari, Pop, Turaqurgon, Uychi, Yangiqurgon tumanlarida pishiq gisht, Chust tumanida pardozlash toshlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari taqdimoti utkazildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.