Prezident mamuriy tartib-taomillar tugrisida — ozbekiston
Prezident mamuriy tartib-taomillar tugrisida — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 yanvar kuni «Mamuriy tartib-taomillar tugrisida»gi qonunni imzoladi. Ushbu qonun 14 dekabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 20 dekabrda Senat tasdigidan utgan edi.
Bir yildan sung kuchga kiruvchi ushbu qonun mamuriy organlarning manfaatdor shakhslarga nisbatan mamuriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan lisenziya, rukhsat berish, ruykhatdan utkazish tartib-taomillariga, davlat khizmatlarini kursatish bilan bogliq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mamuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy tulovlarni undirish, davlat khizmatini utash, referendumlar, saylovlar utkazish, mudofaa, jamoat khavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qullash bilan bogliq bulgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, mamuriy huquqbuzarliklar tugrisidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qullanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mamuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, mamuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shakhslar huquqlarining ustunligi, byurokratik rasmiyatchilikka yul quyilmasligi, mazmunan qamrab olish, mamuriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik, ishonchning himoya qilinishi, mamuriy ikhtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi va tekshirish kabilardan iborat.
Qonunga kura, manfaatdor shakhslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tugdirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash mamuriy organlarga taqiqlanadi.
Qonunda makhsus mamuriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shakhslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi belgilangan.
Qonunga muvofiq, mamuriy organlar mamuriy ish yuritishni qonun hujjatlarida uz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.
Комментарии 0