Prezident milliy kinematografiyani rivojlantirish dasturini qabul qildi — ozbekiston

Prezident milliy kinematografiyani rivojlantirish dasturini qabul qildi — ozbekiston

Prezident milliy kinematografiyani rivojlantirish dasturini qabul qildi — o’zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev qarori bilan milliy kinematografiyani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Bu haqda UzA khabar qildi.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat kino sanati bir asrdan ziyod tarikhga ega bulib, uziga khos taraqqiyot yulini bosib utdi. Biroq bugun jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, mamlakatni modernizasiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatorida kino sanati faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etmoqda.
«Kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino ishlab chiqaradigan etakchi korkhonalar, jumladan «Uzbekfilm», «Qoraqalpoqfilm» hamda «Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar» kinostudiyalarining moddiy-tekhnika bazasi jismoniy va manaviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalashtirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar etishmasligi soha rivojiga salbiy tasir kursatmoqda», — deyiladi qarorda.
Qaror bilan «Uzbekkino» Milliy agentligi markaziy apparati va uning hududiy bulinmalari (jumladan «Qoraqalpoqfilm»), shuningdek «Uzbekkino» qoshida tashkil etilgan Kino arboblari ijodiy uyushmasining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.
«Uzbekkino» Milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz kursatkichlari belgilandi:
2018 yilda — 20 ta, 2020 yildan boshlab — 30 tadan tuliq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish; 2018 yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019 yilda — 50 qismdan iborat 25 ta va 2020 yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, uquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish; multiplikasion filmlarni 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish; yosh kino ijodkorlarning 10 soatdan iborat qisqa metrajli filmlari, bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish; davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish; milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavrasiya qilish va zamonaviy formatga utkazish.
YOsh kino ijodkorlarni qullab-quvvatlash maqsadida «Uzbekkino» huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgarmasi tashkil etildi.
Qaror bilan kinofilmlar namoyishini samarali tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlarga madaniy khizmat kursatish uchun sharoit yaratish maqsadida mamlakatidagi mavjud yoshlar markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, lisey va kollejlarning binolaridan foydalangan holda, «Uzbekkino» Milliy agentligi huzurida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda tarkibida kichik kinostudiyalari va zamonaviy formatdagi kinozallari bulgan mintaqaviy madaniy-kungilochar komplekslar ochiq tasdiqlandi.
Kelgusi yildan boshlab kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida «Uzbekkino» Milliy agentligi qoshida atoqli kino ijodkorlar dars beradigan malaka oshirish kurslari va «Mahorat maktablari» tashkil etiladi. Bundan tashqari, yosh, istedodli va istiqbolli kino ijodkorlari malakasini oshirish maqsadida ularning tegishli etakchi khorijiy talim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishiga zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
«Respublika kinofondi» davlat unitar korkhonasi 2020 yil 1 yanvardan boshlab uzini uzi moliyalashtirishga utadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.