Prezident qarshidagi tuqimachilik korkhonasiga tashrif buyurdi — ozbekiston

Prezident qarshidagi tuqimachilik korkhonasiga tashrif buyurdi — ozbekiston

Prezident qarshidagi tuqimachilik korkhonasiga tashrif buyurdi — o’zbekiston

Qashqadaryo viloyatiga safar qilgan prezident Shavkat Mirziyoev Qarshi shahridagi «Sulton tekh group» korkhonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot khizmati khabar berdi.
Mazkur loyiha Uzbekiston Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan dasturdan urin olgan bulib, davlat rahbarining viloyatga avvalgi tashrifi chogida bajarilayotgan ishlar haqida malumot berilgan edi.
Qisqa vaqtda sobiq pakhta zavodiga qarashli qarovsiz erda zamonaviy korkhona barpo etildi. Shveysariya va Yaponiyadan eng sunggi rusumdagi tozalash, yigirish va urash uskunalari keltirib urnatildi. Birinchi bosqichda ip-kalava ishlab chiqarish yulga quyildi. 300 ga yaqin odam ish bilan taminlandi.
Joriy yilning utgan davrida 12 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot Polsha, Turkiya, Eron, Misr kabi unga yaqin mamlakatga eksport qilinib, 50 milliard sumlik mahsulot ichki bozorga etkazib berildi.
Korkhonada tolani tozalashdan tortib, urashgacha bulgan barcha jarayon avtomatik tarzda boshqariladi. Bu erdagi laboratoriyada tola va ip sifati nazorat qilib boriladi.
Davlat rahbari ushbu laboratoriyani ham kuzdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashdi.
Prezidentning tashrifi chogida loyihaning ikkinchi bosqichi — yiliga 3 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega tuquv fabrikasi faoliyatiga start berildi.
Umumiy qiymati 53 million AQSh dollaridan ziyod bulgan korkhonaning navbatdagi bosqichlarida mato tuqish, uni buyash, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Jumladan, tikuv mahsulotlari va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish fabrikasi 2019 yil yanvar oyida ishga tushiriladi. Ushbu loyihaning qiymati 3 million dollardan iborat bulib, ishlab chiqarish uskunalari Evropaning ilgor tekhnologiyalaridan iborat. Fabrika ishga tushishi natijasida 700 ga yaqin yangi ish urni yaratilib, yiliga 9 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.
Etiborli jihati, bugungi kunda korkhonada eng samarali iqtisodiy tizim bulgan pakhta-tuqimachilik klasteri tashkil qilingan bulib, buning uchun Qarshi tumani hududidan 10 ming gektar er maydoni ajratilgan. Yani, pakhta etishtirishdan boshlab, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot qilib sotishgacha bulgan jarayon ushbu korkhonaning uzida amalga oshiriladi. Bu orqali mahsulot tannarkhini arzonlashtirish va sifatini oshirishga erishiladi.
Shavkat Mirziyoev korkhonaning keyingi bosqichlarini ham tezroq ishga tushirish, tayyor mahsulot turlarini va eksport geografiyasi yanada kengaytirish, pakhta-tuqimachilik klasterini takomillashtirish buyicha kursatmalar berdi.
Shu erda Singapurning «Indorama» kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida pakhta tuqimachilik klasterlari tashkil etish, mamlakatimizning Polsha, Eron Islom Respublikasi, Buyuk Britaniyadagi elchikhonalari tomonidan Qashqadaryo viloyatiga khorijiy investisiyalarni jalb etish, qishloq khujaligi, sanoat, khizmat kursatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan rejalar taqdimoti utkazildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.