Prezident samarqandga tashrif buyurdi — ozbekiston

Prezident samarqandga tashrif buyurdi — ozbekiston

Prezident samarqandga tashrif buyurdi — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 avgust kuni Samarqandga keldi. Davlat rahbari viloyatga tashrifini Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi, deya khabar qildi UzA.
Shavkat Mirziyoev Islom Karimov qabriga gul quydi. Quron tilovat qilindi.
Prezident bu erda amalga oshirilayotgan ishlarni kuzdan kechirdi.
Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «Uzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning khotirasini abadiylashtirish tugrisida»gi qaroriga muvofiq Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.
Maqbara marmar va granitdan bunyod etilgan, Quron oyatlari bilan bezatilgan. Ayvon peshtoqlariga Islom Karimovning hikmatli suzlari uzbek, ingliz va arab tillarida bitilgan. Majmua atrofi kengaytirilib, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Khizr masjidi bilan uygunlik kasb etgan.
Shavkat Mirziyoev majmuadagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini yakuniga etkazish, ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yakhshilash, qabristonni obod qilish buyicha tavsiyalar berdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.