Prezident sharq taronalari festivali ishtirokchilarini muborakbod etdi — ozbekiston
Prezident sharq taronalari festivali ishtirokchilarini muborakbod etdi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqandda «Sharq taronalari» khalqaro musiqa festivali ochilishi munosabati bilan tantanali nutq suzladi, deb khabar qildi davlat rahbari matbuot khizmati.
Prezident festival ishtirokchilarini qutlar ekan, musiqa sanatining bugungi dunyodagi ahamiyatini takidlab utdi. «Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi uta murakkab zamonda millati, tili va dini turlicha bulgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz dust qiladigan, ular urtasida hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan musiqa sanatining urni va tasiri tobora ortib bormoqda», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Davlat rahbari shu manoda, «Sharq taronalari» khalqaro musiqa festivalining bu yilgi anjumani alohida mazmun va ahamiyatga ega bulib, u festival tashkil etilganiga yigirma yil tulgan tarikhiy bir sanada utkazilayotganini takidladi.
«Bugungi quvonchli ayyomda mana shu khalqaro anjumanga asos solgan, uning jahon miqyosida munosib obru-etibor qozonishi uchun ulkan hissa qushgan insonlarni, ularning unutilmas khizmatlarini chuqur minnatdorlik bilan etirof etamiz. Bu haqda gapirganda, avvalo, atoqli siyosat va davlat arbobi, Uzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abduganievich Karimovning aziz khotirasini hurmat-ehtirom bilan yodga olamiz. Islom Abduganievich uzi tugilib usgan Samarqand shahrini, uning yuragi bulgan qadimiy Registon maydonini qanchalik buyuk muhabbat bilan sevsa, «Sharq taronalari» festivalini ham shunchalik sevar, qadrlar edilar», — deya qayd etdi u.
Shavkat Mirziyoev «Sharq taronalari» musiqa festivali uzining betakror ruhi va qiyofasi, khalqlar urtasida dustlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa sanati ananalarini asrash, madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari bilan qisqa muddatda yuksak darajaga erishganini malum qildi.
Agar 1997 yilda, dastlabki musiqa bayramida dunyoning 31 ta davlatidan 57 nafar sanatkor qatnashgan bulsa, bu yil 58 ta mamlakatdan 241 nafar mohir khonanda va sozanda ishtirok etmoqda.
Festivalda BMT bosh kotibining urinbosari, Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Talib Rifai, Evropada Khavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlamentlar assambleyasi raisi Kristin Muttonen, Islom hamkorlik tashkilotining talim, fan va madaniyat masalalari buyicha tuzilmasi — AYSESKO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjri janoblari kabi yuqori martabali mehmonlarimiz ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Islom tarikhi, madaniyati va sanatini urganish buyicha khalqaro markaz — IRSIKA bosh direktori Khalit Eren, Khalqaro folklor sanati tashkilotining Osiyo mintaqasi buyicha Bosh kotibi Mun Khyun Suk, MDH Ijroiya qumitasi raisi Sergey Lebedev, Rossiya Prezidentining khalqaro madaniy hamkorlik buyicha makhsus vakili Mikhail Efimovich Shvidkoy, AQSh va Kanadadagi bukhorolik yahudiylar kongressi prezidenti Boris Qandov va boshqalar festival ochilish marosimida hozir buldi.
Комментарии 0