Prezident surxondaryolik oksokolga captiva avtomobilini sovga kildi — ozbekiston

Prezident surxondaryolik ok’sok’olga captiva avtomobilini sovg’a k’ildi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 84 yoshli ok’sok’ol Shodi bobo Xo’shbok’ovga Captiva avtomobilini sovg’a k’ildi, deb xabar berdi O’zA. Davlat rahbari 10?11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga safari davomida uning xonadoniga tashrif buyurgan edi.
«Davlatimiz rahbari bilan oilamizning kundalik turmushi, mahallamiz hayoti, farzandu nabiralar tarbiyasi, o’k’ishi, ishi, dehk’onchilik sirlari, yurtimizda yuz berayotgan o’zgarishlar, xullas, hamma narsa hak’ida gaplashdik, — dedi ok’sok’ol. — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomork’amizga k’arab turib, Surxondaryoni yaxshi bilaman, tuprog’i unumdor, mo’l hosil olish uchun juda k’ulay, dedilar».
Shodi bobo Xo’shbok’ov va uning oilasi tomork’asida ertaki kartoshka, pomidor, poliz mahsulotlari va ko’katlar etishtirib, yiliga uch marta hosil oladi. O’tgan yili otaxon kartoshkadan 25 million so’mdan ortik’ daromad oldi.
«Bir dona kartoshkamiz 800 grammgacha tosh bosadi, — deydi Shodi boboning o’g’li Shokir Xo’shbok’ov. — Ko’pchilik buning siri nimada, deb so’raydi. Otam bizga mo’l hosil olish uchun erni ekishga obdon tayyorlash, k’ishda k’o’yning chirigan k’iyi bilan ozik’lantirish, yaxshi urug’ tanlashni o’rgatgan».
Ok’sok’ol Prezidentga sovg’a uchun minnatdorchilik bildirib, bundan faxrlanishini ta’kidlab o’tdi.
Комментарии 0