Prezident toshkentdagi mahalliy kozonxonalar loyihalari bilan tanishdi — ozbekiston

Prezident toshkentdagi mahalliy kozonxonalar loyihalari bilan tanishdi — ozbekiston

Prezident toshkentdagi mahalliy k’ozonxonalar loyihalari bilan tanishdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoev 6 may kuni Toshkent markazidagi Oybek ko’chasida ko’p k’avatli uylardagi energiya tejamkor mahalliy k’ozonxonalar loyihalari bilan tanishdi. Bu hak’da O’zA xabar k’ildi.
Davlat rahbarining 20 apreldagi k’arori bilan tasdik’langan 2018?2022 yillarda issik’lik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturiga muvofik’, joriy yilda poytaxtda 211, jumladan, ko’p k’avatli uylar tom k’ismida 134, mavzelar hududida 77 k’ozonxona k’uriladi. Ushbu mak’sadlar uchun sarflanadigan 170 milliard so’m mablag’ tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oybek ko’chasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan k’ozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. K’ozonxonada soatiga 416 kilovatt issik’lik energiyasi ishlab chik’ariladi. Loyiha k’iymati 460 million so’m bo’lib, xarajatlar «Toshissik’k’uvvati» ishlab chik’arish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan k’oplangan. Uy yuk’orisidagi texnik k’avatda k’ozonxona, tomda k’uyosh kollektorlari o’rnatilgan.
«Kommunal sohani yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun k’uyosh energiyasi asosida ishlaydigan issik’lik energiyasi tizimiga o’tishni hayotning o’zi tak’ozo etmok’da, — dedi Prezident. — Toshkent shahrida kelgusi uch yilga mo’ljallangan alohida tizim ishlab chik’iladi. Bu tizim k’uyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlarni issik’ suv va energiya bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat k’iladi».
Shavkat Mirziyoev geliok’urilmalar ishlab chik’aruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari bilan ham tanishdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.