Prezident v b aksh davlat kotibi yordamchisini kabul kildi — ozbekiston
Prezident v. b. aksh davlat kotibi yordamchisini kabul kildi — o’zbekiston
Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 29 oktyabr kuni AKSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennonni kabul kildi, xabar bermokda OzA.
Shavkat Mirziyoev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy kutlab, Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Ozbekiston xalkiga chukur hamdardlik izhor etgani va kollab-kuvvatlagani uchun AKSh Prezidenti Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerriga samimiy minnatdorlik bildirdi. AKSh delegasiyasi 28 oktyabr kuni Samarkandda bolib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinchi Prezidentimiz xotirasiga va xalkimizga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.
Suhbat davomida tomonlar Ozbekiston-AKSh munosabatlari ozaro hurmat va ishonch, bir-birining manfaatlarini inobatga olish tamoyillari asosida izchil, muvaffakiyatli rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini ta’kidladilar.
Tomonlar savdo, sarmoya va yukori texnologiyalar sohalaridagi ozaro manfaatli hamkorlikka yuksak baho berdilar. Bugungi kunda Ozbekistonda AKShning General Motors, Boeing, General Electric, Honeywell, Hyatt, Hilton kabi koplab etakchi kompaniyalari samarali faoliyat yuritmokda. Amerika-Ozbekiston savdo palatasining anik maksadli faoliyati keng mikyosdagi iktisodiy alokalarni rivojlantirish va kengaytirishga xizmat kilmokda.
Suhbat chogida Ozbekiston va Amerika Koshma Shtatlari mamlakatlarimizning uzok muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istikbolli yonalishlarda sheriklik va hamkorlikni izchil mustahkamlab, kengaytirib borish uchun zarur imkoniyat va salohiyatga ega ekani kayd etildi.
AKSh delegasiyasi rahbari Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli sosial-iktisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, fukarolik jamiyati asoslarini va demokratik kadriyatlarni mustahkamlashga karatilgan ulkan ozgarishlarning yorkin natijalarini yuksak baholadi.
Tomas Shennon yurtimizga tashrifi asnosida ozbek xalki boy tarixiy-madaniy va ma’naviy merosga ega ekaniga yana bir bor amin bolganini alohida kayd etdi.
YOshlar, turli diniy konfessiyalar va keng jamoatchilik vakillari bilan ochik va samimiy suhbatlar, ularning ertangi kunga ishonchi, intiluvchanligi, kat’iyati va gayrat-shijoati mehmonda katta taassurot koldirdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bagrikenglik muhiti dikkatga molik ekani alohida ta’kidlandi.
AKSh Davlat kotibining orinbosari Ozbekiston milliy paralimpiya assosiasiyasiga ham tashrif buyurib, Rio-de-Janeyro shahrida bolib otgan XV yozgi Paralimpiya oyinlarida yuksak natijalarni kolga kiritgan sportchilarimizni tabrikladi.
Tomas Shennon samimiy kabul uchun Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi va AKSh rahbariyati Ozbekiston bilan serkirra munosabatlarni izchil va barkaror rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Suhbat davomida ikki va kop tomonlama ahamiyatga ega boshka dolzarb masalalar ham korib chikildi.
Комментарии 0