Profilaktika inspektorlariga kvartira va mashinalar kalitlari topshirildi — ozbekiston

Profilaktika inspektorlariga kvartira va mashinalar kalitlari topshirildi — o’zbekiston
Toshkent shahrida khizmat olib borayotgan 150 nafar tayanch punkti profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyodi hamda ularga khizmat uylari va shakhsiy avtomashinalarini tantanali ravishda topshirish marosimi bulib utdi. Bu haqda Toshkent IIBB sayti malum qildi.
Bunday tadbir Uzbekistonda birinchi marotaba utkazildi. Unda Senat raisi, Prezident Davlat maslahatchilari, bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlari, Toshkent hokimi, «Mahalla» va «Nuroniy» jamgarmalari raislari, poytakht tumanlari hokimlari va prokurorlari, shuningdek profilaktika inspektorlarining ota-onalari va yaqin qarindoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
10 aprel kuni Uzbekiston Prezidenti «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taminlashda ularning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmonini imzolagan edi. 20 aprel kuni esa davlat rahbari profilaktika inspektorlarini khizmat vazifasini bajarayotgan hududda khizmat uylari bilan taminlash dasturini tasdiqladi. 2018 yil sungiga qadar mamlakatning barcha hududlarida 1327 ta khizmat kvartirasi va 3829 ta khizmat uylari taqdim etiladi.
Комментарии 0