Putin samarkand buxoro va xorazmga keladi — ozbekiston

Putin samarkand buxoro va xorazmga keladi — ozbekiston

Putin samark’and, buxoro va xorazmga keladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya rahbari Vladimir Putinni O’zbekistonga taklif k’ildi. O’zbekiston rahbari uchrashuv yakunida kelgusi yilda Samark’and, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tashrif buyurishga taklif etgan. Shu shaharlardan birida kelgusi yili O’zbekiston va Rossiya davlat rahbarlari ishtirokida yirik investision forum o’tkazilishi mumkin.
«Biz bugun hurmatli Vladimir Vladimirovich bilan Rossiya hamda O’zbekistonda biznes-forumlar tashkil etishga kelishib oldik. Men Vladimir Vladimirovichni keyingi yili Buxoro, Xorazm va Samark’and viloyatlariga taklif etaman, O’zbekistonda yirik biznes-forum tashkil k’ilamiz. Bizda gaplashib oladigan gaplar bor», — degan O’zbekiston rahbari.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Shavkat Mirziyoevning taklifi k’abul k’ilingani hak’ida ma’lum k’ilgan.
«Taklif mamnuniyat bilan k’abul k’ilindi. Tashrif kunlari diplomatik kanallar ork’ali kelishiladi», — deyilgan xabarda.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4 aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga kelgan edi.
Avvalrok’ Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko’rib chik’ishgani hak’ida xabar bergandik.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.