Qanday duo qilish kerak — ozbekiston

Qanday duo qilish kerak — o’zbekiston

Ayrimlar: “Duo qilaveramiz, birortasining qabul bulganini sezmadik!” deb yozgirishadi. Akhir, qonun-qoidasiga muvofiq yozilmagan oddiy ariza ham qabul qilinmas ekan, shartlariga rioya etilmagan duo qanday qabul bulsin?! YOshlanmagan kuz, qizarmagan yuz, qalbdan chiqmagan ming bir suz bilan qilingan duolar qanday ham ijobat bulsin huzuri Ilohiyda?
Kupchilik odamlarning duolari khuddi maktubsiz khatjildga ukhshaydi. Jildi bor-u, ichida khat yuq. Buni boshqachasiga ifodalasak, jasad bor-u, ruh yuq, pusti bor-u, magzi yuq, niqob bor-u, yuz yuq.
Oddiy bandadan biror narsa surashning uziga khos yuli, odobi bulgani holda, olamlar Parvardigoridan surashning odobi bulmasinmi? Duo insonning uz ojizligini etirof etishidir.
Duo agar ilohiy nusrat bulmasa, odamning uzi, hech narsa qilolmasligini bilishidir. Duo bandaning borligi bitta yurakka aylanib, ilohiy Dargohga yukunishidir.
Duo bor kuchini, butun imkoniyatini ishga solib ham maqsadiga etolmasligini bilgan odamning Parvardigoridan madad surab, qilgan nidosidir.
Buni tushungan odam, bola onasidan bir nimani qatiy turib suraganidek, qatiyat bilan duo qiladi. Ilohiy Dargohga qul chuzib, khuddi Fotiha surasini har kuni un marta uqigani kabi qayta-qayta iltijo etdi…
Shunda metin qalblar ham yumshaydi, toshdan suv sizgani kabi, ulardan ojizlik “oh”lari sizib, yuksaladi. Hech kutmagan joyingizdan Egam najot eshiklarini ochadi. Shoir aytganidek:
Sur, chiqar agyorni dildan, Haq tajalliy aylasin,
Podishoh kirmas saroyga khona mamur ulmasa.
Hirsu havas dengiziga garq bulgan, dunyo matolariga muhabbatni uziga jo qilgan yurakka nazar qilarmikin U?
Toif safaridan qaytar ekanlar Muhammad paygambarimiz rejalari puchga chiqib, ilojsiz qolganlarida, gumrohlar otgan toshlardan pokiza vujudlari qonga belanib, horib-charchab, bir devor panasiga chukdilar. Aqlning chorasi qolmagan paytda, kamsitilgan, horgin va gamnok holda muhabbatullohning mushfiq bagriga tashladilar uzlarini. Keyin muborak dudoqlardan paygambarlik davrining burilish nuqtasi bulgan duo otilib chiqdi:
“Ilohim! Madorim tugaganini, chorasiz qolganimni va odamlar orasida khor bulganimni faqat Uzingga arz qilurman… Ey rahmlilarning eng marhamatlisi! Sen mening Parvardigorimsan, ezilganlarning madadkorisan. Meni kimlarning ikhtiyoriga tashlab quyding? Menga gaddorlik qilganlarning quligami?..
…Mayli, Sen mendan gazablanmasang bulgani, boshqasiga parvo qilmayman. Ammo marhamatingdan umidvorman. Sening nuringga yukunaman, zulmatlarni yoritguvchi nuringga…
Menga gazabing etmasligi va qahring tushmasligini surayman. Senga siginaman, mendan rozi bulsang, bas. Barcha kuch-qudrat Sendadir, yolgiz Uzingda!..” (Ibn Hishom, “Siyra”).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.