Radiochastotalarning kayta taksimoti operatorlar va regulyator izohlari — ozbekiston

Radiochastotalarning kayta taksimoti operatorlar va regulyator izohlari — ozbekiston

Radiochastotalarning k’ayta tak’simoti: operatorlar va regulyator izohlari — o’zbekiston

O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Unitel (Beeline), Coscom (Ucell), Uzmobile va Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatorlari vakillari radiochastota polosalarini k’ayta tak’simlash to’g’risidagi k’arorga o’z izohlarini berishdi. Eslatib o’tamiz, Radiochastotalar bo’yicha Respublika kengashining 31 martdagi k’arori bilan 900 / 1800 MGs diapazondagi polosalar to’rtta operator o’rtasida teng tak’simlanadiganbo’ldi.
Chorshanba kuni Xalk’aro press-klubda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri v. b. Sherzod Shermatov (suratda — markazda) mazkur choralar mobil alok’a sohasida rak’obat muhitini kengaytirish va kuchaytirish, shu jumladan LTE (4G) standarti xizmatlarini ko’rsatishda operatorlar uchun teng imkoniyatlarni tak’dim etishga k’aratilganini ta’kidlab o’tdi.
«O’zbekiston aholi punktlarining 1 foizigina LTE bilan k’oplangan paytda nima k’ilish kerak? Rak’obat muhitini kuchaytirish lozim. Sodda k’ilib aytganda, oldingizda keng yo’l, sizda esa uchinchi avlodga mansub uncha katta bo’lmagan yuk bor, birok’ kimdir yo’lning ma’lum k’ismini egallab olgan. Ork’adan to’rtinchi avlod operatorlari kelmok’da. Birok’ siz ularga yo’l bermaysiz. Agarda barcha yo’llar ochik’ bo’lsa, yaxshi yuki bo’lgan barcha yura oladi», — dedi vazir v. b.
Beeline kompaniyasining tashk’i alok’alar va kommunikasiya bo’yicha direktori va Buzton K’K bosh direktori Oraz Abdurazakov k’abul k’ilingan k’arorga nisbatan o’z xavotirini bildirdi. Kompaniya fikricha, bu xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
«Modomiki biz chastotalarning eng katta to’plamiga ega ekanmiz, spekr bizdan boshk’a uch kompaniya foydasiga k’ayta tak’simlanadi. Ham kompaniya ichidagi, ham bosh k’arorgohdagi mutaxassislarimizda k’ator savollar vujudga keldi. Ular mazkur vaziyat xizmat sifati va darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi uchun 9,5 mln abonentlar masalasida xavotirlarimizga asos bo’lmok’da», — dedi u.
K’arorni muhokama k’ilish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida ishchi guruhi tashkil etilgan. Vazir o’rinbosari Umidjon A’lamov rahbarligidagi birinchi yig’ilish 16 may kuni bo’lib o’tdi, navbatdagisi 18 mayga belgilangan.
«Mazkur guruh doirasida biz yo’l xaritasi: buni k’anday amalga oshirishni muhokama k’ilamiz. Ehtimol bu viloyatdan viloyatga geografik o’tish ork’ali bo’lar, balki vak’t etishmas, birok’ regulyator olg’a intilish va o’z muddatida murosaga erishishga tayyor. Ertaga biz yig’ilamiz va barcha to’rt operator o’z takliflarini tak’dim etadi», — dedi Oraz Abdurazakov.
Ucell kompaniyasining korporativ kommunikasiyalar bo’yicha etakchi mutaxassisi Kamola Ikromova Respublika kengashining k’arori aholi punktlariga tarmok’ni olib borishda har bir mobil operatoriga yangi imkoniyatlar tak’dim etishini ta’kidlab o’tdi: «Albatta, bu bizning har bir uy, har bir oilaga kirib borishimiz uchun yangi imkoniyat. Shuning uchun biz o’z takliflarimizni tayyorlaymiz. YAk’in kunlarda kompaniyamiz ularni e’lon k’iladi».
Universal Mobile Systems bosh direktori Srajiddin Faxrutdinov kompaniyaning radiochastota polosalarini k’ayta tak’simlashga texnik jihatdan tayyor ekanini ta’kidladi: «Kompaniyamizda tegishli ishlar olib borilmok’da. Radiochastotalar polosalarini k’ayta tak’simlashga texnik jihatdan tayyormiz, biz ish hajmini k’o’shimcha kapital xarajatlarsiz to’rt barobarga oshira olamiz. K’ayta tak’simotdan so’ng biz viloyatlarda ham LTE standartlarini joriy eta olamiz», — dedi u.
Uzmobile direktori Vladimir Kravchenko ham k’aror operatorlarga mamlakatning barcha hududlarini 4G standarti bilan k’amrab olish uchun yangi imkoniyatlar berishini ta’kidlab o’tdi. «Bu rak’obat uchun katta turtki beradi. Albatta, ayrim kompaniyalarga bu salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, birok’ to’g’ri tushunish lozimki, mazkur choralar rak’obatni rivojlantirish, mobil alok’a sohasini rivojlantirishga k’aratilgan», — deya k’ayd etib o’tdi u.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.