Radu rogak dinamoda yanada osishga erishaman — ozbekiston
Radu rogak: «dinamo»da yanada o’sishga erishaman» — o’zbekiston
Oliy Liga yangi mavsumi boshlanishidan oldin «Dinamo» jamoasi safiga moldovalik yosh himoyachi Radu Rogak kelib k’o’shildi. 21 yoshli Moldova yoshlar terma jamoasi a’zosi «Dinamo»ning K’ozog’istonning «Kaspiy» klubiga k’arshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, yagona goli bilan Samark’and klubiga g’alaba keltirdi. Jamoa bilan shartnoma imzolagan legioner futbolchi bilan suhbatda bo’ldik.
— Radu, dastlab futbolga kirib kelishingiz hak’ida gapirib bersangiz…
— 1995 yil Moldovaning Belsi shahrida tavallud topganman va futbolga ilk k’adamlarni ham aynan shu erda k’o’yganman. Shahrimizning «Zarya» klubi akadamiyasida tahsil olib, 16 yoshimda ushbu klub a’zosiga aylandim. «Zarya» bilan birga Moldova chempionatida uchinchi o’rinni oldim, k’olaversa Moldova yoshlar terma jamoalarida ham to’p surdim.
— O’tgan mavsumda «Ungeni» jamoasi sharafini himoya k’ilgansiz, shundaymi?
— To’g’ri, «Zarya»dagi to’rt yillik faoliyatimdan keyin jamoa o’tgan mavsumda meni oliy divizionning yana bir jamoasi sanalmish «Ungeni» klubiga ijara asosida berdi. Ushbu klub safida yarim yil to’p surdim. Shundan so’ng o’zimni Moldova chempionatidan tashk’arida sinab ko’rishga k’aror k’ildim.
— «Dinamo»ga kelishingiz varianti k’anday paydo bo’ldi?
— Bilishimcha, klub bosh menejeri Ilhom Sharipov seleksiya masalasida do’sti Azamat Abduraimovdan yordam so’ragan. Azamat Birodarovich bilan tanish ekanligim bois, menga O’zbekiston chempionati ishtirokchisi «Dinamo»dan taklif borligini aytdi. Ayni o’sadigan yoshdaman, k’olaversa O’zbekiston chempionati Moldova chempionatidan saviya borasida yuk’oriligi uchun «Dinamo» safiga kelib k’o’shildim.
— Dastlabki taassurotlaringiz k’anday?
— Ijobiy, albatta. O’zbekiston hak’ida ko’p ma’lumotga ega bo’lmasamda, Samark’and Toshkentdan keyingi o’rinda turuvchi shaharligini bilaman. Bir hafta davomida Toshkentdagi yig’inda ishtirok etdim, shahar va mamlakatingiz menga juda yok’di. «Dinamo» jamoasi ham menda yaxshi taassurot k’oldirdi. Murabbiylar tarkibda asosan yoshlarga ishonch bildirishmok’da. Jamoa juda ham ahil, tarkibda yaxshi futbolchilar yig’ilganligi guvohi bo’ldim. Eshitishimcha, Samark’andda futbolni juda sevishadi va o’yingohda minglab muxlislar yig’iladi.
— «Zarya» safida bungacha «Lokomotiv» va «Neftchi» safida to’p surib ketgan Aleksandr Onika to’p suradi. Bu erga kelishingizdan oldin bu masalada u bilan maslahatlashdingizmi?
— Sasha Onika jamoamiz sardori va do’stim sanaladi. Uning O’zbekistonda muvaffak’iyatli to’p surganidan xabarim bor. Ammo taklif to’satdan bo’lgani uchun bu masalada u bilan maslahatlashganim yo’k’. Bu erga kelib tanlovda adashmaganimga guvoh bo’ldim.
— Siz Moldova chempionatida k’arshi to’p surgan hujumchi Vadim Chemirtanning yurtimizdagi faoliyatidan xabaringiz bormi?
— Albatta. Moldovada Chemirtanga k’arshi ko’p o’yinlarda maydonga tushganman. Kuchli hujumchi deb hisoblayman. O’tgan mavsumda O’zbekistonda «Buxoro» safida to’p surganligini, bu yil esa «Bunyodkor» klubiga o’tganligini bilaman. Chunki Moldovada futbol nashrlari xorij chempionatlarida to’p surayotgan moldovalik futbolchilar faoliyatini yoritib borishadi.
— Faoliyatingiz davomida ilk marta legioner sifatida yurtingizdan tashk’aridan to’p surayapsiz. 21 yoshda hamma ham bunga jur’at etolmaydi…
— Eng asosiysi futbolchining o’ziga bo’lgan ishonchida deb o’ylayman. To’rt yil davomida Moldova chempionatida to’p surishim, yoshlar terma jamoalari safida Evropaning kuchli termalari bo’lmish Belgiya va bir k’ator yoshlar termalariga k’arshi o’yinlar menga katta tajriba bo’ldi. Shu bois o’zimni legioner sifatida nisbatan kuchlirok’ ligada to’p surishga k’odirman deb hisobladim. «Zarya» safida men bilan himoya markazida yonma-yon to’p surgan sobik’ jamoadoshim Muhammad Kone ayni damda amaldagi chempion Toshkentning «Lokomotiv» klubi safida to’p surmok’da. Osiyo Chempionlar Ligasidagi dastlabki tur o’yinida u yomon taassurot k’oldirmadi.
— Reja va mak’sadlaringiz nimalardan iborat?
— Bizni juda og’ir va k’izik’arli mavsum kutib turibdi. «Dinamo» safida samark’andlik muxlislar va murabbiylar ishonchini ok’lashga intilaman. Hali yoshman, yanada o’sish va rivojlanish uchun keldim. Umid k’ilamanki, «Dinamo» bilan ko’zlangan mak’sadga etishib, kareramda yangi york’in sahifa ochaman.
Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Ma’lumotnoma:
RADU ROGAK
Tug’ilgan yili va joyi: 1995 yil 7 iyun, Moldova.
Ampluasi: himoyachi
Bo’yi: 184 cm; Vazni: 66 kg;
To’p surgan klublari:
«Zarya» (Moldova) – 2013-2016
«Ungeni» (Moldova) – 2016.
Terma jamoa safida:
Moldova U-19, U-21 yoshlar termalari safida 22 o’yinda, 1 ta gol.
Yutuk’lari: Moldova Kubogi sohibi (2015-16), Superkubok finalchisi.
Комментарии 0