Ravshan ermatov — jch-2018 da ishlashi mumkin bolgan nomzod hakamlar royxatida — ozbekiston

Ravshan ermatov — jch-2018 da ishlashi mumkin bo’lgan nomzod hakamlar ro’yxatida — o’zbekiston
O’zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2018 yili Rossiyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ishlashi mumkin bo’lgan nomzod hakamlar seminariga taklif etildi, deb xabar k’ildi O’zbekiston Futbol federasiyasi.
3?7 aprel kunlari Italiyaning Florensiya shahridagi Koverchano tayyorlov markazida bo’lib o’tadigan seminarga Evropa, Okeaniya, Osiyo, Afrika, Janubiy, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mintak’asidan jami 53 nafar hakam taklif etilgan.
Osiyodan Ravshan Ermatov (O’zbekiston), Ryuiji Sato (YAponiya), Alirizo Fag’oniy (Eron), Evropadan Mark Klattenburg (Angliya), Feliks Brix (Germaniya), Juneyt Chak’ir (Turkiya), Sergey Karasyov (Rossiya) kabi tanik’li hakamlar mazkur seminarda ishtirok etadi.
Ravshan Ermatov JCh-2010 va JCh-2014 turnirlarida jami 9 ta uchrashuvni boshk’arib, bu ko’rsatkich bo’yicha jahon rekordchisi sanaladi. Shuningdek, to’k’k’iz karra O’zbekistonning, besh karra Osiyoning eng yaxshi hakami, Global Soccer Awards mukofotining «Jahonning eng yaxshi hakami» nominasiyasi g’olibi. «O’zbekiston iftixori» ko’krak belgisi, «El-yurt hurmati» va «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari sohibi.
Комментарии 0