Real madrid bbc uchligisiz yaxshirokmi — ozbekiston

Real madrid bbc uchligisiz yaxshirokmi — ozbekiston

Real madrid bbc uchligisiz yaxshirok’mi? — o’zbekiston

Hozirda barcha “Real Madrid”ning bu mavsumdagi o’yinlarini yurak yutib tomosha k’ilayotgan bir paytda ushbu savolni berishning ayni payti. Jamoa BBC uchligisiz yaxshirok’mi?
Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu. Ushbu uchlik bir necha oylar oldin har k’anday rak’ib himoyasini sarosimaga solardi. Ortik’ bu uchlik tajovuzkor emas. Garet Beyl uzok’ muddat jarohati tufayli maydondan tashk’arida k’olganligi, kiritilgan gollar bo’yicha Benzemadagi samaradorlikning tushib ketishi, Ronalduning esa yak’inda o’yinidagi pasayish hak’ida ik’ror bo’lishi barchani turli savollar girdobida k’oldirdi. Bu faktni tasdik’layotgan yagona insonlar emasmiz. Madrid OAVsi ham “uch tish” hak’ida allak’achon tahlillarni boshlab yuborgan. AS gazetasida faoliyat yuritadigan journalist Alfredo Relano o’z mak’olalaridan birida Zidanni bu masalaga to’xtalib o’tishning ayni payti ekanligi hak’ida fikr yuritgan.
Chempionlar Ligasi doirasida “Napoli”ga k’arshi nimchorak final javob uchrashuvi oldidan Madrid matbuotining internetdagi sahifasida o’tkazilgan so’rovnomada ham madridliklar muxlislaring ko’pchiligi asosiy tarkibda BBC uchligini ko’rishni istamagan. Birok’, Zidan baribir BBCni jangga tashladi va 1-bo’limda “San Paolo”da k’iyinchilikka duch keldi.
Aytish joizki, BBC etarlicha himoyalanmaydi, aynik’sa Ronaldu. “Napoli”ga k’arshi bahsdan oldin La Liga doirasida “Eybar” bilan kuch sinashgan “Real” himoyada ajoyib o’yin namoyish etdi. Hujumda esa Xames, Lukas va Asensiolar chak’nadi. Bu holat Benzemani ham yaxshi o’yin ko’rsatishiga yordam berdi.
Marca tark’atgan xabarlarga ko’ra biroz vak’t muk’addam jamoa sardori Ramos barchani himoyaga yordam berishga chak’irgan. Fak’atgina Ronalduni hujumdagi samaradorligi tufayli yugurishi shart emasligini aytib o’tgandi. “Eybar”ga k’arshi bahsdan keyin bu mavzuda k’ayta to’xtalgan Serxio Ramos barcha teng ekanligini bildirib o’tdi : “Barchamiz teng huk’uk’k’a egamiz. Bugun ba’zi o’yinchilarimiz o’yinga tashna ekanligini namoyish etdi. Bu bizga ilxom bag’ishlashi kerak.” Bu tashna futbolchilar esa o’z vak’tini zaxirada kutib o’tirgan BBC ning o’rinbosarlari edi.
O’tgan mavsumda BBC madridliklarning 69 % gollarini o’z hisoblariga yozdirib k’o’ygandi. Bu mavsumda esa ko’rsatkich 41 % gacha tushib ketdi. “Eybar”ga k’arshi ajoyib o’yin namoyish etgan yosh Asensio fevral oyida bir dak’ik’a ham maydonga tusha olmay kelayotgandi. Zidan asosiy tarkib futbolchilariga ishonmok’da va uni rotatsiya k’ilishga ehtiyoj sezmayapti. Birok’, uning bu harakatlari jamoani bek’arorlikka etaklashi mumkin. Aynik’sa, jamoada o’z o’rniga ega bo’lgan futbolchilar orasida. Shuningdek, Zidan jamoa yulduzlarini mavsumning yakuniy k’ismidagi muhim o’yinlarga yuk’ori sport formasida olib kelishi kerak bo’ladi.
Maydonda BBC ning yo’k’ligi esa jamoaga taktik moslashuvchanlikni tak’dim etadi. Asensio, Xames, Isko, Kovachich kabi futbolchilar 4-2-3-1 yoki 4-4-2 o’yin sxemasida k’attik’ himoyalanuvchi jamoalarga bosim o’tkaza olishi va maydonning har bir k’arichida yuk’ori pressing ko’rsata olish xususiyatini tak’dim eta oladi. Chempionlar Ligasida hujumkor jamoalarga k’arshi (masalan, “Bavariya”) bunday taktik sxema ask’otishi mumkin. BBC ning jamoaga k’o’shgan ulkan hissasini unutmagan holda, Zidan jamoada tenglik xususiyatini ta’minlashi kerak bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.