Rinat dasaev ech-1988 da van bastenning zarbasini kaytarishim mumkin edi video — ozbekiston

Rinat dasaev: «ech-1988 da van bastenning zarbasini k’aytarishim mumkin edi» (video) — o’zbekiston

«Spartak» klubi va sobik’ SSSR termasining afsonaviy darvozaboni Rinat Dasaev eng york’in xotiralari bilan o’rtok’lashdi.
«Ikkita jahon chempionatini — 1982 va 1986 yilgilarni eslayman. Bizda ajoyib jamoa bor edi. Biz sovrinli o’rinlarni olishimiz mumkin edi. 1988 yilgi Evropa chempionatida g’olib chik’ishga imkoniyatimiz ko’prok’ bo’lgan bo’lsa ham kumush medalga sazovor bo’lgandik. Ammo gollandlar urgan tasodifiy gollar… Bilasizmi, omad kuchlilarga kulib bok’adi. Hech narsa k’ila olmaysan.
Agar to’g’ri pozisiya tanlay olsang, to’pning uchish traektroiyasini chamalay olsang, istalgan zarbani k’aytarish mumkin. Hatto Van Basttenning o’sha mashhur zarbasini ham. To’p yoysimon yo’nalishda va juda kuchli uchdi. U uni xato ketadi deb o’ylagandim. Balki, tanlagan pozisiyam noto’g’ri bo’lgandir», — deydi bugun 60 yoshni k’arshilagan Dasaev.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.