Robert levandovskining buyuklik sokmogidagi yollari — ozbekiston

Robert levandovskining buyuklik sokmogidagi yollari — ozbekiston

Robert levandovskining buyuklik so’k’mog’idagi yo’llari — o’zbekiston

Bolaligida u o’z tengdoshlaridan ajralib turadigan fazilatlarga ega emasdi. Lekin futbolga oshno tutinganidan keyin barcha sho’xliklardan voz kechdi. Natijada, dunyoning eng sara hujumchilari k’atoridan joy oldi. K’uyidagi hikoyamiz tinimsiz izlanishlar va mashak’k’atli mehnat evaziga yuksak e’tiborga sazovor bo’lgan Robert Levandovski hak’ida.
Yuk’ori labidagi chandik’ Robertni 4 yoshidan beri «bezab» turadi — stakanda sharbat icha turib zinapoyadan yik’ilib tushgan. O’smirligida esa singan oyog’i k’iyshik’rok’ bitgani bois, narkoz ostida sindirib, k’aytadan gips­lashga to’g’ri kelgan. Onasi Ivona voleybolchi, otasi Kshishtof esa dzyudochi edi. Ular navbatdagi o’k’uv yili arafasida bo’lib o’tadigan tibbiy ko’rik paytida tanishganlar. O’shanda Grudzendz shaharchasidan kelgan Ivona shifokorning taklifini kutib k’abulxonada o’tirgandi.
Shu payt bir notanish yigit navbatda turganlar orasiga suk’ulib kirib, «Men bir dak’ik’aga», deya ichkariga navbatsiz kirib ketdi. Lekin amalda uning bir dak’ik’asi nak’ yarim soatga cho’zilib ketdi. Bundan achchik’langan Ivona yigitga k’o’llarini bigiz k’ilgancha o’dag’ayladi: «Men seni tanib k’o’ydim».
Tak’dir tak’ozosini k’arangki, bir necha oydan keyin Ivona bilan Kshishtof talabalar ok’shomida yana uchrashishdi va oila k’urishdi. Vak’ti-soati kelib, juftlikning ilk farzandi — Milena dunyoga keldi. Tabiiyki, Ivona k’izining o’zi kabi voleybolchi bo’lishini istardi.
Lekin 18 yoshga chik’k’anida murabbiy uning etarli darajada bo’ydor emasligini (172 sm.) aytib, faoliyatiga nuk’ta k’o’ydi. YOsh kelin-kuyov asosan sport bilan band ekanliklari bois, ikkinchi farzandni rejalashtirgan emasdilar. Lekin bo’lajak k’ahramonimiz ortik’cha kutib o’tirmadi.
Shu zaylda tavallud topgan Bobek (Robertning bolalikdagi nomi) yurishni o’rganishi bilan otasidan dzyudo sabok’larini ola boshladi. Ammo mashg’ulotlar ko’ngildagidek samara bermagach, Kshishtof o’g’lini behuda k’iynamaslikka k’aror k’ildi: «Bo’ldi, yig’ishtir. Dzyudoda uzok’k’a bora olmaysan».
Shundan keyin bolakay o’zini engil atletikada sinab ko’rdi, shahar musobak’alarida g’olib chik’ishga ham ulgurdi. Lekin bo’sh k’oldi deguncha to’p bilan mashk’ k’ilishdan charchamasdi. Jarima zarbalarini maromiga etkazish yo’lida bolakay o’zining sadok’atli do’sti — kuchugi Kokusyadan foydalanardi. Kuchuk ustunchalar o’rtasidan joy olar, Robertning zarbalarini k’o’llari, gavdasi va boshi bilan k’aytarardi.
Bundan tashk’ari, bolakay kuchugi bilan o’ziga xos poygachalar uyushtirib, singan oyog’ining jarohati k’ay darajada tuzalganini nazorat k’ilardi. O’rmondan uygacha bo’lgan masofani avvaliga Kokusya birinchi bo’lib bosib o’tardi. Nihoyat, marraga Robert avvalrok’ etib kelgach, oyog’i tuzalganiga amin bo’ldi.
Levandovskilar oilasi Leshnoda istik’omat k’ilishar, Robert u erdan 1,5 soatlik uzok’likda bo’lgan Varshavada mashk’ k’ilardi. Bolakayni ilk marta ko’rgan «Varsoviya» klubi murabbiyi Marek Siveski hayratini yashira olmagandi: «Voy-bo’, namuncha kichkina bu bola?!». Birok’ Kshishtof ham bo’sh kelmadi: «Kichkinaligining nima ahamiyati bor? K’arang, to’pni k’anday o’ynatyapti. Nak’ xazinaning o’zi!». Xullas, Robertni o’zidan ikki yosh kattarok’ bolalar guruhiga k’abul k’ilishdi. Chunki undan kichikrok’ yoshdagi guruh yo’k’ edi.
To’g’ri, u noyob ik’tidori bilan mak’tana olmasdi. Lekin intizom bobida yak’k’ol etakchi bo’lganiga shubha yo’k’. «Bolalar orasida k’obiliyatlilari ko’p. Lekin uning aksariyati arzimas bahonalar bilan mashg’ulotlarni o’tkazib yuborishadi. Lekin Bobek dunyoning narigi chetida turgan bo’lsa ham albatta etib keladi!» — deb yozgandi Siveski Levandovskiga bag’ishlangan «Mukammallikka chank’ok’» nomli kitobida.
Robert 16 yoshga chik’k’anida bir amallab «Delta» jamoasidan joy oldi. Jamoani Polshaning o’sha payt­dagi chempioni — «Legiya» o’z otalig’iga olgandi. «Delta»dagi mashg’ulotlardan tashk’ari, Robert maktabda ham mashk’ k’ilardi va uyga kech k’aytardi. Shunday ok’shomlarning birida u otasining dunyodan ko’z yumganligi ustidan chik’di. «Yurak xastaligi va gipertoniya oxir-ok’ibat Kshishtofni saraton kasalligiga mubtalo k’ildi.
Afsuski, u jarrohlik operasiyasidan juda k’o’rk’ardi va muo­laja olishga rozi bo’lmasdi. Operasiya hak’ida eshitsa, k’on bosimi ko’tarilib ketardi. Ahvoli og’irlashgach, rozilik berdi. Lekin operasiyadan ikki kun o’tgach, vafot etdi. Musibatni engish uchun Robert mashg’ulotlarga zo’r berdi, uyga fak’at uxlash uchun kelardi. O’smirlarga xos o’yin-kulgularni u allak’achon bir chetga surib k’o’ygandi», — degandi Ivona Levandovskining biograflaridan biri bo’lgan Voysex Javolaga.
Bolaligida dzyudo bilan shug’ullangani keyinchalik Robertga juda k’o’l keldi. Jumladan, o’ziga chinakam do’stlarni topishda va ba’zan bezorilardan o’zini muhofaza k’ilishda aynan bak’uvvat bilaklari ish berdi.
«Bir safar do’stim Lukash Kuklevich bilan o’rmonda sayr k’ilib yurgandik. Kutilmaganda bezorilar yo’limizni to’sishdi. Ulardan biri pichok’ bilan k’urollangan edi. Men aynan unga tashlanib, k’o’llarini k’a­yirdim. Pichok’ erga tushib ketdi. Buni ko’rgan bezorilar tumtarak’ay k’ochib ketishdi», — deya eslaydi hujumchi.
«Delta»dagi ishonchli o’yinlari evaziga 4ta gol urgan Levandovski «Legiya»ning o’rinbosalari safiga o’tdi. Lekin endigina o’z hisobiga 2ta golni yozib k’o’ygan hujumchi «Dolsan» bilan bo’lgan bahsda belidan jiddiy jarohat oldi va bir necha haftani futbolsiz o’tkazdi. Mashg’ulotlarga k’aytganidan keyin esa risoladagidek yugura olmasligi ma’lum bo’ldi. «Legiya» u bilan tuzilgan shart­nomani bekor k’ildi. Shu tarik’a
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.