Ronaldu messi va boshka superforvardlar 18 yoshli paytlarida kanday edi — ozbekiston

Ronaldu messi va boshka superforvardlar 18 yoshli paytlarida kanday edi — ozbekiston

Ronaldu, messi va boshk’a superforvardlar 18 yoshli paytlarida k’anday edi? — o’zbekiston

Hozir butun futbol olami Kilian Mbappe hak’ida gapirmok’da. Axir «Monako»ning 18 yoshli yigitchasi Fransiya chempionati chegaralaridan oshib, Chempionlar Ligasini ham «istilo» k’ila boshladi. Endi savol: jahon futbolining so’nggi yillardagi 6 nafar buyuk hujumchisi 18 yoshda k’anday karomat ko’rsatgan? Demak, Bombardir. ru sayti ma’lumotlari asosida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Neymar, Zlatan Ibragimovich, Terri Anri va Ronaldoning yoshligiga nazar solamiz.
Neymar
Braziliyalik vunderkind Mbappe yoshiga teng bo’lgan payti o’z vatanida chin yulduz darajasiga chik’k’andi. Anik’rog’i, 21 yoshida «Barselona» safiga k’o’shilguniga k’adar 5 yil davomida «Santos» rak’iblari ko’ngliga g’ulg’ula solishdan charchamadi. Bu oralik’da jami 136 goldan xirmon yasagani barchasini ko’rsatib turibdi. Misol uchun, Neymar 2010 yili 18 yoshini k’arshilagan va o’sha mavsum nak’ 42ta gol urishdan tashk’ari, Janubiy Amerikaning eng yaxshi 3 nafar futbolchisi k’atoriga kirgan. Anik’rog’i, Veron va D~Alessandro bilan bir safga joylashgandi.
Aytgancha, «Santos» ayni o’sha damda «Chelsi» va «Vest Xem» klublarining braziliyalik iste’dod transferi yuzasidan yuborgan takliflarini rad etgan. Ha, klub vakillari adashmagan ekanlar. Mana, Neymar 4-mavsumki, «Barselona»da javlon urmok’da. To’g’ri, haligacha bark’arorlik masalasida eng yuk’ori nuk’taga ko’tarilgani yo’k’. YA’ni Kataloniyadagi ikkinchi va uchinchi mavsumini a’lo darajada o’tkazgan bo’lsa, birinchisida bo’lgani kabi hozirgisida ham ba’zan omadsizlikka yuz tutmok’da. Ikkinchi tomondan, braziliyalik superforvard milliy jamoa safida doimo zo’r o’ynagan va o’ynamok’da. Endi 25 yoshini k’arshilagan Neymarning Braziliya termasida 52ta gol urishga ulgurganini hisobga olsak, u hali milliy jamoa tarixidagi eng sara afsonalar ro’yxatiga kirsa, ajabmas.
Zlatan Ibragimovich
Bo’ydor hujumchi katta futboldagi katta karomatlarini nisbatan kech ko’rsatishga tushdi. Hark’alay, bir-biridan ajib gollari ham, mahsuldorligi ham asosan yak’in o’tmishi va hozirgi davriga to’g’ri keladi. Xullas, shved futbolining tirik afsonasi 18 yoshli payti endi-endi «Malme» uchun gol urishni o’zlashtira boshlagandi. Xususan, «Ayaks»ga transferi ham yana 2 yildan keyin amalga oshgan. Aytgancha, Arsen Vengerning vak’tida Ibragimovichni o’z jamoasi safida ko’rishni xohlagani va hattoki, unga «Arsenal»ning 9-rak’amli futbolkasini ajratib k’o’ygani hak’idagi tarix ko’pchilikka ma’lum. Fransuz mutaxassisi shved yigitini sinovga chak’irgan, ammo u o’shandayok’ mag’rurligini ko’rsatib, bundan bosh tortgan.
Ibraning o’zi keyinchalik vok’eani k’uyidagicha eslagandi: «Venger mashg’ulotga taklif k’ildi va avvalo, k’anday futbolchi ekanligimni amalda ko’rmok’chiligini bildirdi. Uning gaplaridan «shok» holatiga tushib k’olgandim. Keyin darhol k’aror chik’ardim — yo’k’, bunak’asi ketmaydi, ko’rik uchun boradigan bo’lsam, shu erda k’olganim ma’k’ul. Bu to’g’ri tanlov edi». Ha, g’ururi bo’yidan ham baland Ibraning faoliyati davomida juda ko’p marta jamoa almashtirgani ayni hak’ik’at.
Shuning barobarida etarlidan ortik’ darajada turli-tuman sovrinlar yutgani ham rost. Ammo «Arsenal» aynan 2004 yildan keyingi davrda bu borada sira mak’tanolmaydi. Demakki, Zlatan jamoa tanlashda adashmagan. Darvok’e, u joriy mavsumdagina APLda ko’rinish berdi va hozir 34 yoshda bo’lishiga k’aramay, asosiy vazifasi — gol urishni uddalayapti.
Terri Anri
Mbappeni fransiyalik ayni shu superforvardga k’iyoslamok’dalar. Anri 18 yoshida endigina ko’zga tashlana boshlagandi. To’g’ri, bunda o’sha vak’t kommunikasiya va ijtimoiy tarmok’larning hozirgidek keng tarak’k’iy etmagani ta’siri ham bor, albatta. Chunonchi, Anri avvaliga Arsen Venger k’o’l ostida «Monako»ning k’anot futbolchisi sifatida to’p surgan va shuning uchun bo’lsa kerak, uncha ko’p gol urmagan.
Lekin 18 yoshida klubining mamlakat chempionatida zafar k’uchishiga salmok’li hissa k’o’shib, buning samarasi o’larok’, Fransiyaning eng yosh futbolchisi mak’omini olgan. Anri yana ikki yildan so’ng jahon chempioni ham bo’ldi, xuddi «Monako»dagi sherigi — David Trezege kabi. Shundan so’ng esa «Arsenal» va «Barselona»da shuhratga ko’mildi. Ha, betakror faoliyat, ammo Anri ham 18 yoshligida Evropada Mbappechalik shov-shuv ko’targan emasdi.
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.