Ronaldu pasportimdagi yoshimning ahamiyati yok — ozbekiston

Ronaldu: «pasportimdagi yoshimning ahamiyati yo’k'» — o’zbekiston
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga k’arshi (4:1) EChL finalida dubl k’ayd etdi va jamoasining g’alabasiga o’zining munosib xissasini k’o’shdi. Uchrashuvdan so’ng esa Ronaldu o’z fikrlari bilan o’rtok’lashdi.
“Men juda xursandman. Pasportdagi yosh – bu shunchaki rak’amlar. Men o’zimni bolakayday xis etmok’daman. Men yana bir buyuk mavsumni o’tkazdim. Biz sheriklarimiz bilan birga ikkita sovrinii k’o’lga kiritdik va dubl k’ayd eta oldik. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan biri bo’ldi.
Final teng kurashlar ostida o’tdi. Aynik’sa, birinchi bo’limda “Yuve” ajoyib o’ynadi. Hujumlar k’ildi. Birok’ ikkinchi bo’limda biz super o’yin namoyish etdik. Bilishimcha, bu “Real”ning mavsum davomida o’tkazgan eng yaxshi ikkinchi taymi bo’ldi.
Butun turnir davomida 3 ta to’p o’tkazgan jamoa bilan o’yinda chempion bo’lish, juda k’iyin”, – deb portugaliyalik yulduzning so’zlarini keltirib o’tdi UEFA rasmiy sayti.
Комментарии 0