Rossiya adliya vazirligi ozod evropa-ozodlik radiosini ogohlantirdi — ozbekiston
Rossiya adliya vazirligi ozod evropa-ozodlik radiosini ogohlantirdi — o’zbekiston
Ozod Evropa-Ozodlik radiosining Pragadagi bosh qarorgohi.
Rossiya Davlat dumasi chet eldan moliyalashtiriladigan ommaviy akhborot vositalarini «khorij agentlari»ga tenglashtiruvchi qonunni qabul qilgani ortidan Adliya vazirligi Ozod Evropa-Ozodlik radiosi rus khizmati — Svoboda radiosini cheklovlar bulishi ehtimolidan ogohlantirdi.
Bunday ogohlantiruv Ozod Evropa-Ozodlik radiosi loyihasi bulgan Idel. Realii sayti hamda “Nastoyashee vremya” telekanaliga ham berildi.
Duma 15 noyabrda qabul qilgan qonunga binoan chet eldan moliya oladigan va “keng jamoatchilik uchun bosma, audio va audiovizual hamda boshqa materiallarni” tarqatayotgan har qanday tuzilma “khorij agenti” deb elon qilinishi mumkin.
Prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov qonun AQShda Rossiyaning RT telekanali 14 noyabrda “khorij agenti” sifatida ruykhatdan utkazilganiga javob ekanini aytdi:
-Khorijda Rossiya ommaviy akhborot vositalari erkinligini cheklashga qaratilgan har qanday harakat Moskva tomonidan javobsiz qoldirilmaydi, — dedi Peskov.
AQSh rasmiylariRT telekanalining khorij agenti degan maqomga ega bulishi telekanal faoliyati va erkinligini cheklamasligini bildirgan. Amnesty International tashkiloti Rossiyada qabul qilingan qonun matbuot erkinligini jiddiy cheklashi mumkinligidan tashvish bildirdi.
Rossiya Adliya vazirligi Svoboda radiosini cheklovlar joriy etilishi mumkinligi haqida 10 oktyabrda ham ogohlantirgan edi.
Комментарии 0