Rossiya dumasi khorijiy oav faoliyatini cheklovchi qonun loyihasini maqulladi — ozbekiston
Rossiya dumasi khorijiy oav faoliyatini cheklovchi qonun loyihasini maqulladi — o’zbekiston
Davlat dumasi vise-spikeri Pyotr Tolstoyning (suratda) fikricha, yangi qonun Rossiyada suz erkinligini cheklamaydi.
Rossiya parlamentining quyi palatasi hukumatga khorijdan moliyalashtiriluvchi OAVni chet el agentlari ularoq qayd etish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi.
14 noyabr kuni Rossiya Davlat dumasi OAV haqidagi qonunga kiritiladigan uzgarishlarni bir ovozdan maqulladi.
Duma spikeri Vyacheslav Volodin deputatlarga «mazkur loyiha AQSh rus jurnalistlariga utkazayogan bosimga tugridan-tugri javob ekanligini» takidladi.
Amnesty International tashkiloti qonunga kiritilgan uzgarishlar Rossiyada matbuot erkinligini keskin cheklashini aytib, seshanba kuni khavotir bildirdi.
Endilikda qonun loyihasi Dumaning yuqori palatasiga yuboriladi. Nihoyat, loyihani prezident imzolaganidan keyin, u kuchga kiradi.
Taklif qilinayotgan uzgarishlar qabul olinsa, Rossiya hukumati khorij agentlari ularoq qayd etilishdan bosh tortgan OAVning faoliyatini tukhtatib quyishi mumkin buladi. Qonun “Ozodlik” radiosi, “Amerika ovozi”, CNN va Germaniyaning Deutsche Welle nashrlari faoliyatiga tasir qilishi mumkin.
Комментарии 0