Rozaning asli va vakti — ozbekiston

Ro’zaning asli va vak’ti — o’zbekiston
Shuningdek, mabodo tabiiy sharoitlar nok’ulay kelib yangi oyni ko’rish imkoni bo’lmay k’olsa, Ramazondan oldingi Sha’bon oyini o’ttiz kunlik mukammal k’ilib keyingi kunidan Ramazoni sharifning birinchi kuni boshlanadi. Xuddi shu kabi, Ramazoni oyining yigirma to’k’k’izinchi kuni Shavvol oyi hilolini ko’rishga harakat k’ilinadi. Agar hilol ko’rinsa, Ro’za tugagani va ertasiga iyd ekani e’lon k’ilinadi. Mabodo hilol ko’rinmasa, Ro’zaning o’ttizinchi kun ham tutilib, keyin iyd k’ilinadi.
Baro roziyallohu anhudan rivoyat: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan k’achon bir kishi ro’zador bo’lsayu iftor vak’tida iftor k’ilmay uxlab k’olsa, o’sha kechasi va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom emas edi. K’ays ibn Sirma ro’zador edi. Iftor bo’lganda xotinini oldiga kelib, «taoming bormi?» dedi. Xotini: «Yo’k’. Lekin borib senga taom keltiraman», dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko’zi ilinib uxlab k’oldi. Xotini k’aytib kelib, uni ko’rib, sho’ring k’urisin, dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yik’ildi. Bu narsa Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr k’ilindi va ushbu oyat nozil bo’ldi:
«Sizlarga Ro’za kechasida ayollaringizga yak’inlik k’ilish halol k’ilindi…».
Buning uchun juda ham xursand bo’ldilar.
Shuningdek: «Va to ok’ ip k’ora ipdan ajraguncha eb-ichinglar» ham nozil bo’ldi». Buxoriy, Abu Dovud va Nasa’iy rivoyat k’ilganlar.
Boshk’a rivoyatda esa: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Xuftonni o’k’iganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo’lar edi va yanagi kechaga ro’za tutar edilar. Shunda, bir kishi o’z nafsiga xiyonat k’ildi. Xuftonni o’k’ib bo’lib, iftor k’ilmay turib, xotiniga yak’inlik k’ildi. So’ngra Alloh o’shani k’olganlarga oson, ruxsatli va manfaatli k’ilishni iroda etdi. Ul pok zot:
«Alloh, albatta, siz o’z nafsingizga xiyonat k’ilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va afv k’ildi…» oyatini oxirigacha tushirdi».
Sharh: Ushbu ikki rivoyatda dastlab ro’za farz bo’lgan vak’tida hukmi hozirgidan boshk’acharok’ ekani, o’ziga yarasha k’oidalari borligi hak’ida so’z ketmok’da. O’sha dastlabki k’oidalarga binoan iftor vak’ti k’uyosh botgandan to xufton namozi vak’ti kirguncha bo’lgan, xolos. Agar o’sha vak’t ichida iftor k’ilib olinmasa, undan keyin yanagi iftor vak’ti kelmaguncha eb-ichishga ruxsat bo’lmagan.
Shuningdek, ro’za paytida kechasi ham eru xotin jinsiy yak’inlik k’ilishlariga ruxsat bo’lmagan. Bu o’ziga xos tarbiya usuli bo’lib, Alloh taolo musulmonlarga xohlagan shaklda ro’za ibodatini amr k’ilishi mumkinligini, lekin eng oson va foydali yo’lini ixtiyor etayotganini tajribada ko’rsatgan.
Albatta, yuk’orida zikr k’ilinganidek, iftor vak’ti fak’at Shom bilan Xufton orasida bo’lishi va Ro’za kechasida jinsiy alok’alarni man k’ilinishi o’ziga yarasha k’iyinchiliklar tug’dirishi turgan gap.
Shunday bo’ldi ham. Musulmonlar hayotida bu ikki masalada ham ibrat oladigan vok’ealar bo’lib o’tdi. Ana shundan keyingina Alloh taolo Ro’za tutish bo’yicha bir oz k’iyin bo’lgan hukmlarni bekor k’ilib, bandalarga engillik yaratdi. Bunga esa musulmonlar hayotida o’tgan ikki hodisa sabab bo’ldi.
Birinchi hodisa Madina ahlidan bo’lgan, ansoriy sahoba K’ays ibn Sirma roziyallohu anhu bilan kechdi. U kishining xurmo bog’lari bor edi. K’ays roziyallohu anhu kun bo’yi o’sha bog’da mehnat k’ilar edilar. Bir kuni ro’za tutgan hollarida kechgacha bog’da ishladilar. Iftor yak’in k’olganda uyga kelib xotinlaridan iftor k’ilgudek taom bormi, yo’k’ligini so’radilar. Ayol tayyor taom yo’k’ligini, lekin bir ozdan so’ng keltirishini aytib, taom keltirgani chik’ib ketdi. Kun bo’yi bog’da ishlab charchagan K’ays ibn Sirma roziyallohu anhu uxlab k’oldilar. Taom olib kelgan xotin erining uxlab yotganini ko’rib, sho’ring k’ursin, uxlab k’olibsan-ku, dedi-da, rahmi kelib uyg’otmadi. Shunday k’ilib, Xufton vak’ti bo’ldi. K’ays roziyallohu anhu iftor k’ilish hak’idan mahrum bo’ldi. Ertalab yana bok’k’a ishlagani ketdi. Ikki kun k’atorasiga, orada ovk’at emay ro’za tutib, bog’da mehnat k’ilgan K’ays ibn Sirma kun yarim bo’lganda hushdan ketib yik’ildilar.
Bu hodisa xabari darhol Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. O’z-o’zidan hammada savol paydo bo’ldi. Ro’zani ana shunday k’iyinchilik bilan tutilaveradimi yoki boshk’a biror o’zgarish bo’ladimi?
Javob esa Alloh taolo tomonidan keldi. U zot azza va jalla mo’min-musulmon bandalariga lutfu karam ko’rsatib, Ro’za ibodatida ularga osonlik yaratdi. Ramazon ro’zasi kechalarida ham xotinlarga jinsiy yak’inlik k’ilishga ruxsat berdi. Iftordan keyin esa, to tong otguncha taom va sharobga ruxsat berdi. Bu lutfu marhamatdan mo’min-musulmonlar behad shod bo’ldilar.
Ikkinchi hodisa k’ahramonining ismi rivoyatda ochik’ aytilmagan. Ehtimol, u kishining hurmatlaridan shunday k’ilingan bo’lsa kerak. Aslida esa, bu hodisa k’ahramoni kim ekanligi ham ma’lum va mashhur. Mazkur hodisa k’ahramoni hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhudirlar.
U kishi iftordan keyin Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam bilan gaplashib o’tirib, so’ngra uylariga kelganlar va xotinlariga birga bo’lish istagini bildirganlar. Xotinlari esa, men uxlab turdim, deganlar. YA’ni uxlamasam shariat hukmi bo’yicha joiz edi, ammo men uxladim, endi shariat hukmi bo’yicha menga yak’inlik k’ilishingiz mumkin emas, deganlari edi. Ammo hazrati Umar, uxlaganing yo’k’, dedilar-da yak’inlik k’ildilar. O’zlari bilib turib, o’z nafslariga xiyonat k’ildilar. So’ngra afsus-nadomat k’ilib, borib hodisani Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berdilar. Ana shunda:
«Alloh, albatta, siz o’z nafsingizga xiyonat k’ilishingizni bildi. Bas, u sizlarni kechirdi va avf k’ildi….» oyati oxirigacha nozil bo’ldi.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Ro’za dastlab farz k’ilingan vak’tda iftor vak’ti k’uyosh botgandan xufton vak’tigacha bo’lgani.
2. Xufton vak’tigacha iftor k’ila olmay, jinsiy yak’inlik k’ila olmay uxlab k’olgan kishiga yanagi iftor vak’ti kelguncha taom, sharob va xotin harom bo’lgan.
3. Keyin mazkur hukm nasx k’ilinib, k’uyosh botgandan to tong otguncha taom emok’, sharob ichmok’ va jinsiy yak’inlik joiz bo’lgan.
4. Hozir tutadigan ro’zamiz juda ham oson turdagi ro’za ekani. Agar Alloh xohlasa, k’iyin k’ilib k’o’yishi ham mumkin ekanligi.
Salama ibn al-Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «U(ro’za)ni k’iynalib tutadiganlarga bir miskin taomicha fidya berishdir» oyati nozil bo’lganda, kim xohlasa og’zi ochik’ yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi: «Bas, sizdan kim shu(Ramazon) oyda hozir bo’lsa, uning ro’zasini tutsin» oyati nozil bo’lguncha davom etdi. Shu bilan oldingi oyatni nasx k’ildi».
Sharh: Avvalo hadisning roviysi Salama ibn al-Akva’ roziyallohu anhu bilan tanishib olaylik:
Salama ibn Amr ibn Sino al-Akva’ al-Aslamiy, kunyalari Abu Muslim ikki marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga daraxt ostida o’limga va urushdan k’ochmaslikka bay’at berganlardan, Rasululloh alayhissalom bilan ettita g’azotda ishtirok etgan, «Zuv-k’ard» nomli g’azotda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni dushmanlar zarbasidan sak’lab k’olgan.
Usmon ibn Affon xalifalik davrlarida Afrika g’azotlarida ishtirok etgan, shijoatli, kamonchi, chiroyli xulk’li, olijanob sahobalardan edilar.
Hammasi bo’lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 77 ta hadis rivoyat k’ildilar. Bu kishidan Madina ahlidagi jamoatlar, o’g’illari Iyos, k’ullari YAzid ibn Abi Ubayd va boshk’alar rivoyat k’ilishdi.
Ushbu rivoyatda ro’za tutish dastlab joriy k’ilinganda Hakiymu Xabir bo’lmish Alloh taolo tomonidan kishilarni bu ibodatga asta-sekin tortish uchun k’o’llangan ba’zi choralardan biri hak’ida so’z ketmok’da.
Ro’za avval joriy k’ilinganda musulmonlar ikki ishdan birini tanlash imkoniga ega bo’lgan ekanlar. Xohlasin, ro’za tutsin. Xohlasin, ro’za tutmay bir miskinni to’ydirsin. Demak, bir miskinni to’ydirish ham ro’za tutganning o’rniga o’tgan. Ma’lum vak’t o’tib odamlar ancha o’rganib k’olishgandan keyin bu ixtiyoriylik bekor k’ilinib, k’odir bo’lgan har bir kimsa ro’za tutishi majburiyligi hak’ida oyat nozil bo’lgan.
Fak’at o’ta k’arib k’olgani va surunkali, tuzalishidan umid yo’k’ bemorlikka mubtalo bo’lgani uchun ro’za tuta olmaydigan shaxslarga nisbatangina fidya berishga ruxsat etilgan.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Ro’za dastlab joriy k’ilinganda ro’za tutish bir miskinga taom berish bilan barobar bo’lgan.
2. Keyinchalik boshk’a oyat tushib, mazkur hukmni nasx k’ilgan. K’odir va hozir odam, albatta, ro’za tutishi farzligi k’at’iyat ila bayon k’ilingan. Hech kim, hech k’achon ro’za tutishdan bosh torta olmaydi.
Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Toki fajrda sizga ok’ ip k’ora ipdan ajraguncha…» oyati nozil bo’lganda: «Ey, Allohning Rasuli, men yostig’im ostiga ikki ark’onni; bir ok’ ark’onni, bir k’ora ark’onni k’o’yganman, kechadan kunduzni bilish uchun,
Boshk’a rivoyatda: «Kechasida nazar solsam, ajratib bo’lmaydi-ku!» dedim».
U zot alayhissolatu vassalom: «YOstig’ing keng ekan. U kechaning k’orong’iligi va kunduzning yorug’ligidir», dedilar».
Sharh: Avvalo hadisning roviysi Adiy ibn Hotim roziyallohu anhu bilan yak’indan tanishib olaylik:
Adiy ibn Hotim ibn Abdulloh ibn Sa’d ibn Xashraj at-Toiy, kunyalari Abu Vahb. Adiy ibn Hotim saxovati bilan mashhur bo’lgan Hotim at-Toiyning o’g’lidir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toiy k’abilasiga k’ilgan safarlarida Suriyaga k’ochgan edi.
Toy k’abilasidan asirga tushganlar orasida uning kichik singlisi Saffona ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha asirlarga, xususan, Adiyning singlisiga otasining shuhrati va k’avmining unga bo’lgan sevgi va hurmati yuzasidan juda ham yaxshi muomala k’ildilar. Saffona teridan k’ilingan alohida chodirda sak’landi, butun ehtiyojlari k’ondirildi, xohlagan paytda eng yaxshi shartlar bilan mamlakatiga jo’natishga ham izn berildi. Bunday muomalalardan mamnun bo’lgan Saffona musulmonlikni k’abul k’ildi. So’ngra akasining huzuriga borib, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yarashishga jo’natdi. Bu hodisa hijratning 9-yili bo’lib o’tdi.
Adiy ibn Hotim o’zlari shunday hikoya k’iladi: «Men Madinaga ilk bor kirib kelganimda musulmonlar xursandlik bilan kutib oldilar. «Adiy keldi! Adiy keldi!» deb sevinch izhor k’ildilar. Holbuki, men hali nasroniy dinida edim».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Adiyni yaxshi k’arshiladilar. Uylariga olib kelib, yagona po’staklarini uning ostiga solib berib, o’zlari erga o’tirdilar. Bularning hammasi Adiyga juda k’attik’ ta’sir k’ilib, k’albida hidoyatga yo’l ochdi. Adiy ibn Hotim Rasululloh alayhissalom bilan ilk mulok’otlaridayok’ nasorolikni tark etib, Islomni k’abul k’ildi. U ok’il va ehsongo’y sahobalardan bo’lib, johiliyatda ham, Islomda ham «Toy» k’abilasining raislaridan edilar.
Dindan k’aytganlar bilan bo’lgan «Ridda» nomli urushda Adiy roziyallohu anhu katta jonbozliklar ko’rsat ganlar.
U kishi Irok’ni fath etishda ham ishtirok etganlar. So’ng Kufaga ko’chib o’tdilar. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu bilan birga Jamal, Siffin, Nahavon urushlarida ishtirok etdilar. Va Siffin urushida ko’zlariga yara chik’ib, zarar topgan edilar.
Hammasi bo’lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 66 ta hadis rivoyat k’ildilar. Adiy ibn Hotim 120 yoshida, hijratning 68 yili Kufada vafot etdilar.
Bu rivoyatda Ro’za ibodati yangi joriy k’ilina boshlaganda bo’lib o’tgan latif hodisani keltirish ork’ali og’izni k’achon bekitish kerakligi hukmi bayon k’ilinmok’da.
Ma’lumki, Alloh taolo o’tgan hadislarda o’rganib chik’k’animizdek, k’achon og’izni bekitish hukmini bayon k’ilish uchun:
«Toki fajrda sizga ok’ ip k’ora ipdan ajraguncha englar, ichinglar» degan oyatni nozil k’ilgan.
Ushbu oyat nozil bo’lganda ba’zi kishilar, jumladan, Adiy ibn Hotim roziyallohu anhu ham zikr k’ilingan «ip»dan murod majoziy «ip» ekanligini anglab etmaganlar. Shuning uchun ham saharlik vak’tida bitta ok’ rangli, bitta k’ora rangli ark’onni olib, ularning rangi k’orong’ida ko’zlariga ajrab ko’ringuncha saharlik k’ilishga o’tganlar. Lekin bu ishlaridan nok’islik sezib, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga arz k’ilganlar va u zot oyatda zikr k’ilingan ipdan murod ark’on emas, kechaning k’orong’iligi va kunduzning yorug’ligi ekanini tushuntirib berganlar.
Demak, ro’za tutmok’chi bo’lgan odam saharlikni tong otguncha k’ilishi mumkin ekan. Tong otgandan so’ng esa mazkur saharlikni to’xtatmog’ligi vojib bo’ladi. Aks holda Ro’zasi ro’za bo’lmaydi.
Umar roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «K’achon kechasi kelib, kunduzi ketsa, k’uyosh botsa, ro’zadorning iftori bo’ladi». Ushbu uch rivoyatni beshovlari rivoyat k’ilganlar.
Sharh: Bu rivoyatda iftor vak’ti k’uyosh botish ila kirishi bayon k’ilinmok’da.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ikkita muazzinlari bor edi: Bilol va Ibn Ummu Maktum A’mo. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Bilol kechasi azon aytadi, toki, Ibn Ummu Maktum azon aytguncha eb-ichaveringlar», dedilar.
«Ikkovlari orasida fak’at birovi tushib, birovi chik’k’uncha vak’t bor edi», dedi». Ikki Shayx rivoyat k’ilgan.
Sharh: Kechasi uyk’udan turib, Bomdod namoziga tayyorlanish bir oz ortik’cha harakat talab k’ilgani uchun, odamlarni avvalrok’ ogohlantirish mak’sadida Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ikki marta azon ayttirar edilar.
Birinchi azonni tong otmasdan avval Bilol ibn Raboh roziyallohu anhu aytar edilar.
Ikkinchi azonni esa, Bomdod vak’ti kirib, tong otganda Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu aytar edilar. U kishining ko’zlari ojiz edi. Shuning uchun boshk’a sahobiylar u odamga yordam berib, tong otganining xabarini berishar, so’ngra azon aytilar edi. O’sha paytlarda, albatta, soatlar bo’lmagan, har kim ham o’zi saharlik yo iftorlik vak’ti kirganini anik’lashi oson kechmagan. Shuning uchun azon aytilishiga k’arab turganlar.
Bomdodga ikki marta azon aytilganidan k’aysi birida og’izni bekitish kerakligi bayon k’ilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan Hazrati Bilol tong otmasdan, kechasi azon aytganlari uchun u kishining azonlaridan keyin ham saharlikni davom etdiraversa bo’lishi tushuntirildi. Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu Bomdod vak’ti kirishi bilan azon aytganlari uchun u kishi azon aytganlarida og’izni bekitish zarurligi uk’tirildi. Demak, Bomdodning avvalgi vak’ti og’izni bekitish vak’ti ekan.
FAJRI SODIK’NING ALOMATI
Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Saharliklaringizdan Bilolning azoni ham, ufk’da bundok’ ko’tarilgan ok’lik ham sizni aldab k’o’ymasin. Toki, mana bundok’ bo’lib yoyilguncha (bo’laveradi)», dedilar».
Beshovlaridan fak’at Buxoriy rivoyat k’ilmagan.
Termiziyning lafzida: «Saharliklaringizdan sizni Bilolning azoni ham, balandga ko’tarilgan fajr ham man k’ilmasin. Lekin ufk’k’a yoyilgan fajr bo’lsa (bo’ladi)», deyilgan.
Sharh: Avvalo hadisning roviysi Samura ibn Jundub bilan yak’indan tanishib olaylik: Samura ibn Jundub ibn Hilol al-Fazoriy, kunyalari Abu Sulaymon, Basrada tavallud topdilar. Otalari vafot etgandan keyin onalari bilan Madinaga keldilar.
Madinada katta bo’lib ulg’aydilar va yana Basraga ko’chib o’tdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir nechta hadislar rivoyat k’ildilar. Bu kishidan Sha’biy, Ibn Abu Laylo, Ali ibn Rabiy’a, Abdulloh ibn Rabiy’a, Abdulloh ibn Burayza, Hasanul Basriy, Ibn Siyrin, Ibn Shixxir, Abu A’lo, Abu Rajo va boshk’alar rivoyat k’ilishdi.
Bu zot rivoyat k’ilgan hadislarni 3 ta «Sahih» sohiblari o’z kitoblariga kiritishgan.
Ibn Siyrin Samura ibn Jundub ilm bobida juda ham o’tkir edilar, deb aytadilar.
U kishi hijratning 60-yili Basrada vafot etadilar.
Bu hadisi sharifda saharlikni k’achongacha davom etdirish mumkinligi hak’ida so’z bormok’da.
Tong otish payti ikki bosk’ichdan iborat bo’ladi.
Birinchi bosk’ichda yorug’lik pastdan yuk’origa ko’tariladi, buni subhi kozib yoki fajri kozib deyiladi. YA’ni yolg’onchi tong degani. Ushbu hadisi sharif hukmiga ko’ra o’sha subhi kozib vak’tida saharlik vak’ti tugamagan bo’ladi.
Ikkinchi bosk’ich esa, yorug’likning ufk’ bo’ylab ko’ndalangiga tark’alishi bilan bo’ladi. Buni subhi sodik’ yoki fajri sodik’, ya’ni, rost tong, deyiladi. Ana shunda og’izni bekitish vak’ti kirgan bo’ladi. Undan keyin saharlik k’ilish mumkin emas.
RO’ZA TUTIShNI BOShLASh VA TUGATISh HILOLNI KO’RISh ILA BO’LUR
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «To hilolni ko’rmaguncha ro’za tutishni boshlamaganlar. To uni ko’rmaguncha og’zi ochik’ bo’lmaganlar. Agar sizlardan u bulutla to’silib k’olsa, hisobini k’ilinglar», dedilar.
Beshovlari rivoyat k’ilganlar.
Termiziyning lafzida: «Ramazondan oldin ro’za tutmanglar. U(oy)ni ko’rib ro’za tutinglar va uni ko’rib ochinglar. Agar uni bulut to’sib k’olsa, o’ttiz kunni mukammal k’ilinglar», deyilgan.
Buxoriyning lafzida esa: «Agar sizlardan bulutlar to’silib k’olsa, Sha’bonni o’ttiz kun mukammal k’ilinglar», deyilgan.
Boshk’a bir rivoyatda esa: «Agar sizlardan bulutla to’silib k’olsa, o’ttiz kun ro’za tutinglar», deyilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatlardan Ramazon oyining boshlanishi va tamom bo’lishi Ramazon va Shavvol oyi hilollarini ko’rish bilan sobit bo’lishi ta’kidlanmok’da.
Shuningdek, mabodo tabiiy sharoitlar nok’ulay kelib yangi oyni ko’rish imkoni bo’lmay k’olsa, Ramazondan oldingi Sha’bon oyini o’ttiz kunlik mukammal k’ilib keyingi kunidan Ramazoni sharifning birinchi kuni boshlanadi. Xuddi shu kabi, Ramazoni oyining yigirma to’k’k’izinchi kuni Shavvol oyi hilolini ko’rishga harakat k’ilinadi. Agar hilol ko’rinsa, Ro’za tugagani va ertasiga iyd ekani e’lon k’ilinadi. Mabodo hilol ko’rinmasa, Ro’zaning o’ttizinchi kun ham tutilib, keyin iyd k’ilinadi.
Ayni shu xilda amal k’ilish borlik’ni yaratgan Alloh taolo irodasiga muvofik’ ravishda oyni belgilashdir. Ayni shu ishni musulmonlargina amalga oshiradilar. Ular yilning o’n ikki oyini ham hilolni ko’rib hisoblashga boshlaydilar va tamom bo’lganini e’tiborga oladilar. Oy er kurrasiga va undagi mavjudotlarga, jumladan, insonga ham o’z ta’sirini o’tkazishi hammaga ma’lum, nima uchun uning hisobida ta’sir bo’lmasligi kerak?
Endi musulmonlardan boshk’alarning oy hisobida mantik’ bormi yoki yo’k’ ekanini bir o’ylab ko’raylik. Bir yil, balki bir necha yil oldin k’aysi oyning k’achon boshlanishini belgilab k’o’yib, o’sha kunni oyning oxiri, o’rtasi yoki boshk’a payti bo’lishiga k’aramay oy boshi, deb atash mantik’k’a to’g’ri keladimi? Albatta, to’g’ri kelmaydi.
Shuning uchun, fak’at musulmoncha oy hisobigina to’g’ri va tabiiy, deymiz. Vak’t hisobiga oyni o’lchov k’ilib olishda ko’plab hikmatlar bor.
Avvalo, oy borlik’dagi eng katta alomatdan biri hisoblanadi. O’shandok’ katta alomatni ko’rib ro’za tutishni boshlash va tamomlash bu muhim ishda hamma narsa ochik’-oydin bo’lishini, hech kim va hech k’anday taraf o’zgartirish kirita olmasligini ta’minlaydi. Hamma bandalar barobar bo’lib, Allohning amri ro’zani boshlash yoki tamomlash uchun o’sha buyuk Allohning belgisi bo’lmish oyga k’arab turadi.
Ikkinchidan, oy yilida yangi yil o’n ikki kun oldinga surilib keladi. Shuning uchun ham har Ramazon avvalgisidan o’n ikki kun oldin keladi. Shu tarik’a o’ttiz uch yilda yilning hamma vak’tida Ramazon tutiladi. Bu esa turli sharoitda ro’za tutishni ta’minlaydi. Bir mintak’ada doim k’ulay, boshk’asida doimo nok’ulay bo’lib k’olmaydi.
Uchinchidan, oyni ko’rib ro’za tutish va ochish barcha musulmonlar uchun barobar hukm bo’lib, bu ularni birliklari ramzi hamdir. YAna boshk’a hikmatlar ham ko’p, hak’ik’iy hikmatlarini esa Alloh taoloning O’zi biladi.
YAna o’sha kishidan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biz ummiy ummatmiz, yozmaymiz ham, hisoblamaymiz ham. Oy mana bundok’, mana bundok’ bo’lur», dedilar. YA’ni bir marta yigirma to’k’k’iz, bir marta o’ttiz, demok’chilar». Uchovlari va Nasaiy rivoyat k’ilgan.
Sharh: «Ummiy» degani, onadan tug’ilgandek o’k’ish-yozishni o’rganmay yurgan, degani. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yozmaymiz, deganlari o’sha paytdagi arablarning g’olibo holini e’tiborga olib aytilgandir. Aslida esa, arablar ichida o’sha vak’tda ham o’k’ish-yozish ni biladigan kishilar ma’lum va mashhur. O’sha oz sonli kishilardan ba’zilari K’ur’oni karimni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida yozib borganlari ham sobit hak’ik’at.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «hisoblamaymiz» deganlari munajjimlik hisoblarini e’tiborga olib aytilgandir.
Shuningdek, bu hadisi sharifdan oy ba’zida yigirma to’k’k’iz kun, ba’zida o’ttiz kun bo’lishini bilib olamiz. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni ikki k’o’llari panjalari ila ishora k’ilib anglatganlar. Bir marta o’nta panjalarini uch marta k’ayta-k’ayta ko’rsatib o’ttiz kunni, ikkinchi marta ikki marta to’lik’, bir marta bir panjani bukib, yigirma to’k’k’izni ifoda k’ilganlar.
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam xotinlaridan bir oyga iylo k’ildilar. Yigirma to’k’k’iz kun o’tgandan so’ng esa, ertalab (yoki kechk’urun) kirdilar. Shunda u zotga: «Siz bir oy kirmaslikka k’asam ichgan edingiz?», deyildi. U zot: «Oy yigirma to’k’k’iz kun (ham) bo’lur», dedilar. Beshovlaridan fak’at Abu Dovud rivoyat k’ilmadi.
Imom Muslim: «So’ngra Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam ikki k’o’llarini bir-biriga uch marta; ikki marta hamma panjalarini, uchinchisida esa to’k’k’iz panjani k’o’shib ko’rsatdilar», degan jumlani ziyoda k’ilgan.
Sharh: «Iylo» shariatda er kishining xotini oldiga ma’lum vak’t kirmaslik va unga yak’inlik k’ilmaslik hak’ida k’asam ichishini anglatadi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning onalarimiz roziyallohu anholarning oldilariga bir oy muddat kirmaslikka k’asam ichganlar. Yigirma to’k’k’iz kun ulardan birortalarining ham oldilariga kirmaganlar.
So’ngra esa, shu rivoyatda bayon k’ilinganidek, kirib kelganlar. Shunda, bir oy o’ttiz kun bo’ladi-ku, nima uchun bir oyga iylo k’ilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u muddat tamom bo’lmasdan ayollari oldiga kirib keldilar? degan savol paydo bo’lgan. Ba’zi kishilar buni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga eslatganlarida U zot oy gohida yigirma to’k’k’iz kun bo’lishini, o’sha oy yigirma to’k’k’iz kunlik ekani tufayli bir oyga k’ilgan iylolari buzilmaganligini bildirganlar.
Shuning uchun ham Ramazon oyi ham gohida yigirma to’k’k’iz, gohida o’ttiz kun bo’ladi. Buni esa, hilolni ko’rish bilan anik’lanadi.
Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikki iyd oylari, Ramazon va Zul Hijja nuk’sonli bo’lmas», dedilar». To’rtovlari rivoyat k’ilganlar.
Sharh: Ulamolarimiz ushbu hadisi sharifning ma’nosi hak’ida bir necha xil ta’villar aytganlar. Biz o’rganayotgan ushbu bobga tegishli ta’vilda esa, bir yilda ikki iyd oylari Ramazon va Zul Hijja barobariga nuk’sonli, ya’ni yigirma to’k’k’iz kunlik bo’lmasligini anglatadi. Biri yigirma to’k’k’iz kunlik bo’lishi mumkin, lekin ikkisi bo’lmaydi.
HILOLNI KO’RIShLIK BIR ADL KIShI GUVOHLIGI BILAN HAM SOBIT BO’LUR
Husayn ibn al-Horis roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Makkaning amiri xutba k’ilib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga ibodatlarni oyni ko’rib k’ilishni, agar uni ko’ra olmasak va ikki adolatli shohid guvohlik bersa, ularning guvohliklari ila ibodat k’ilishimizni amr k’ilganlar», dedi. Abu Dovud va Dora K’utniy rivoyat k’ilgan va sahih, degan.
Sharh: Avvalo hadisi sharifning roviysi Husayn ibn al-Horis roziyallohu anhu bilan yak’indan tanishib olaylik:
Husayn ibn al-Horis Kufiy al-Jadaliy, kunyalari Abul K’osim.
Hadislarni Ibn Umar, Abdurrahmon ibn Zayd, Nu’mon ibn Bashir, Horis ibn Xotiblardan rivoyat k’ildilar.
Bu kishidan Abu Molik al-Amjaiy, Zakariyo ibn Abi Zoida va boshk’alar rivoyat k’ilishdi.
Ibn Hibbon: «Husayn ibn al-Horis ishonchli hadis rivoyat k’iluvchi tobeinlardan edi», deb aytadilar.
Ushbu rivoyatda zikri kelayotgan Makkaning amiri, buyuk sahobiy Abdulloh ibni Umardirlar. U kishining ibodatlarni oyni ko’rib k’ilish hak’idagi so’zlari Ramazon oyidagi ro’za va Zul Hijja oyidagi haj ibodatlarining vak’tini tayinlashda oyni ko’rishga e’timod k’ilish zarurligini bildiradi.
Agar ikki adolatli shaxs biz yangi oyni ko’rdik, deb guvohlik bersa, ularning guvohliklari k’abul k’ilinadi.
Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir kishidan rivoyat k’ilinadi: «Odamlar Ramazonning oxirgi kuni hak’ida ixtilof k’ilib k’olishdi. Shunda ikki a’robiy kelib k’olib, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurida Allohning nomi ila kecha kechk’urun hilolni ko’rganliklari hak’ida guvohlik berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga og’izni ochishga va ertasiga namozgohlariga iydga chik’ishga amr berdilar». Abu Dovud va Ahmad sahih sanadla rivoyat k’ilgan.
Sharh: Hadisni rivoyat k’ilgan sahobai kiromning ismi shariflari ma’lum bo’lmasa ham rivoyatlari k’abul k’ilinaveradi. Chunki sahoba roziyallohu anhumning hammalari adolatlidirlar.
Ushbu hadisi sharifdan garchi sahroyi bo’lsalar ham ikki adolatli shaxsning hilolni ko’rganlik hak’idagi guvohliklari k’abul k’ilinaverishini bilib olamiz.
Ibni Umar roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Odamlar hilol hak’ida tortishib k’oldilar. Shunda, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uni ko’rganligimni xabar k’ildim. Bas, u zot ro’za tutdilar va odamlarni ham ro’za tutishga amr k’ildilar». Abu Dovud, Ibn Hibbon va Al-Hokim rivoyat k’ilgan va sahih, degan.
Sharh: Bu hadisdan esa, adolatli bir kishining guvohligi ila Ramazon kirgani sobit bo’lishi, uning guvohligi ila k’abul k’ilinishini bilib olamiz.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Men hilolni ko’rdim», dedi.
«Laa ilaha illalloh, deb shahodat berasanmi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Muhammad Rasululloh, deb shahodat berasanmi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Ey, Bilol, odamlarga e’lon k’il, ro’za tutsinlar», dedilar.
Sunan egalari, Ibn Hibbon va Al-Hokim rivoyat k’ilgan.
Sharh: Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mazkur a’robiyga Islom hak’ida savol berib turib, ishonch hosil k’ilganlaridan keyin guvohligini k’abul k’ilishlari, musulmon aslida adolatlidir k’oidasiga binoandir. Ha, inson musulmon bo’lishi ila adolatli hisoblanadi. Ammo o’sha inson musulmonlik sharafiga munosib bo’lmagan, shariatga xilof ishlarni k’ilishi bilan adolatli, degan unvonni yo’k’otadi. Fosik’ va fojir kishining guvohligi esa, k’abul k’ilinmay k’o’yadi.
Ulamolarimiz, shu jumladan, Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi ham mazkur ikki hadisni dalil k’ilib, bitta adolatli kishining hilol hak’idagi guvohligi k’abul k’ilinadi, deydilar.
HAR BIR O’LKA O’ZI HILOL KO’RADI
Kurayb roziyallohu anhudan rivoyat: «Ummu Fazl binti al-Horis uni Shomga, Muoviyaning oldiga yuborgan edi. U aytadiki: «Bas, Shomga kelib u(Ummu Fazl)ning hojatini bajardim. Men Shomdaligimda Ramazon kirib k’oldi, hilolni juma kechasi ko’rdim. So’ngra oyning oxirida Madinaga keldim. Ibn Abbos mendan: «Hilolni k’achon ko’rdingiz?» deb so’radi.
«Uni juma kechasi ko’rdik», dedim.
«Sen o’zing ko’rdingmi?» dedi.
«Ha, odamlar ham ko’rdilar. Ro’za tutdilar. Muoviya ham ro’za tutdi», dedim.
«Lekin biz shanba kechasi ko’rdik. To o’ttiz kunni mukammal k’ilgunimizcha yoki uni ko’rgunimizcha tutaveramiz», dedi.
«Muoviyaning ko’rgani va ro’za tutgani bilan kifoyalanmaysanmi?» dedim.
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga shundok’ amr k’ilganlar», dedi».
Beshovlaridan fak’at Buxoriy rivoyat k’ilmagan.
Sharh: Avvalo hadisning roviysi Kurayb roziyallohu anhu bilan yak’indan tanishib olaylik:
Kurayb ibn Abraha ibn Saboh ibn Marsad al-Asbahiy YAmanning amirlaridan bo’lib, hadis rivoyat k’iluvchi tobeinlardan edilar. Misr fath etilgan kuni va Siffin urushida Muoviya bilan birga ishtirok etdilar. Jiyza degan joyda yashab o’tdilar. Hadislarni Huzayfa ibn YAmandan rivoyat k’iladilar. Bu kishidan Shomdagi ulug’ tobe’inlar rivoyat k’iladilar.
Bu zot hijratning 75-yili vafot etdilar.
Ushbu hadisga amal k’ilgan ba’zi ulamolar har o’lka odamlari hilolni o’zlari ko’radi va o’shanga binoan amal k’iladi, deganlar.
Ammo jumhur ulamolar, agar bir o’lkada hilolni ko’rish sobit bo’lsa, boshk’a o’lkalar ham o’shanga amal k’ilishi kerak, deganlar.
Umuman, bu masalada ulamolarning fikrlari ko’p. Hozirgi kunimizda ham bu turli fikrlik davom etib kelmok’da. Mazkur masaladagi ba’zi tushunmovchiliklar asta-sekin yo’k’olib bormok’da. Ajab emaski, axiyri hamma musulmonlar bir xil fikr va amal k’iladigan davrlar ham kelib k’olsa.
Комментарии 0