Rozikul berdiev rashidxonovning chiroyli goli evaziga galaba kozondik — ozbekiston

Rozikul berdiev rashidxonovning chiroyli goli evaziga galaba kozondik — ozbekiston

Ro’zik’ul berdiev: «rashidxonovning chiroyli goli evaziga g’alaba k’ozondik» — o’zbekiston

Xabaringiz bor, bugun Oliy liga 11-tur uchrashuvlari o’z yakuniga etdi. Tur doirasida muxlislar Voha derbisi guvohi bo’lishdi. Unda “Nasaf” G’uzorda “Mash’al”ni k’abul k’ildi va 1:0 hisobida zafar k’uchdi. Uchrashuv yakuniga etgach, mezbonlar ustozi Ro’zik’ul Sa’dullaevich o’yin hak’idagi fikrlari bilan o’rtok’lashdi.
-“Mash’al” jamoasi bilan uchrashuvimiz doimo keskin bo’ladi, ular biz bilanbahslashganida juda katta kuch bilan harakat k’ilishadi. Bugungi o’yin ham shunday bo’ldi. Bevosita o’yin hak’ida to’xtaladigan bo’lsam, biz bugun Rashidxonovning chiroyli goli evaziga g’alabaga erishdik. O’yinchimiz juda chiroyli gol muallifi bo’ldi. Rak’ibga bugun gol urishga umuman imkon bermadik. Uchrashuvda biz uchun boshk’a k’ulay vaziyatlar ham bo’ldi. Ammo bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Muhimi g’alabaga erishdik va uch ochkoni k’o’lga kiritdik.
Bugun biz bir necha o’yinchilarimizga dam berdik. Sh. A’zamovni kichik jarohati borligi tufayli tavakkal k’ilishni hohlamadik. K’olaversa u muntazam o’yinlarimizda ishtirok etib kelayotgandi. Bugun yana Sh. Erkinovni maydonga tushirmasdan B. Abduxolik’ov xizmatidan foydalandik. Bunga sabab, o’yinda “Mash’al” jamoasi himoyachilarini shoshirib k’o’yadigan tezkor hujumchi kerak edi.
Rak’ibimiz bizga nisbatan bugun k’o’polrok’ harakat k’ildi. Balki ular o’z oldilariga k’o’yilgan vazifadan kelib chik’ib, shunday harakat k’ilishgandir. Ammo bunday k’o’pol harakatlar rak’ib jamoa o’yinchilari uchun yomon ok’ibatlarni keltirib chik’arishi mumkin.
Derbi? Biz derbiga emas, oddiy o’yinga tayyorgarlik ko’rgan edik. Mak’sadimiz g’alaba k’ozonish edi. Buni yigitlarimiz uddasidan chik’ishdi. Bugun jamoamiz o’zining yana bir mazmunli o’yinini namoyish etdi. Shaxsan bundan mamnunman, — deydi Berdiev.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.