Rustam azimov bosh vazir orinbosari lavozimidan ozod kilindi — ozbekiston

Rustam azimov bosh vazir o’rinbosari lavozimidan ozod k’ilindi — o’zbekiston
Rustam Azimov O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari lavozimidan ozod k’ilindi, deb xabar k’ildi «Gazeta. uz»ning hukumatdagi axborot manbasi. Vazirlar Mahkamasida u Makroik’tisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish kompleksiga rahbarlik k’ilib kelayotgan edi.
Tahririyatda mavjud ma’lumotlarga ko’ra, Rustam Azimov «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasiga rahbarlik k’iladi.
2005 yildan moliya vazirining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jamshid K’o’chk’orov bosh vazirning yangi o’rinbosari bo’ldi.
Rustam Azimov (1958 yilda tug’ilgan) ko’p yillar davomida bosh vazirning birinchi o’rinbosari — moliya vaziri lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’tgan yilning dekabrida u moliya vaziri lavozimidan ozod etilib, bosh vazir o’rinbosari etib tayinlangan edi.
Jamshid K’o’chk’orov (1964 yilda tug’ilgan) moliya vaziri o’rinbosarligiga tayinlangunga k’adar Markaziy bank raisi o’rinbosari (1996?1997) va moliya vaziri o’rinbosari — Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshk’armasi boshlig’i (1997?2005) lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
Комментарии 0