Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yigimiga majburiy jalb kilgani uchun jazolandi — ozbekiston

Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yigimiga majburiy jalb kilgani uchun jazolandi — ozbekiston

Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig’imiga majburiy jalb k’ilgani uchun jazolandi — o’zbekiston

Joriy yilda paxta yig’imi kampaniyasi (19 sentyabrdan 31 oktyabrgacha) yakunlari bo’yicha xodimlar va 18 yoshga to’lmagan bolalarni paxta yig’im-terimiga majburiy jalb k’ilgani uchun 3 nafar umumta’lim maktabi, 2 nafar kasb-kolleji direktori, 2 nafar fermer xo’jaligi raisi hamda 1 nafar shifoxona bosh shifokori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Belgilangan jarimalarning umumiy mik’dori 4,7 mln so’mni tashkil etdi, deb xabar berdi Mehnat vazirligi axborot xizmati.
Mehnat vazirligiga kelib tushgan 30 murojaat bo’yicha mehnat k’onunchiligining buzilishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, 10 murojaat bo’yicha choralar ko’rildi, 7 murojaat bo’yicha aybdorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 13 murojaat yuzasidan k’onunbuzarlikka yo’l k’o’yilmagani anik’landi.
Vazirlikning tegishli bo’linmalari bolalar va majburiy mehnatga yo’l k’o’ymaslik bo’yicha mehnat k’onunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatgan. Ushbu yo’nalishda olib borilgan ishlar natijasiga ko’ra, 14 k’onunbuzarlik anik’landi. Ularning 5 tasi mehnatga o’z vak’tida hak’ to’lamaslik, 9 tasi yollash va mehnat uchun zarur sharoitlar yaratilmasligi bo’yichadir. Mazkur dalillar yuzasidan 2 nafar shifoxona rahbari, 1 nafar kasb-hunar kolleji direktori, 1 fermer xo’jaligi rahbari, 1 nafar mahalla raisi va 1 korxona direktoriga majburiy va bolalar mehnatiga yo’l k’o’ymaslik to’g’risidagi ko’rsatma berildi.
Joriy yilda Xalk’aro mehnat tashkiloti tavsiyasiga binoan O’zbekistonda, aynik’sa k’ishlok’ xo’jaligi ishlarida mustak’il jamoat tashkilotlari tomonidan majburiy va bolalar mehnatiga yo’l k’o’ymaslik bo’yicha milliy monitoring o’tkazildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.