Salobatga yarasha daromad — ozbekiston

Salobatga yarasha daromad — ozbekiston

Salobatga yarasha daromad — o’zbekiston

Eshitgandirsiz, Portugaliya terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni payt dunyo bo’yicha eng serdaromad sportchilar ro’yxatini boshk’arib turibdi. «La Primera» blogi (Bombardir. ru sayti) ijodkorlari uning aynan biznes bobidagi yutuk’lari mohiyatini anik’lashga urinib ko’rishdi. Sir emas, hozirgi kunda sport dunyosi — katta mablag’ aylanadidan maydon. AK’Shning mashhur Forbes jurnali har yili maxsus tadk’ik’ot o’tkazib, puldor sportchilar ro’yxatini tuzib chik’adi. Ana shu tadk’ik’otlar natijasiga ko’z yugurtirib, k’izik’arli statistik ma’lumotlarni ko’rish mumkin. Deylik, jurnal ijodkorlari etuk sportchilar k’ancha vak’tda bir million funt topishlarini ham alohida hisoblab chik’ishdi. Unga ko’ra, Krishtianu Ronalduga 1 000 000 funt topish yo’lida atigi 5,6 kun kifoya k’ilar ekan. Messi esa bir «limon»ga boyish uchun biroz ko’prok’ sabr k’iladi — 5,96 kun. Reytingdagi uchinchi futbolchi — Garet Beyl esa 12,77 kunlik mehnati natijasida bir million topadi. Chindan ham, k’izik’arli reyting, shunday emasmi?! Ammo o’z o’rnida hak’li savol tug’iladi: «Krishtianu nimaning hisobiga dunyoning eng ko’p hak’ oluvchi sportchisiga aylandi?» Deylik, nega Leo Messi yoki Neymarning yak’in do’sti bo’lmish Lyuis Xemilton emas?! Forbes ma’lumotlariga ko’ra, Krishtianu Ronaldu o’tgan yili jami 88 million dollar topgan. Buning 56 millioni «Real» tomonidan to’langan. YA’ni futbolchining maoshi va turli mukofot pullari (bonuslar) hissasi shuncha. K’olgan 32 «limon» esa reklama shartnomalari va marketing huk’uk’lari ulushidir. Xullas, shunday xulosa chik’arish mumkinki, portugaliyalik futbolchi bu boradagi etakchilik mavk’eini hali-veri boy bermasa kerak. Zero, asoslari etarli.
Afsonaviy tarjimai hol. Krishtianuning tarjimai holi ba’zida ertakdek tuyuladi. Zero, u o’ta k’ashshok’ va serfarzand oilada tug’ilgan va hech kimga kerak emasdi, go’yo. Ronalduning onasi oilani bok’ish uchun bir necha joyda ishlar, otasi esa bor vak’tini mayxo’rlik va ko’ngilxushlik bilan o’tkazardi. Shu boismi, Ronaldu juda yoshligidayok’ ertasi hak’ida o’zi k’ayg’urmasa, boshk’alar hech k’achon uning uchun ortik’cha jon kuydirmasliklarini tushunib etadi. Kim biladi, yigitcha ayni sababga ko’ra, «Sporting» akademiyasida tinimsiz mehnat k’ilib, hattoki, mashg’ulotlardan keyin ham maydonda k’olib, o’z ustida ishlagandir?! Oradan yillar o’tgach, afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson shogirdi hak’ida shunday degandi: «Ronaldu o’zini mustak’il ravishda ideal insonga aylantirganlar sirasiga kiradi. Biz esa shunchaki, uning kelajagi porlok’ bo’lishi uchun tayanch dastagi sifatida xizmat k’ildik, xolos. Krishtianu mashg’ulotlar va har bir maslahatga o’ta jiddiy yondashardi. Hayotim davomida bunday tirishk’ok’, oldinga intiluvchi futbolchini sira uchratmagandim. U fantastik o’yinchi va boshk’alarga sira o’xshamaydi». Bunday tarix tabiiyki, odamlarga juda xush yok’adi. Sport hak’ida tasvirga olingan aksariyat kinofilmlarni ko’ring: ularning derli barchasida bosh k’ahramon avvaliga hech kim mensimaydigan, k’ashshok’ yigit bo’ladiyu, vak’tida miyasini ishlatib, keyinrok’ tinimsiz mehnatlar, mashak’k’atli mashg’ulotlar ork’ali mashhurlikka erishadi. Krishtianu ana shunday kinok’ahramonlardan aslo k’olishmaydi. Negaki, kambag’al oila farzandi bo’lgan bu yigit mehnat tufayligina futbol olamida superyulduzga aylandi. Ronaldu chindan ham, o’zini-o’zi yaratdi. Bas, shunday ekan, unga fak’at bitta tilak bildirish mumkin: «Omadingni bersin, CR7!». Ehtimol, sport dunyosi bunday k’ahramonni hali-veri boshk’a ko’rmas…
Sport bobidagi muvaffak’iyat. Shubhasiz, Ronalduning moliyaviy yutuk’larida sportning o’rni juda muhim. Deylik, u «Sporting»dan «Manchester Yunay-ted»ga o’tgan vak’t shunchaki, «kelajagi bor yigitcha» mak’omida edi. Manchesterliklarning tanlovda adashishmagani 2008 yilga kelib, yak’k’ol oydinlashdi. Hark’alay, portugaliyalik futbolchi shu yili «Oltin to’p»ga munosib ko’rildi. YAna bir yildan keyin esa dunyo yulduzlariga o’zgacha nazar soluvchi Madridning «Real» klubi inglizlar bilan alok’aga chik’di va 94 mln. evro bahridan kechib, Krishtianuni o’z safiga k’o’shib oldi. E’tiborlisi, bu vak’t Ronalduning shaxsiy javonida «Oltin to’p»dan tashk’ari, EChL oltin medali, Angliya chempionatining 3ta sovrini va bir k’ator shaxsiy mukofotlar jamlangandi. Eng muhimi, «Real» Ronalduning transferi vositasida nafak’at to’purar futbolchiga ega bo’ldi, balki savdo-moliya sohasida ham cheksiz imkoniyatlar hosil k’ildi. Dalil asosida aytsak, 2009 yildan keyin sotilgan «Real» futbolkalaridan nak’ 40 foizi aynan Ronaldu hissasiga to’g’ri keladi. K’olaversa, bu hamkorlik har ikki tomonni birdek k’onik’tirmok’da. Chunonchi, Krishtianu jamoaga go’yo, hisobsiz gollari bilan yordam berib, «Real» brendini yuksak darajada ushlab turgan bo’lsa, klub portugaliyalik futbolchining g’oyat ulkan moliyaviy ishtahasini to’lak’onli k’ondirmok’da.
Ijtimoiy tarmok’lar. Krishtianu shuningdek, ijtimoiy tarmok’larda ham juda faol va bu borada dunyoning eng mashhur futbolchisi sanaladi. Misol uchun, portugaliyalik yulduz Facebookda 120 million, Twitterda 50,5 million, Instagramda esa 93,3 million obunachiga ega. Shu sohada turli tadk’ik’otlar olib boruvchi tashkilotning anik’lashicha, Krishtianu ijtimoiy tarmok’lardagi reklamalar ork’ali yiliga kamida 176 million evro topadi. Misol uchun, 2016 yili portugaliyalik tarmok’larda reklamaga bog’lik’ 255ta promo-xabar k’oldirgan va ularning har biriga o’rtacha hisobda 651 778ta izoh (layk, sharh, munosabat, baho) yozilgan. Xullas, Krishtianuning marketing guruhi g’oyat samarali ish olib boryapti. Tabiiyki, Ronaldu hamkor kompaniyalarni targ’ibot-tashvik’ot k’ilish barobarida shaxsiy hayotiga doir yangiliklar hak’ida ham yozib turadi. Bir so’z bilan aytganda, uning sahifalari jonli va k’izik’arli ko’rinishga ega.
Media-k’iyofa. Krishtianu Ronalduning tashk’i ko’rinishi ajoyib — atletlarga xos tana, xushbichim chehra va hokazo… Deylik, Frank Riberi har k’ancha urinmasin, reklama bozorida Ronaldudek pul topolmasdi, baribir.
Obro’-e’tibor. Ronaldu brendini mustahkamlab, uning obro’-e’tiborini oshiruvchi yana bir nechta omillar bor. Masalan, u otasi ichkilikka ruju k’o’yib, umrini xazon k’ilganidan to’g’ri xulosa chik’argan va hech k’achon spirtli ichimlik yoniga sira yak’inlashmaydi. Shuningdek, Ronalduning badani turli-tuman bo’lmag’ur tatuirovkalardan ham xoli. Chunonchi, ayrim davlatlarda muntazam ravishda donorlik bilan shug’ullanuvchi insonlar oldiga tatu chizdirmaslik talabi k’o’yiladi. Ronaldu donor sifatida ayni shu shartga to’lik’ amal k’iladi. Portugaliyalik futbolchining yana bir yok’imli mashg’uloti — turli xayriya tadbirlarida faol k’atnashish. U xususan, 2016 yilning avgustida CR7Selfie (1.99) dasturini ishga tushirdi. Muhimi, bu tadbirdan tushgan pulning katta k’ismi Save the Children jamg’armasi hisob rak’amiga o’tkazib berildi.
Ko’pchilik biladi, Krishtianu 2010 yili o’g’il farzandli bo’ldi va hozirga kelib, bo’sh vak’tini asosan shu bolakayga sarflamok’da. Bu holat Ronalduning mehribon ota ekanligidan dalolat. Krishtianu shuningdek, mashhur va yaxshi insonlar bilan do’stona munosabat o’rnatgan. Masalan, yozda Konor MakGre-gor bilan shaxsan uchrashib, do’stlashib oldi.
I. RAHIMOV tayyorladi

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.