Salom berish odoblari — duo — ozbekiston

Salom berish odoblari — duo — ozbekiston

Salom berish odoblari — duo — o’zbekiston

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (namozda) duo k’ilib: «Ey, bor Xudoyo, albatta, men Sendan k’abr azobidan do’zax azobidan, tiriklik va o’lim fitnasidan, Masiyhi Dajjolning fitnasidan panoh tilayman», der edilar».
Boshk’a bir rivoyatda: «Ey, bor Xudoyo, albatta, men Sendan gunohdan va k’arzdan panoh tilayman». Bas, u zotga bir odam:
«Buncha ham k’arzdan ko’p panoh so’raysiz?!» dedi.
«Agar kishi k’arz olsa, gapirsa, yolg’on gapiradi, va’da bersa, xilof k’iladi», dedilar». Uchchovlari rivoyat k’ilishgan.
Sharh: Ushbu duoni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozda o’k’iganlarini boshk’a bir rivoyatda ham ta’kidlagan ekan.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Namozda ushbu duoni k’ilish.
2. K’abr azobi hak’ligi va undan panoh so’rab, Allohga yolvorib turish kerakligi.
3. Do’zax azobidan ham panoh tilab duo k’ilib turish kerakligi.
4. Tiriklik va o’lim fitnasidan panoh so’rab, Allohga yolvorib turishlik.
Tiriklik fitnasi ko’prok’ molu dunyoda, bola-chak’ada, o’lim fitnasi jon taslim k’ilishda va k’abrda bo’ladi.
5. Masiyh Dajjolning fitnasidan panoh tilab turish. Bu masala bayoni bundan keyin keladi.
6. Alloh taologa gunoh k’ilishdan sak’lashini so’rab duo k’ilish.
7. K’arzdor bo’lib k’olishdan panoh so’rab duo k’ilish.
Abu Bakr Siddik’ roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, menga duo o’rgatib k’o’ying, namozimda duo k’ilurman, deganlarida u zot: «Ey, bor Xudoyo, albatta, men o’zimga o’zim ko’p zulm k’ildim. Gunohlarni Sendan boshk’a mag’firat k’ilmas. Bas, meni O’z huzuringdagi mag’firat ila mag’firat k’ilgin. Va meni rahmat k’ilgin, albatta, Sening O’zing o’ta mag’firatli va o’ta rahmdil zotsan», deb ayt» degan ekanlar. Beshovlaridan fak’at Abu Dovud rivoyat k’ilmagan.
Sharh: Avval hadisning roviyci Abu Bakr Siddik’ roziyallohu anhu bilan yak’indan tanishib olaylik:
Abu Bakr as-Siddik’ roziyallohu anhu Islom olamida mashhur bo’lib, erkaklardan birinchi bo’lib Islomni k’abul k’ilgandirlar. Islom olamidagi xalifalarning birinchisi va jannatga kirishlikka bashorat berilgan o’n nafar jannatiylarning ham birinchisidirlar.
Islom ummati bu zotni Siddik’ (rostgo’y) deb nomlashgan.
Isro kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Masjid ul-Ak’soga borib keldim, deganlarida mushriklar, hatto, ba’zi bir musulmonlar ham bu so’zga ishonmagan edilar. Mushriklar Abu Bakrga kelib:
«Do’sting shu kecha Masjid ul-Ak’soga borib keldim deyapti, shuni ham rost dersan?» deyishdi.
Shunda Abu Bakr:
«Men unga, bundan uzok’rok’ joy, osmondan vahiy kelishiga ishondim-u, bunga ishonmasmidim», deb javob berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Men kimni Islomga chak’irgan bo’lsam, hammalarida bir to’xtash bo’ldi. Fak’at Abu Bakrda bunday bo’lmadi. U meni hamma narsada rost dedi», deb marhamat k’ildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida k’anchadan-k’ancha k’abilalar Islomdan k’aytib ketishdi. Bundan katta-katta sahobalar hayratga tushishdi. Hatto Umar ibn Xattobdek sahoba ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarini inkor etib, k’ilichlarini yalang’ochlab, kimki, Payg’ambar o’ldi desa, uning o’zini o’ldiraman deb turib oldilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib so’ng k’aytib chik’dilar. Va musulmonlarga k’arata xutba k’ildilar:
«Kimki, Allohga ibodat k’ilsa, U o’lmas tirik zotdir. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham bir Rasuldir. Undan oldin ham Payg’ambarlar o’tdi. Agar o’lsa, Islomdan ork’alaringga k’aytib ketasizlarmi? Kimki ork’asiga k’aytib ketsa, Allohga hech bir narsada zarar berolmas. Alloh shukr k’ilgan bandalarini tezda mukofotlayajak» deb xutbani tugatdilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu hammasi bo’lib 142 ta hadis rivoyat k’ilganlar. Hijratning 13 yilida vafot k’ilganlar.
Bu hadisdan duo k’ilib k’o’yishni so’rashni va duoning matnini o’rganmok’damiz.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tashahhud bilan salomning orasida k’uyidagilarni aytar edilar: «Ey, bor Xudoyo, mening oldin k’ilganimni, keyin k’ilganimni, maxfiy k’ilganimni, oshkora k’ilganimni va ortik’cha k’ilganimni va Sening O’zing mendan yaxshi bilganingni mag’firat k’ilgin. Sening O’zing oldinga o’tk’azuvchi va Sening O’zing ortga suruvchisan. Sendan o’zga ibodatga sazovor zot yo’k’». Beshovlaridan fak’at Buxoriy rivoyat k’ilmagan.
Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Duo tashahhuddan keyin, salomdan oldin o’k’ilishi.
2. Namozda ushbu ma’noda duo k’ilishning yaxshiligi.
Mihjan ibn al-Adra’ roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib birdan namozni tugatib, tashahhud o’k’iyotgan va: «Ey, bor Xudoyo. Ey, biru boru tug’magan va tug’ilmagan va Unga hech biri teng bo’lmagan zot, albatta, men Sendan gunohlarimni mag’firat k’ilmog’ingni so’rayman, deb aytayotgan kishini ko’rdilar va: «Batahk’ik’, u mag’firat k’ilindi», deb uch marta aytdilar». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat k’ilganlar.
Sharh: Avvalo ushbu hadisi sharifning roviyci Mihjan ibn al-Adra’ roziyallohu anhu bilan yak’indan tanishib olaylik:
Mihjan ibn al-Adra’ Aslamiy al-Madaniy, mohir chavandozlardan. Madinada istik’omat k’ildilar. Keyin Basraga ko’chib o’tdilar va ana shu erdagi masjidning atrofini devor bilan o’rab chik’dilar.
Bu zot uzok’ umr ko’rdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 5 ta hadis rivoyat k’ilganlar.
Bu zotdan Hanzala ibn Ali al-Aslamiy, Rujo ibn Abi Rujo, Abdulloh ibn Shak’iyk’ va boshk’alar rivoyat k’ilishdi. U kishi rivoyat k’ilgan hadislarni uch «Sahih» sohiblari o’z kitoblariga kiritishgan.
Mihjan ibn al-Adra’ hijratning 60 yili Muoviyaning xalifalik davrida vafot etdilar.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Duoning tashahhuddan keyin o’k’ilishi.
2. Kishi o’z ko’nglidagi duoni k’ilishi mumkinligi.
3. Namozning oxiridagi duo mak’bul ekanligi.
4. Bashoratli va muhim gapni uch marta k’aytarib aytish yaxshiligi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.