Samarkand viloyat hokimi lavozimidan ozod kilindi — ozbekiston

Samarkand viloyat hokimi lavozimidan ozod kilindi — ozbekiston

Samark’and viloyat hokimi lavozimidan ozod k’ilindi — o’zbekiston

Himmat Ok’bo’taev Samark’and viloyati hokimi lavozimidan ozod k’ilindi, deb xabar k’ildi «O’zbekiston» kanalining «Axborot» dasturi.
Dushanba kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vazirlar Mahkamasining 2017 yil birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-ik’tisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishini o’tkazdi.
Davlat rahbari 10 iyunda tashrif buyurgan Samark’and viloyatidagi vaziyatni tank’id ostiga oldi. Ayrim rahbarlarning lok’aydligi va harakatsizligi ok’ibatida viloyatda ko’plab jiddiy muammolar yig’ilib k’oldi, deyiladi reportajda.
Viloyat hokimi, uning o’rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari, viloyat mahkamalari rahbarlari o’rtasida yak’in alok’a va konstruktiv munosabatlarning yo’k’ligi hududni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko’rsatmok’da, deya k’ayd etildi ko’rsatuvda.
Shuningdek, viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikri bilan hisoblashmagani, bu esa xalk’ uchun muhim vazifalarni hal eta olmasligiga sabab bo’lgani aytib o’tildi. Shu sababli ob’ektlar k’urilishi samaradorligi ta’minlanmagan, investision mablag’lar etarlicha o’zlashtirilmagan, mahsulotlar ishlab chik’arish sohasida tashk’i bozorga chik’ishning uddasidan chik’ilmagan.
«O’z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo’l k’o’ygani uchun Himmat Ok’bo’taev egallab turgan Samark’and viloyati hokimi lavozimidan ozod k’ilindi», — deya xabar k’ilindi reportajda.
Himmat Ok’bo’taev 2016 yil dekabridan viloyat hokimi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelayotgan edi. U bosh vazir o’rinbosari hamda k’ishlok’ va suv xo’jaligi vaziri lavozimiga tayinlangan Zoyir Mirzaev o’rnini egallagan edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.