Samarqand darvoza savdo markazidagi evakuasiyaga yolgon xabar sabab boldi — ozbekiston

Samarqand darvoza savdo markazidagi evakuasiyaga yolg’on xabar sabab bo’ldi — o’zbekiston
14 may kuni telefon ork’ali berilgan yolg’on xabar Samarqand Darvoza savdo markaziga tashrif burganlarning favk’ulodda evakuasiya k’ilinishiga sabab bo’ldi. Bu hak’da Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar k’ildi .
Toshkent viloyatida yashovchi 1998 yilda tug’ilgan shaxs «102» xizmatiga k’o’ng’irok’ k’ilib, hijob o’rangan ikki noma’lum ayol tomonidan Samarqand Darvoza binosiga portlovchi modda o’rnatilgani hak’ida xabar k’iladi. IIBBning k’ayd etishicha, k’o’ng’irok’ bezorilik mak’sadida amalga oshirilgani ma’lum bo’ldi.
Hodisa joyiga etib kelgan O’zbekiston IIV, Toshkent shahar IIBB va Shayxontohur tuman mas’ul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshk’a xizmatlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida savdo majmuasidagi fuk’arolar xavfsiz joyga olib chik’ilib, bino ko’zdan kechirilgan. Savdo majmuasida hech k’anday portlovchi modda va boshk’a shubhali narsalar anik’lanmagan.
O’tkazilgan tezkor surishtiruv davomida, fuk’aro N. I.Nurbekova (F. I.Sh. o’zgartirilgan) ichki ishlar va boshk’a huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi organlar xodimlarini chalg’itib, yolg’on xabar bergani anik’langan. Bu savdo majmuasiga ham sezilarli mik’dorda moddiy ziyon etkazdi.
Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O’zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-k’ismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi k’o’zg’atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmok’da.
Комментарии 0