Samvel babayan paxtakor klubi siyosatidan norozi ekani hakida aytdi — ozbekiston

Samvel babayan paxtakor klubi siyosatidan norozi ekani hakida aytdi — ozbekiston

Samvel babayan paxtakor klubi siyosatidan norozi ekani hak’ida aytdi — o’zbekiston

O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan «Paxtakor» klubidan norozi ekanini ma’lum k’ildi.
«Tarkibda muammolar bor. Shu sabab O’zbekiston klublariga e’tirozim bor. Masalan, «Paxtakor», «Bunyodkor». «Paxtakor»ning bir yo’la uch futbolchisida jarohat bor edi: Igor Sergeev, Stanislav Andreev va Aleksandr Lobanov. Klublar bilan jiddiy ish olib borishimiz zarur» — dedi Babayan.
Jarohatlardan kafolatlanmagan futbolda klublar bilan aynan nima uchun jiddiy ish olib borish kerakligiga Samvel Babayan oydinlik kiritmagan. Avvalrok’ «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan terma jamoa murabbiylari sabab Eldor Shomurodov xizmatidan etarli darajada foydalana olmagani hak’ida aytib o’tgadi.
Samvel Babayan suhbat davomida nima uchun jarohati bor futbolchilarni K’atarga k’arshi o’yinning asosiy tarkibiga kiritganiga izoh bermagan. K’ayd etish kerak, Aleksandr Lobanov ham, Igor Sergeev ham asosiy futbolchilar sifatida harakat k’ildi.
Vaholanki mana shu jarohatli futbolchilarning o’rnini bosishi mumkin bo’lgan nomzodlar bor edi. Shulardan biri K’atar Yulduzlar ligasining olti o’yinida 4 ta gol urishga muvaffak’ bo’lgan Temurxo’ja Abduxolik’ov.
Ma’lumot uchun, Igor Sergeev hal k’iluvchi saralash bosk’ichining etti o’yinida maydonga tushib, birorta ham gol urolmadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.