Sardor rashidov transfer bozorida 2 million evro lobanov esa 300 mingga kimmatlashdi — ozbekiston

Sardor rashidov transfer bozorida 2 million evro lobanov esa 300 mingga kimmatlashdi — ozbekiston

Sardor rashidov transfer bozorida 2 million evro, lobanov esa 300 mingga k’immatlashdi — o’zbekiston

Germaniyaning Transfermarkt. de sayti O’zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining yangi transfer baholarini e’lon k’ildi, deb yozdi «Erudit Sport» nashri. Unda bosh jamoaning bir k’ator futbolchilari o’z narxini ko’tarib olganini, yana aksarida pasayish kuzatilganini ko’rish mumkin.
K’uyida transfer bahosi ko’tarilgan futbolchilar hak’ida ma’lumot beriladi.
Sardor Rashidov
Klubi: «Al-Jaish» (K’atar)
2016 yil —1,3 million evro
2017 yil —2 million evro
K’immatlashdi — 700 ming evro
So’nggi bir yil davomida transfer bahosi eng katta o’sishga erishgan o’zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov bo’ldi. 26 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o’tgan yili O’zbekiston terma jamoasida ham, klubi «Al-Jaish»da ham yomon taassurot k’oldirmadi. K’atarliklar safida to’purarlar k’atoridan joy olib, Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga k’adar bora oldi. O’yin borasida ham, transfer narxi borasida ham hali yana o’sishi kutilayotgan Rashidov bugungi kunga kelib Vitaliy Denisov va Odil Ahmedovdan keyingi O’zbekistonning eng k’immatbaho uchinchi futbolchisi bo’lib turibdi.
Temurxo’ja Abduxolik’ov
Klubi: «As-Sayliya» (K’atar)
2016 yil — 600 ming evro
2017 yil — 1 million evro
K’immatlashdi — 400 ming evro
O’tgan mavsum O’zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan Temurxo’ja Abduxolik’ov «Lokomotiv»dan K’atarning «As-Sayliya» klubiga o’tib adashmadi. Oliy Liga to’purari sifatida tahlilchilar tomonidan 600 ming evro deya baholangan 26 yoshli hujumchi, K’atar Super ligasidagi faoliyatini ham gollar urish bilan boshlab, o’zini ko’rsata oldi. Legionerga aylangach, milliy terma jamoadan ham taklif olayotgan Temurxo’janing bugungi transfer bahosi 1 million evro. Termadagi rak’obatchisi Igor Sergeev 400 ming evroga arzonlashgan bir paytda, Abduxolik’ovning transfer narxi shunchaga k’immatlashgan.
Aleksandr Lobanov
Klubi: «Paxtakor»
2016 yil — 300 ming evro
2017 yil — 600 ming evro
K’immatlashdi — 300 ming evro
Samvel Babayan tomonidan bugungi kunda O’zbekiston milliy terma jamoasining birinchi rak’amli posboniga aylantirilgan Aleksandr Lobanov Erondagi muvaffak’iyatsiz mavsumidan keyin transfer bahosini ko’tarishga erishdi. O’tgan yili 300 ming evroga baholangan Lobanovning transfer k’iymati bir yil ichida yana 300 ming evrogacha «tosh bosa oldi» va 600 ming evroga aylandi. Darvozabonning transfer bahosi oshishiga «Paxtakor»dagi o’yinlari emas, asosan milliy terma jamoa darvozasini muntazam k’o’rik’layotgani sababligi sir emas.
Eldor Shomurodov
Klubi: «Bunyodkor»
2016 yil — 300 ming evro
2017 yil — 600 ming evro
K’immatlashdi — 300 ming evro
YOsh futbolchilar orasidan bu boradagi eng yaxshi ko’rsatkich Eldor Shomurodovga tegishli bo’ldi. O’tgan mavsumda www. transfermarkt. de sayti tomonidan 300 ming evroga baholangan 21 yoshli «Bunyodkor» futbolchisi klubi safida Oliy Liga va OChL bahslarida, milliy terma jamoamiz safida esa JCh-2018 saralash bahslarida maydonga tushib, mutaxassislar e’tiborida bo’ldi. Muhim pallalarda Shomurodovning ishonchni ok’lagani uning transfer bahosiga ijobiy ta’sir etgan va Eldornnig transfer narxi 300 ming evroga oshib, hozirda 600 ming evroni tashkil etmok’da.
Jaloliddin Masharipov
Klubi: «Lokomotiv»
2016 yil — 250 ming evro
2017 yil — 450 ming evro
K’immatlashdi — 200 ming evro
Tobora Oliy liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida O’zbekiston termasidan ham chak’iruv olayotgan Jaloliddin Masharipovning o’yini bilan parallel ravishda transfer bahosi ham o’smok’da. O’tgan mavsumda 250 ming evroga baholangan 23 yoshli futbolchining ijara asosida «Lokomotiv» safida OChL o’yinlarida o’zini ko’rsatishi uning k’iymatini yana 200 ming evroga oshirdi va ajoyib texnikaga ega yarim himoyachining transfer k’iymati bugungi kunda 450 ming evroni tashkil etmok’da.
Marat Bikmaev
Klubi: «Lokomotiv»
2016 yil — 450 ming evro
2017 yil — 600 ming evro
K’immatlashdi — 150 ming evro
2000 yillar boshida «Paxtakor» safida porlab chik’k’an Marat Bikmaev hozirda faoliyatidagi «ikkinchi yoshligi»ni o’tkazmok’da. 31 yoshli hujumchi o’tgan mavsumda «temiryo’lchilar»ga ikkita sovrinni k’o’lga kiritishda yordam bergan bo’lsa, bu yil Oliy liganing eng yaxshi to’purari sifatida jamoasini chempionlik sari dadil boshlamok’da. Odatda futbolchilarning transfer bahosi 30 yoshdan keyin «sho’ng’ish»ni boshlasa-da, Bikmaevda buning aksi kuzatilmok’da. Marat 31 yoshida faoliyatidagi eng yaxshi sermahsullikni ko’rsatib, «Lokomotiv»ning eng yaxshi to’purari bo’lish bilan birga, terma jamoaning Xitoy va Janubiy Koreyaga k’arshi o’yinlarida gol ham urdi. Bunday natijalar uning transfer bahosi oshishini — 450 mingdan 600 ming evrogacha ko’tarilishini ta’minladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.