Savdo va xizmat korsatish obektlari uchun virtual terminal ishga tushirildi — ozbekiston

Savdo va xizmat korsatish obektlari uchun virtual terminal ishga tushirildi — ozbekiston

Savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlari uchun virtual terminal ishga tushirildi — o’zbekiston

Kompaniya xabarida keltirilishicha, Indoor-to’lovlar echimi savdo do’koni yoki pulli xizmat ko’rsatish nuk’tasida k’isk’a vak’t ichida joriy etilishi hamda bankdan real savdo terminalini olmagan holda mijozlarning plastik kartalaridan to’lovlarni k’abul k’ilish imkonini beradi.
Indoor-to’lovlar echimi yordamida har bir chakana savdo nuk’tasi uchun oddiy terminallarning to’lov funksionalidan k’olishmaydigan, akchincha bir k’ator afzalliklarga ega virtual terminal ochiladi. Shunday savdo nuk’talarning mijozlari to’lovlarni bevosita o’z mobil telefonlari ork’ali amalga oshirishlari mumkin. Mablag’lar shu zahoti sotuvchiga SMS bilan birga kelib tushadi. Bunda to’lovni amalga oshirishda internetga ulanish talab k’ilinmaydi va to’lovlar elektr energiyasi bo’lmagan paytda ham bajarilishi mumkin.
Mijozlar va sotuvchilarga k’o’shimcha k’ulaylik yaratish mak’sadida operasiyalarni turli uslublarda bajarish imkoniyatlari yaratilgan: USSD-menyu, k’isk’a USSD-so’rov (*880*sotuvchining_kodi*summa#), mobil ilova ork’ali va shu bilan birga kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob chik’arish uslubida. To’lovlarni yanada operativ tarzda amalga oshirish uchun har bir savdo do’koniga QR-kodi tak’dim k’ilinmok’da. Ushbu QR-kod smartfon ork’ali munosib ilovalardan biri yoki yangilanayotgan va yak’in vak’t ichida tak’dim k’ilinadigan CLICK mobil ilovasi ork’ali o’k’ilishi mumkin.
Yuk’orida aytib o’tilgan Indoor-to’lovlar imkoniyatini ulatish uchun tadbirkorlar o’zlarining xizmat banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik k’ilayotgan istalgan bankka murojaat k’ilishlari zarur. Bankda ro’yxatdan o’tayotganda tadbirkorlarga va savdo do’konlarining egalariga to’lovlarni k’abul k’ilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod tak’dim etiladi.
«Indoor-to’lovlar O’zbekistonimiz uchun yangi bir yo’nalish va bizning taklifimiz bir k’ator afzalliklarni kiritib kelmok’da: an’anaviy to’lovlarga k’araganda ushbu to’lovlar ancha tezrok’ o’tadi, kartalarining PIN-kodlarini birovlarga e’lon k’ilishning keragi k’olmaydi, va, shu bilan birga, plastik karta yoningizda bo’lmagan tak’dirda ham xaridlaringiz uchun to’lovlarni amalga oshirishga imkoniyati ochilmok’da», — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug’bek Rustamov.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.