Sayyohlik operatorlariga xorijiy valyutalarni kabul kilishga ruxsat berildi — ozbekiston

Sayyohlik operatorlariga xorijiy valyutalarni k’abul k’ilishga ruxsat berildi — o’zbekiston
O’zbekistonda chet el fuk’arolari va fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarni mehmonxonalar va boshk’a turar joy vositalariga joylashtirish xizmatlari, shuningdek, O’zbekiston fuk’arolariga mahalliy sayyohlik operatorlari ork’ali xorijiy sheriklarning turistik xizmatlariga to’lovlarni amalga oshirish uchun nak’d xorijiy valyutadan foydalanishga ijozat berildi.
Turizmni rivojlantirish davlat k’o’mitasi matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davlat solik’ k’o’mitasining 12 yanvardagi k’arori bilan O’zbekiston hududida nak’d xorijiy valyutani olish k’oidalari to’g’risidagi nizomga o’zgartish va k’o’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston rezident va norezidentlaridan nak’d xorijiy valyutani k’abul k’ilish O’zbekiston hududida xorijiy valyutada kassa operasiyalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga k’o’yilgan tartiblarga muvofik’ ravishda xorijiy valyuta tushumi inkassasiyasi bilan maxsus kassalarda olib boriladi.
1 yanvardan boshlab O’zbekistonda xorijiy fuk’arolar va fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarni mehmonxonaga joylashtirish xizmatlari uchun to’lovlar fak’atgina erkin konvertasiya k’ilinuvchi valyutada amalga oshirilishi to’g’risidagi talab kuchga kirgan edi.
Комментарии 0