Server jeparov eronda galati holatga tushib koldi — ozbekiston

Server jeparov eronda galati holatga tushib koldi — ozbekiston

Server jeparov eronda g’alati holatga tushib k’oldi — o’zbekiston

YAk’indagina Tehronning «Istik’lol» klubi bilan shartnoma imzolagan o’zbekistonlik futbolchi Server Jeparov yangi jamoasida g’alati ahvolga tushib k’oldi.
Gap shundaki, FIFA yanvar oyidagi transfer paytida «Istik’lol» klubiga yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishni tak’ik’lash borasida k’aror k’abul k’ildi. Tehronliklar jamoaning germaniyalik sobik’ futbolchisi Odil Chixiga shartnomada ko’rsatilgan pulni to’lik’ to’lashmagan. Ushbu futbolchining murojaati asosida FIFA bahsli vaziyatlarni hal k’ilish k’o’mitasi yuk’oridagi k’arorni chik’ardi. «Istik’lol» ushbu k’aror yuzasidan apellyasiya berish huk’uk’iga ega emas.
Tehronliklar yanvar oyida Server Jeparov va Andranik Teymuryan bilan shartnoma imzolashgandi. Ammo jamoa bu futbolchilarni Eron Pro-ligasi uchun ham, OChL uchun ham ro’yxatdan o’tkaza olmaydi.
«Istik’lol» Eron chempionatining 18-turidan keyin 28 ochko bilan 4-o’rinda bormok’da. Alirizo Mansuryan shogirdlari peshk’adamdan 13 ochko ortda k’olishmok’da. Jeparov va Teymuryan tarkibga k’o’shib olinganidan keyin muxlislar klubning natijalari yaxshilanishiga umib k’ilishgandi. Eronliklar 2 fevral kuni K’atarning «As-Sadd» klubiga k’arshi OChL saralash o’yinida ishtirok etishadi.
Server Jeparov «Istik’lol» bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagandi. Unga ko’ra, yarim himoyachimiz dastlabki yarim yilda 150 ming, kelasi mavsumda esa 350 ming dollar mablag’ ishlab topishi ko’zda tutilgandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.